190
Chaqaloqlar sutkasiga ikki marta (ertalab birinchi emizishdan
oldin va kechqurun) tozalanadi. Ayni vaqtda bola ko‘zdan kechi-
riladi, terining hamma burmalari, kindigidagi boylam tekshiriladi,
terisi va sezgi a’zolari parvarish qilinadi, tana harorati o‘lchanadi,
vrachning buyurganlari bajariladi. Ertalabki tozalashda chaqaloqlar
tortib ko‘riladi.
Teri parvarishi
juda katta ahamiyatga ega. Bolaning nozik terisi
noto‘g‘ri parvarish qilinsa, osongina bichiladi, chaqalanadi va
boshqa shikastlarga uchraydi, bulardan esa infeksiya kiradi. Shu sa-
babli terida yiringli jarayonlar paydo bo‘lib, septik kasallik ro‘y
berishi mumkin.
Ertalabki va kechqurungi tozalash (tualet)da bolaning butun
badani sinchiklab ko‘zdan kechiriladi, oson bichiladigan teri bur-
malariga (quloq orqasi, bo‘yin, qo‘ltiq, chov va hokazo) aha-
miyat beriladi.
Chaqaloqning kindik qoldig‘i tushib ketguncha cho‘miltiril-
maydi, chunki kindik jarohati bitmasdan turib cho‘miltirilganda
infeksiya kirishi mumkin. Shu sababli kindik qoldig‘i tushib ketgun-
cha va kindik jarohati bitguncha bolaning yuzini qaynagan iliq suvga
yoki 2% li borat kislota eritmasiga ho‘llangan paxtada yuvish bilan
kifoyalaniladi; quloq orqasidagi teri, quloq suprasi, bo‘yin burma-
lari, qo‘l-oyoq kafti nam paxta bilan artiladi, quritiladi, so‘ngra
butun badani quritiladi.
Chaqaloq badanini ko‘zdan kechirganda terining qizargan joy-
lari topilsa, steril vazelin moyi yoki kungaboqar moyi surtiladi.
Chaqaloq siyib qo‘ygan yoki bulg‘angan bo‘lsa, bir emizish
bilan ikkinchi emizish orasida yo‘rgak almashtiriladi va tagi tozala-
nadi. Ifloslangan yo‘rgak yig‘ishtirib olinadi, badanning pastki
yarmi iliq suv quyib turib yuviladi. Ayni vaqtda kindik qoldig‘iga
suv tegmasligi uchun ehtiyot bo‘lish kerak. Teri yuvilgandan ke-
yin u namni oson shimadigan toza yo‘rgak bosish yo‘li bilan qu-
ritiladi (yo‘rgakka artilmaydi!). Dumba terisi va chov burmalariga
profilaktika maqsadida steril moy surtiladi.
Chaqaloqning badani, odatda noto‘g‘ri parvarish natijasida
bichiladi. Buni bartaraf qilish uchun parvarishni yaxshilash, teri-
ni siydik va najas tegishidan saqlash kerak. Teri osongina bichila-
versa (qizarsa), steril moy surtish bilan kifoyalaniladi. Qizargan
teri bichilsa (maseratsiya) 3% li kaliy permanganat eritmasidan
surtib, quyidagi tarkibdagi kukun sepiladi:
Acidi borici
1,0,
Bis
-
191
muthi subnitrici,
Zinci oxydati aa
5,0,
Talci veneti, Amyli tritici
aa
50,0.
Yiringli kasalliklarning oldini olishga alohida e’tibor beriladi.
Yiringli yara-chaqa bo‘lgan chaqaloq ajratiladi. Har bir yara-
chaqaga gramitsidinning spirtli eritmasi (0,04%), streptotsid (1–
2%) mazi yoki kaliy permanganat (3%) surtiladi. Ko‘pincha bir
vaqtning o‘zida penitsillin eritmasi muskul orasiga yuboriladi,
bolani vrach kuzatib turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: