funksional qavat
deb ataladi. Shil-
liq pardaning muskulli qavatga taqalib turgan qavati siklik
o‘zgarishlarga uchramaydi va
bazal qavat
deb ataladi.
Muskul qavati
(
myometri
-
um
) — bachadonning eng qa-
lin qavati. U silliq muskul to-
lalarining qalin tutamlar chi-
galidan iborat bo‘lib, bu tola-
lar orasida qo‘shuvchi to‘qima
qatlamlari bor. Muskul qavati
qon tomirlar bilan mo‘l-ko‘l
ta’minlangan. Bu qavat uchta
muskul qatlamiga bo‘linadi: 1)
tashqi (qorin parda ostidagi)
qatlami uzunasiga ketgan, 2)
o‘rta qatlami gir aylana va qiy-
shiq yotgan tolalardan iborat,
3) ichki (shilliq parda ostida-
gi) qatlami uzunasiga ketgan
(8-rasm). Bachadon tanasida gir aylana yotgan muskul qatlami,
bachadon bo‘ynida esa uzunasiga yotgan muskul qatlami ko‘proq
rivojlangan. Bachadon muskullarining tashqi qatlami bachadon
naylari bilan boylamlaridagi muskul elementlariga ulanib ketgan.
Bachadon bo‘ynida va bo‘g‘zida muskullar qatlami bachadon ta-
nasidagiga nisbatan yuqoriroq, qo‘shuvchi to‘qima esa ko‘proq.
Bachadon bo‘ynida elastik tolalar ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |