HOMILADORLIKNI KECHKI
MUDDATLARIDA ANIQLASH
Bachadon bo‘shlig‘ida homila borligini ko‘rsatadigan belgilar
homiladorlikning ikkinchi yarmida ro‘y beradi; ular
homilador-
likning aniq
yoki
shak-shubhasiz belgilari
deb ataladi.
Homiladorlikning aniq belgilariga quyidagilar kiradi.
1. Homila qismlarining paypaslab topilishi.
Homiladorlikning
ikkinchi yarmida homilaning boshi, orqasi va mayda qismlari (qo‘l
oyoqlari) paypaslab topiladi.
2. Homila yuragi tonlarini aniq eshitib ko
‘
rish.
Homila yuragi
homiladorlikning ikkinchi yarmida 1 daqiqada 130—140 marta bir
tekisda urib turganligi yurak tonlari shaklida eshitiladi. Homila
yuragining urib turganligini homiladorlikning ba’zan 18—19-hafta-
sida ham eshitsa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |