Maket Akusherlik 2013. pmd


hayz ko ‘ rishning sariq ta-



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

hayz ko



rishning sariq ta-



nasi 

(

corpus luteum menstrationis

) deb ataladi.

Sariq tana gormoni organizmga har tomonlama ta’sir ko‘r-

satadi.

Sariq tana so‘na boshlagan paytdan boshlab progesteron ishlab

chiqilmaydi. Tuxumdonda yangi follikula yetiladi, yana ovulatsiya

ro‘y berib, sariq tana hosil bo‘ladi.



Bachadon sikli. 

Follikulada va sariq tanada hosil bo‘ladigan

tuxumdon gormonlari ta’sirida bachadon tonusi, qo‘zg‘aluvchanligi

va qon bilan ta’minlanishi siklik ravishda o‘zgaradi. Ammo en-

dometriyning funksional qavati eng muhim siklik o‘zgarishlarga

uchraydi. Bu siklik o‘zgarishlarning mohiyati shundan iboratki,

proliferatsiya jarayoni navbat bilan takrorlanadi, endometriyning

funksional qavati shundan keyin sifat jihatidan o‘zgarib, ko‘chib

tushadi va o‘rniga yangisi hosil bo‘ladi.

Tuxumdon sikli kabi, bachadon sikli ham 28 kun (ba’zan 21

yoki 30—35 kun) davom etadi. Bachadon sikli quyidagi fazalarga

bo‘linadi: a) deskvamatsiya, b) regeneratsiya, d) proliferatsiya

va e) sekretsiya fazalari.

a) Deskvamatsiya fazasida 

hayz qoni keladi, odatda 3–5 kun

qon ketadi; hayz ko‘rish aslida shuning o‘zidan iborat. Bu fazada

bachadon shilliq pardasining funksional qavati parchalanib

ko‘chadi, bachadon bezlarining sekreti va yorilgan tomirlardan

chiqqan qon bilan aralashib tashqariga chiqadi. Endometriyning

deskvamatsiya fazasi tuxumdonda sariq tananing nobud bo‘la

boshlashi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi.



b) Shilliq pardaning regeneratsiya 

(tiklanish) fazasi desk-

vamatsiya fazasidayoq boshlanib, hayz ko‘rish boshlangach 5—6-

kunga borib tugaydi. Bazal qavatdagi bez qoldiqlari epiteliysining

o‘sishi va o‘sha qavatdagi boshqa elementlar (stroma, tomirlar,

nervlar) proliferasiyasi hisobiga shilliq pardaning funksional qavati

tiklanadi (regeneratsiya).

d) Endometriyning proliferatsiya fazasi 

tuxumdonda follikulaning

yetilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi va siklning 14-kunigacha (21

kunlik siklda 10—11-kungacha) davom etadi. Estrogen (follikulyar)

gormonlar ta’sirida shilliq parda stromasi va bezlari o‘sadi (proli-



60

feratsiya). Bezlar bo‘yiga cho‘ziladi, so‘ngra pixga o‘xshash buralib-

buralib qoladi, ammo sekret chiqarmaydi. Bu davrda bachadon

shilliq pardasi 4—5 baravar qalin tortadi.



e)

 

Sekretsiya fazasi

 tuxumdonda sariq tana taraqqiy etishi va

yashashi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi, siklning 14–15-kunidan

28-kunigacha (ya’ni oxirigacha) davom etadi.

Shundan keyin butun organizm, tuxumdon va bachadonda sik-

lik o‘zgarishlar yangidan boshlanadi (16-rasm). Yana tuxumdonda

follikula yetiladi, ovulatsiya ro‘y beradi va sariq tana taraqqiy etadi,

bachadon shilliq pardasida tegishli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bacha-

don bo‘ynida, qinda va jinsiy apparatning boshqa bo‘limlarida siklik

o‘zgarishlar kuzatiladi, lekin bu o‘zgarishlar tuxumdonlar bilan

endometriydagi o‘zgarishlarga nisbatan kamroq seziladi.

Yuqorida aytilgan siklik o‘zgarishlar ayolning yetuklik

(balog‘at) davrida navbat bilan takrorlanib turadi. Homiladorlik va

emizish kabi fiziologik jarayonlar munosabati bilan siklik

o‘zgarishlar to‘xtaydi. Patologik sharoitda (og‘ir kasalliklar, ruhiy

kechinmalar, sifatsiz ovqatlanish va shunga o‘xshashlar ta’sirida)

ham hayz ko‘rish sikllari buziladi.




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish