YURAK-TOMIRLAR TIZIMI
Yurak-tomirlar tizimi homiladorlikda katta ish bajaradi, chunki
yangi platsentar qon aylanish doirasi paydo bo‘lib, bachadonning
tomirlar shoxobchasi keskin darajada ko‘payadi. Sog‘lom homilador
ayolning yuragi yangi sharoitga sekin-asta moslashib, qo‘shimcha
ishni bemalol uddalaydi. Homiladorlik vaqtida yurakning muskul
elementlari giðertrofiyalanadi va qisqarish kuchi oshadi.
Kapillarlar devori suv, tuzlar va qon zardobining mayda dis-
pers oqsillari – albuminlar o‘tkazuvchanligi oshadi. Kapillarlar
o‘tkazuvchanligining ortishi homilador ayol to‘qimalari bilan qon
o‘rtasida moddalar almashinuvini osonlashtiradi.
Qon bosimi homiladorlikning boshidan oxirigacha aksari nor-
mal bo‘ladi. Homiladorlikning dastlabki oylarida ba’zi ayollarning
qon bosimi bir xilda turmaydi, so‘nggi oylarda qon bosimi picha
ko‘tarilishga moyil bo‘ladi, lekin normal homiladorlikda maksimal
arterial bosim 125–130 mm simob ustunidan oshmaydi, tomir
urish tezligi (puls) o‘zgarmaydi.
Qayta homilador bo‘lgan ayollarda ba’zan oyoq yuzaki venalari
kengayishi kuzatiladi, kichik chanoq a’zolarida qon dimlanib qoli-
shi sababli gemorroidal tugunlar paydo bo‘lishi mumkin.
HAZM A’ZOLARI
Homiladorlikning dastlabki 2–3 oyida ko‘pchilik ayollarda bosh
qorong‘ilik kuzatiladi: ko‘ngli ayniydi, ayniqsa ertalab qusadi. Ta’m
va hid bilish sezgilari o‘zgaradi, ba’zan ovqatlardan ko‘ngli qola-
di, ayrim ovqatlarni va ba’zan bo‘r, gilmoya kabi (yeb bo‘lmaydi-
gan) moddalarni ko‘ngli tusaydi.
Homiladorlikning III oyi oxirida yoki IV oyida, ba’zan bun-
dan kechroq bosh qorong‘ilik yo‘qolib ketadi. Hazm bezlarining
funksiyasi buzilmaydi; ko‘pincha ichak tonusi susayib, ich qotadi.
101
Homilali bachadon o‘sgan sayin ichak yuqoriga va ikki yon to-
monga suriladi; homila yirik bo‘lganda, egiz homiladorlikda va
qog‘onoq suvi ko‘p bo‘lganda me’da va xatto jigar ancha yuqoriga
suriladi.
Jigar moddalar almashinuvining hamma turlarini boshqarishda
qatnashadi va oraliq almashinuvda hosil bo‘ladigan zaharli mod-
dalarni zararsizlantiradi. Homiladorlik vaqtida jigar funksiyasining
kuchayishiga, modda almashinuvi o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, homilada modda almashinuvida hosil bo‘-
ladigan zaharli moddalar ham ona organizmiga o‘tib, uning jigarida
zararsizlantiriladi.
NAFAS A’ZOLARI
Homiladorlik vaqtida kislorodga ehtiyoj oshgani munosabati
bilan o‘pka zo‘r berib ishlaydi. Homiladorlik oxiriga yaqin bacha-
don diafragmani yuqoriga surib qo‘yganiga qaramay, ko‘krak qafasi
kengayishi hisobiga o‘pkaning nafas yuzasi kichraymaydi. Homila-
dorlik oxirida nafas olish bir qadar tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |