ajratiladi. Infeksiya yuqqan deb gumon qilingan chaqaloqlar boksli
palataga, kasallanganlari esa izolatorga yotqiziladi.
sus palatasi bo‘ladi.
uchun bo‘limlar emas, balki palatalar tashkil etiladi.
188
Chaqaloqlarni parvarish qilish uchun tibbiyot hamshiralarining
maxsus shtati ajratiladi.
Chaqaloqlar bo‘limi (palatalari) uchun eng yorug‘, quruq,
keng, yaxshi shamollatiladigan binolar ajratiladi. Har bir chaqa-
loq o‘rniga kamida 2,5 m
2
maydon to‘g‘ri kelishi kerak.
Chaqaloqlar bo‘limi (palatalari) da faqat zarur asbob-anjom-
lar turadi, ortiqcha buyumlarni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha
mebel va parvarish buyumlari oson yuviladigan bo‘lishi kerak.
Chaqaloqlar palatasida krovatchalar, tarozi, yo‘rgaklash stoli,
asboblar, dorilar va material turadigan shkafcha, toza kiyim shkaf-
chasi, ifloslangan taglik tashlanadigan bak, issiq va sovuq suv
beriladigan umivalnik, chaqaloqning rivojlanish tarixini to‘ldirish
stolchasi turadi.
Krovatchalar metalldan yasalib, och rangga bo‘yalgani ma’qul.
Krovatchaga qil yoki gubka tiqilgan to‘shak yoziladi. Par to‘ldirish
yaramaydi. To‘shakka kleyonka solinadi, ustidan choyshab yoziladi.
Yostiqcha jildi yupqa bo‘lib, ichiga qil yoki gubka to‘ldiriladi; yostiq
ishlatmasa ham bo‘ladi.
Yengil yo‘rgak va ishtonchalari oq rangli yumshoq ið gazla-
madan, issiq yo‘rgak va koftochkalar bumazi, paxmoq yoki yum-
shoq paxtali gazlamadan tayyorlanadi. Yo‘rgak va ishtonchalar
choki dag‘al bo‘lmasligi, tugma qadalmasligi kerak. Qishlik adyollar
jun gazlamadan, yozlik adyollar matodan bo‘ladi.
Har bir chaqaloqda bir sutkada 3 ta ishtoncha, 3 koftochka,
20 ta taglik, 20 ta yengil yo‘rgak, 10 ta issiq yo‘rgak, ikkita adyol
jildi, 1 choyshab kerak. Chaqaloq koykasiga kerakli buyumlarning
umumiy miqdori ularning qanchalik tez yuvilishiga bog‘liq. Hozir-
gina ko‘rsatilgan buyumlarning umumiy miqdori kamida uch sidra
kerak bo‘ladi.
Yetilib tug‘ilgan chaqaloqlar palatasidagi harorat 20–22°C,
chala tug‘ilgan bolalar palatasidagi harorat 22–24°C. Qishda,
zarur bo‘lsa, qo‘shimcha isitish asboblari o‘rnatiladi. Yozda bola-
larning qizib ketishiga qarshi choralar ko‘rilada (derazalar
qorong‘ilatiladi, nam choyshablar tutiladi, sutkaning salqin vaqti-
da shamollatiladi). Chaqaloqlarni har gal emizgan vaqtda palatalar-
ni shamollatish zarur, yozda derazalar lang ochib qo‘yiladi.
Chaqaloqlar yotadigan palatalar nihoyatda toza tutiladi. Bola-
larni emizgan vaqtda bino namlab tozalanadi va barcha mebel ar-
tiladi. Har kuni bir necha marta tozalashdan tashqari, palatalar,
189
siklik ravishda muntazam tozalab tu-
riladi. Palatalar navbat bilan bo‘sha-
tiladi (bir sutkada tug‘ilgan bolalar
bir palataga yotqiziladi va odatda bir
vaqtda uyiga jo‘natiladi), bir sutka
shamollatiladi; palatalar va mebel sin-
chiklab yuviladi va dezinfeksiyalovchi
eritmalar bilan artiladi, matraslar
dezinfeksiya qilinadi. Yuvilgan palata va
mebelga simob-kvars lampasidan nur
tushiriladi. Palata shu tariqa tozalangach, tug‘ruq bo‘lmasidan
chaqaloqlar olib kelib yotqiziladi. Bolalar kiyimi va yo‘rgagining
tozaligiga alohida e’tibor beriladi. Bolalar kiyimi va yo‘rgagi alohida
yuviladi, sinchiklab qaynatiladi, issiq dazmol uriladi. Bolalar
uchun tegishli sharoit mavjud bo‘lsa, dastlabki kunlari steril
yo‘rgak tutiladi va steril ishtoncha kiygiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: