Bachadon naylari
(
tubae uterinae,
salpinges
)ni tuxum yo‘llari
deb ham atashadi.
Bachadon naylari bachadonning yuqoridagi burchaklaridan
(tubidan) boshlanib, serbar boylamning yuqori chekkasi bo‘ylab
chanoqning yon devorlariga boradi-da, voronka (
ampulla tubae
)
shaklida tugaydi (3-rasm). Bachadon naylarining bo‘yi 10–12 sm,
eni har xil, bachadon burchagi yaqinida torroq, erkin uchiga to-
mon kengroq bo‘ladi. Bachadon naylariniig bo‘shlig‘i bachadon
bo‘shlig‘iga tutash; bachadon nayining shu joydagi interstitsial
qismidagi teshigi diametri 0,5–1 mm bo‘lib, istmik qismida bacha-
don naylarining bo‘shlig‘i kengroq, voronkalar sohasida esa nay-
larning diametri 6–8 mm ga yetadi. Nay voronkasi qorin bo‘sh-
lig‘iga ochiladi. Voronkaning erkin chekkasi shokila (fimbriya)lar
deyiladi. Bu shokilalar tuxumdondan chiqqan tuxumhujayraning
bachadon nayi bo‘shlig‘iga kirishiga yordam beradi.
Bachadon nayi quyidagi qismlarga bo‘linadi: 1) interstitsial
qismi (
pars intersitialis
) — bachadon devorining bag‘ridan
o‘tadigan qismi; 2) bo‘g‘iz yoki istmus qismi (
pars isthmica
) —
bachadon nayining o‘rtadagi bo‘limi; 3) ampulyar qismi (
pars
ampullaris
) — bachadon nayining kengaygan va voronka shaklida
tugaydigan qismi (3-rasm).
Bachadon naylarining devorlari uch qavat: shilliq parda,
muskul qavati va seroz qavat (qorin pardasi) lardan iborat.
48
Shilliq parda bachadon nayining ichki yuzasida uzunasiga ketgan
burmalarni hosil qiladi. Bachadon nayining ampulyar qismiga
borgan sayin bu burmalar ko‘payadi va kattalashadi. Shilliq parda
bir qavatli silindrik tukli epiteliy bilan qoplangan. Bu epiteliy
tuklari bachadon tomonga tebranib turadi, bachadon naylariga
tushgan tuxumhujayrani bachadon bo‘shlig‘iga borib tushishini
ta’minlaydi.
Muskul qavati uch qatlamli silliq muskullardan iborat. Tashqi
qatlam uzunasiga ketgan, o‘rta qatlam — gir aylana yotgan, ichki
(shilliq parda ostidagi) qatlam ham uzunasiga ketgan.
Bachadon nayining seroz pardasi serbar boylamning eng yu-
qori bo‘limidir; qorin pardasi bachadon nayini yuqoridan va ikki
yonidan qoplaydi, bu pardaning pastki bo‘limiga kletchatka taqalib
turadi, tomirlar va nervlar shu kletchatka orqali bachadon nayiga
o‘tadi.
Ilk bolalik davrida bachadon naylari tor va qing‘ir-qiyshiq bo‘-
lib, qiz o‘sgan sayin yozila boradi va bo‘shlig‘i kengayadi. Bacha-
don naylarining torligi va qing‘ir-qiyshiqligi ba’zan balog‘atga
yetish davrigacha qolishi mumkin (infantil naylar). Bachadon nay-
larining bunday tuzilishi urug‘langan tuxumhujayraning bachadon-
ga siljib borishiga imkon bermay, tuxumhujayraning nayga yopishib
qolishiga (bachadondan tashqaridagi homiladorlikka) sabab bo‘-
lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |