Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Tuxumdonlar 

(

ovaria

) — ayollar jinsiy tizimining asosiy a’zosi.

Tuxumdonlar bodom shaklida bo‘lib, bo‘yi 3,5–4 sm, eni 2–2,5

sm, qalinligi 1–1,5 sm, vazni 6–8 g bir juft jinsiy bezlardir. Qari-

lik davrida tuxumdonlar zichlashadi, kichrayadi, ularda qo‘shimcha

to‘qimalar taraqqiy etadi.

Tuxumdonning bir chekkasi serbar boylamning orqadagi va-

rag‘iga suqilgan; qolgan hamma yuzasi qorin pardasi bilan

qoplanmagan bo‘lib, kichik chanoqning qorin bo‘shlig‘iga bemalol

chiqib turadi. Tuxumdonni: 1) bachadonning serbar boylami, 2)

tuxumdonning o‘z boylami, 3) voronka-chanoq boylamlari erkin

osilgan holatda ushlab turadi. Tuxumdonga qon tomirlar va nervlar,

uning serbar boylamning orqa varag‘iga tutashgan joyidan o‘tadi

(tuxumdon darvozasi – 

hilus ovarii

).

Tuxumdon quyidagicha tuzilgan: 



a)

 tuxumdonning bo‘sh yu-

zasini qoplaydigan epiteliy – oqsil pardasi, 

b)

 po‘stloq qavati, 



d)

mag‘iz qavati (9-rasm).




49

Tuxumdon epiteliysi («embrional epiteliy») homilaning ona

qornida rivojlanish va go‘daklik davrida birlamchi follikulalarning

hosil bo‘lishida qatnashadi, keyinchalik faoliyat ko‘rsatmaydi.

Oqsil pardasi epiteliy ostida joylashadi, qo‘shuvchi to‘qimadan

tarkib topadi, bu to‘qimaning tolalari tuxumdon yuzasiga parallel

holda yotadi.

Tuxumdonning po‘stloq qavati oqsil pardasiga taqalib turadi.

Po‘stloq qavatining qo‘shuvchi to‘qimadan tuzilgan negizida

ko‘pgina birlamchi follikulalar, shuningdek taraqqiyotning turli

bosqichlaridagi follikulalar, sariq tanalar va uning qoldiqlari bor.

Tuxumdonning mag‘iz qavati qo‘shuvchi to‘qima stromasidan

iborat, undan bir talay tomirlar va nervlar o‘tadi.

Tuxumdonlar eng muhim funksiyalarni o‘taydi. Yetuklik

davrining boshidan oxirigacha tuxumdonlarda tuxumhujayralar

yetiladi, bu — ritmik ravishda takrorlanadigan jarayondir. Tuxum-

dondan ishlanib chiqadigan gormonlar (jinsiy gormonlar) ayol-

ning butun organizmiga va jinsiy a’zolariga ta’sir etadi. Tuxumdon

gormonlari ayol organizmiga xos belgilarning taraqqiy etishiga im-

kon beradi. Ayniqsa, gavda tuzilishi, modda almashinuvi xususiyat-

lari, sut bezlarining va jinsiy a’zolarning taraqqiy etishi, soch

(jun)ning o‘sishi va hokazolar shu jumladandir. Balog‘atga yetish

davrida jinsiy a’zolar (bachadon naylari, bachadon, qin, tashqi

9-rasm. 

Òuxumdonning kesilgan holatdagi ko‘rinishi (sxema):

1–embrional epiteliy; 2–po‘stloq qavati; 3–rivojlanishning turli bosqichlaridagi

follikulalar; 4–sariq tana; 5–sariq tana qoldig‘i; 6–mag‘iz (miya) qavati.



2

5

1

4

1

6

1

3

3

3


50

jinsiy a’zolar) tuxumdon gormonlarining ta’sirida rivojlanadi. Qiz

balog‘atga yetgach bu gormonlar ayol organizmini homiladorlikka

tayyorlaydigan siklik jarayonlarda qatnashadi.

Tuxumdon gormonlari follikulalar va sariq tanachalarda ishlab

chiqariladi. Follikulalar follikulyar yoki estrogen gormonlarni,

sariq tana esa progesteron ishlab chiqaradi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish