Ultratovush apparati bilan tekshirish.
Ultratovush apparatlari
yordamida homilaning nafaqat yurak tonlarini, balki boshi va ta-
nasining hamda ona chanog‘ining barcha o‘lchamlari, platsentaning
yopishib turgan o‘rni, qog‘onoq suvining ko‘pligi, homilaning
egizakligi, jinsi va shunga o‘xshash boshqa ko‘plab ma’lumotlarni
aniqlash mumkin.
HOMILADORLIK MUDDATI VA TUG‘RUQ
VAQTINI ANIQLASH
Homiladorlik muddati va tug‘ruq vaqtini aniqlashning katta
ahamiyati bor, chunki barcha ishchi va xizmatchi ayollarga homi-
ladorlikning 30-haftasidan boshlab homiladorlik va tug‘ruq muno-
sabati bilan 126 kun (tug‘ruqqacha 70 kun va tug‘ruqdan keyin 56
kun) ta’til beriladi. Davlat muassasalarining ishchi va xizmatchi-
lariga homiladorlik va tug‘ruq munosabati bilan qancha ta’til beril-
sa, boshqa kasb egasi bo‘lgan ayollarga ham o‘shancha (tug‘-
ruqqacha 70 kun va tug‘ruqdan keyin 56 kun) ta’til beriladi. Tug‘-
ruq normal o‘tmaganda yoki ayol ikkita va undan ortiq bola tuq-
qanda tug‘ruqdan keyingi ta’til muddati oshirilib, 70 kunga yetka-
ziladi.
Ayollar homiladorligi aniqlangan paytdan e’tiboran tungi ish-
ga, to‘rt oydan boshlab esa ish soatlaridan tashqari ishga jalb qi-
linmaydi. Homilador ayol yengil ishga ko‘chirilganda so‘nggi 6 oy-
dagi ish haqi hisobidan maoshi saqlanib qoladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hamma imtiyozlardan foydalanish homi-
ladorlikning to‘g‘ri o‘tishiga, homilador ayol sog‘lig‘ining saqla-
nishiga va qornidagi bolasining qulay sharoitda yetilishiga yordam
beradi. Homilador ayollarning yuqorida ko‘rsatilgan hamma imti-
123
yozlardan to‘g‘ri foydalanishi tibbiyot muassasalarida homiladorlik
muddatining o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlanishiga bog‘liqdir.
Homiladorlik so‘nggi hayz ko‘rishning birinchi kunidan hisob-
laganda o‘rta hisob bilan 280 kun, ya’ni 40 hafta yoki akusherlar
hisobida 10 oy davom etadi.
Homiladorlik 230–240 kun davom etganda ham yetuk bola
tug‘ilish hodisalari qayd etilgan. Homiladorlikning 280 kundan
ortiq davom etgani ham ancha kuzatiladi (homiladorlikning mud-
datidan o‘tib ketishi kechikib tug‘ish).
Homiladorlikning 310–320 kun va undan ortiq davom etgan-
ligi ham ma’lum. Homiladorlik muddatining yuqorida aytilgan
o‘zgarishlari homiladorlik muddati va tug‘ruq vaqtini aniqlashda
qiyinchilik tug‘diradi. Homiladorlik muddatini aniq bilish qiyinligiga
yana bir sabab shuki, tuxumhujayra qay kuni urug‘langanini, ya’ni
ayolning qay kuni bo‘yida bo‘lganini aniqlash mumkin emas.
Homiladorlik muddati va tug‘ruq vaqtini aniq bilmoq uchun
1) ayollarni homiladorlikning dastlabki muddatlaridayoq hisobga
olish va oyiga 1—2 marta tekshirib turish, 2) anamnez va homila-
dor ayolni obyektiv tekshirish ma’lumotlarining jami
Do'stlaringiz bilan baham: |