Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Qog



onoq suvi 

(amnion suyuq-

ligi). Amnion bo‘shlig‘idagi suyuq-

lik-qog‘onoq suvi homiladorlik-

ning oxirgi oylarida 1–1,5 



l

 ga


yetadi. Qog‘onoq suvi (homila at-

rofidagi suv) amnion eliteliysining

sekretsiyasi natijasida hosil bo‘ladi;

ehtimol, ona qon tomirlaridan su-

yuqlik sizib o‘tishi va homila buy-

raklarining ishlashi natijasida ham

qisman hosil bo‘lishi mumkin.

Qog‘onoq suviga epidermis tan-

gachalari, teridagi yog‘ bezlarning

mahsuli va homilaning mayin tuklari aralashgan bo‘ladi.



41-rasm. 

Bachadonda pardalarning

joylashuvi (sxema):

1–chorion laeve; 2–amnion; 3–

qo‘shilib ketgan decidua capsularis

bilan decidua parietalis; 4–amnion

bo‘shlig‘i; 5–kindik; 6–decidua

basalis; 7–chorion frondosum.



2

1

3

4

6

5

7


88

Qog‘onoq suvining tarkibida oqsil, tuzlar, mochevina, yog‘,

qand va gormonlar (follikulin, gonadotrop gormon) bor.

Qog‘onoq suvining fiziologik ahamiyati katta:

1) suv homilaning bemalol harakatlanishi va taraqqiy etishi

uchun sharoit tug‘diradi, suv yetishmasligi homiladagi tug‘ma

majruhliklarga sabab bo‘ladi;

2) suv homilaning nozik organizmini noqulay tashqi

ta’sirlardan saqlaydi;

3) suv kindikni homila gavdasi bilan bachadon devori o‘rtasida

qisilib qolishdan saqlaydi (kindikning qisilishi natijasida homila

nobud bo‘lishi mumkin);

4) qog‘onoq suvi bilan to‘la homila pufagi tug‘ruq vaqtida bacha-

don bo‘yni ochilish davrining normal o‘tishiga yordam beradi.



PLATSENTA 

(placenta)

Platsenta

4

 homilaning nafas olishi, oziqlanishi va homilada



modda almashishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha moddalarni

chiqarib yuborishga yordam beradigan eng muhim organdir. Pla-

tsenta o‘pka, hazm a’zolari, buyrak, teri va boshqa a’zolarning

funksiyasini ham bajaradi. Platsentada gonadotrop gormonlar, es-

trogen gormonlar va progesteron hosil bo‘ladi: unda gidrokortizon,

bo‘y o‘stiradigan gormon, adrenokortikotrop va boshqa gormonlar

ham borligi aniqlangan.

Platsentaning to‘qimasida oqsillar, uglevodlar, liðidlar, fosfatid-

lar, vitaminlar, mikroelementlar, temir va boshqa moddalar bor.

Platsentaning tashqi yopqichi protoplazmatik massa qavati (bu

yopqichda hujayralar qobig‘i bo‘lmaydi) bo‘lib, unda yadrolar joy-

lashadi. Bu qavat 



sinsitiy

 deb ataladi. Ana shu qavat desidual parda-

ning hujayralarini va tomirlarini eritish xususiyatiga ega. Sinsitiy tagida

Langxans hujayralari qavati yoki sitotrofoblast joylashadi.

Ba’zi vorsinkalar 

decidua basalis

ga o‘sib kirib, desidual hu-

jayralarni va tarvaqaylab ketgan keng tomirlarni eritib yuboradi. Bu

vorsinkalar platsentaning onaga va homilaga taalluqli qismlarini bir-

biriga bog‘laydi (biriktiruvchi vorsinkalar). Juda mayda vorsinkalar-

dan ko‘pchiligi vorsinkalararo bo‘shliqda erkin holda tugaydi va shu

joyda oqib turgan qonda muallaq holda suzib yuradi. Platsentaning

4

 Platsenta – yo‘ldoshning faqat bir qismi, shuning uchun uni «yo‘ldosh» bi-



lan almashtirish yaramaydi. U bola o‘rni deb ham ataladi.


