Qorinni paypaslab ko
‘
rish (palpatsiya).
Qorinni paypaslab
ko‘rish akusherlikda tashqi tekshirishning asosiy usullaridandir.
Palpatsiyada homilaning qismlari, kattaligi, vaziyati, pozitsiyasi,
qaysi qismining oldinda yotganligi, oldinda yotgan qismining ona
chanog‘iga munosabati (chanoq kirish tekisligidan qancha balandda
turganligi, chanoqqa taqalganligi, kichik segmentining chanoqqa
suqilganligi va hokazo) aniqlanadi, homilaning qimirlashi seziladi,
shuningdek, qog‘onoq suvining miqdori va bachadon vaziyati
haqida tasavvur qilinadi.
Homilador ayol qornini paypaslab ko‘rishda muayyan rejaga
amal qilinadi, Leopold-Lazarevich-Liviskiyning to‘rtta amali ket-
ma-ket qo‘llaniladi.
117
Homilador (tug‘uvchi) ayol kushetka-
ga chalqancha yotadi, akusher ayolning
o‘ng tomonida unga yuzma-yuz turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |