oyi 40 hafta). Shu davr mobaynida tuxumhujayra urug‘lanib, un-
dan homila yetiladi, bu tug‘ilgan homila yashab keta oladi.
di, boshida ko‘z, burun, og‘iz kurtaklari aniqlanadi.
oyoqlari harakatlanadi, barmoqlari aniqlanadi.
zilmaydi, jinsi ro‘y-rost ajratiladi (43-rasm).
280–300 g bo‘ladi. Terisi qizil, tuk bosgan. Yog‘ bezlaridan yog‘
93
aralashib, pishloqqa o‘xshash
surtma (
vernix caseosae
)ni hosil
qiladi. Ichakda mekoniy hosil
bo‘ladi. Homilaning harakatlari
onasiga seziladi. Homilador ayol-
ning qorniga quloq tutib ko‘rilsa,
homilasining yuragi urayotganini
eshitish mumkin.
VI oy oxirida homilaning bo‘-
yi 30 sm, vazni 600–680 g, ha-
rakatlari chaqqon, homila tirik
tug‘ilishi mumkin, nafas harakat-
larini bajara oladi, tug‘ruqdan
keyin alohida yaxshi parvarish qilinsa yashab ketishi mumkin, aks
holda tez o‘lib qoladi.
VII oy oxirida homilaning bo‘yi 35 sm, vazni 1000–1200 g.
Teri ostidagi yog‘ qavati yupqa, terisi burishgan, pishloqsimon
surtma bilan qoplangan, butun badanini tuk bosgan. Quloq va bu-
run tog‘aylari yumshoq, qo‘l oyoq tirnoqlari barmoqlarining
uchlarigacha yetmaydi. O‘g‘il bolalarning moyaklari yorg‘oqqa
tushmagan, qiz bolalarning kichik jinsiy lablari katta jinsiy lablar
bilan berkilgan emas. Homila tirik tug‘ilib nafas oladi. Homilador-
likning VII oyi yoki 28 haftasi o‘tgach homila chala (yetilmagan)
hisoblanadi-yu, yashay oladi, ammo shu muddatda tug‘ilgan bo-
lalar juda sinchiklab parvarish qilinsagina yashab qolishi mumkin.
VIII oy oxirida homilaning bo‘yi 40 sm, vazni 1500–1600 g,
homila tug‘ilgach yashab ketishi uchun maxsus parvarishni talab qiladi.
IX oy oxirida homilaning bo‘yi 45 sm, vazni 2400–2500 g,
teri ostidagi yog‘ qavati qalin tortadi, terisi silliq, pushti rang,
badanidagi tuk kamaygan, boshidagi sochi o‘sgan. Bu muddatda
tug‘ilgan bola yashab ketadi.
X oy oxiriga kelib chalalik (yetilmaganlik) belgilari yo‘qoladi,
homila yetilib tug‘iladi. Homila akusherlar hisobicha X oy oxirida
yetiladi. Homilaning oy-kuni yetib tug‘ilishi yetilish darajasiga
ba’zan mos kelmaydi. Rivojlanish sharoiti noqulay bo‘lganda
(onaning kasalligi, yaxshi ovqatlanmasligi va hokazo) oy-kuni
yetib tug‘ilgan bolada ham yetilmaslik belgilari bo‘lishi mumkin.
Ba’zan teskarisi ham bo‘ladi: bola muddatidan ilgariroq tug‘iladi,
lekin yetilgan bo‘ladi.
43-rasm.
Qorindagi homila shakli va
kattaligining ketma-ket o‘zgarib
borishi.
1 oy
1
1
/
2
oy
2-oy oxiri 3-oy oxiri
4-oy oxiri