89

onaga taalluqli qismidagi tomirlar sinsitiy bilan yemirilishi natija-

sida vorsinkalarni o‘rab turgan qon shu tomirlardan oqib chiqadi.

Vorsinkalarni o‘rab turgan platsentaning onaga taalluqli yuzasidagi

tomirlarni sinsitiy tomonidan yemirilishi natijasida oqib chiqadi va

to‘planadi (42-rasm).

Platsentaning tashqi ko‘rinishi yumaloq, qalin, yumshoq kul-

chaga o‘xshaydi. Homiladorlik oxirida va tug‘ruqqa yaqin platsenta

diametri 15–18 sm, qalinligi 2–3 sm, vazni 500–600 g ga yetadi.

Platsentaning ikkita yuzasi bor: bir yuzasi bachadon devoriga

qaragan bo‘lib, onaga tegishli yuza deyiladi, ikkinchi yuzasi ich-

kariga, amnion bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lib, homila yuzasi deb ata-

ladi (42-rasm). Homilaga qaragan yuzasi silliq, yaltiroq qog‘onoq

pardasi bilan qoplangan. Shu pardaning ostidan xorionga tomirlar

o‘tadi, bu tomirlar kindik yopishgan joydan platsenta periferiyasiga

tomon radial yo‘l oladi.

Platsentaning onaga qaragan yuzasi och kulrang-qizil bo‘lib, bir

qadar chuqur egatlar bilan pallachalar (kotiledonislar) ga bo‘lingan.

Platsentaning asosiy qismini tashkil etuvchi sertarmoq vorsinkalarni

qoplaydigan yupqa desidual parda platsentaning onaga tegishli yuzasiga

och kulrang tus beradi. Platsenta odatda bachadon oldingi yoki orqa

devorining yuqori bo‘limiga yopishadi; bachadonning tubiga va nay-

larining burchaklariga platsenta yopishuvi kam uchraydi.

KINDIK

Qorin oyoqchasi orqali o‘tib, embriondan xorionga tomirlarni

o‘tkazuvchi allantoisdan, kindik tizimchasi (

funiculus umbilicalis

)

yoki kindik hosil bo‘ladi; sariqlik pufagining qoldiqlari kindik



kurtagining tarkibiga kiradi.

42-rasm. 

Platsenta:



a

 – homilaga qaragan

yuzasi; 

b

 – onaga


qaragan yuzasi.

a

                                                 



b


90

Kindik tizimchaga o‘xshash tuzilma bo‘lib, undan ikkita arteriya

bilan bitta vena qon tomiri o‘tadi, bu tomirlar qonni homiladan

platsentaga va platsentadan homilaga o‘tkazadi. Kindik arteriyalari

orqali homiladan platsentaga venoz qon boradi; platsentada

kislorod bilan boyigan arterial qon kindik venasi orqali homilaga

keladi. Kindik tomirlari Varton dirildog‘i bilan o‘ralgan. Bu dirildoq

moddada embrional qo‘shuvchi to‘qima hujayralari joylashadi.

Kindik tomirlari buralib-buralib yotadi, shuning uchun kindik ti-

zimchasi uzunasiga buralganga o‘xshaydi. Kindik tashqaridan yupqa

parda bilan qoplangan, bu parda amnionning davomi hisoblanadi.

Kindik homila gavdasini platsentaga birlashtirib turadi, bir uchi

homilaning kindik sohasiga, ikkinchi uchi platsentaga yopishgan.

Kindik platsentaning markazidan, bachadon yonidan yoki

chetidan yopishadi. Ayrim hollarda kindik platsentaga yetib bormay,

homila pardalariga yopishadi, bunda kindik tomirlari platsentaga

homila pardalari orasidan boradi.

Kindik uzunligi va yo‘g‘onligi ona qornidagi homilaning yoshiga

qarab farq qiladi; odatda kindikning uzunligi qorindagi homilaning

uzunligiga mos keladi. Yetilgan homila kindigining uzunligi o‘rta

hisobda 50 sm, diametri qariyb 1,5 sm, lekin kindik ko‘pincha

uzunroq (60–80 sm) yoki kaltaroq (35–40 sm) bo‘ladi; Varton

dirildog‘ining miqdoriga qarab, kindikning yo‘g‘onligi ham har xil.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish