Majolis un-nafois



Download 19,84 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi19,84 Kb.
#938728
Bog'liq
Abduraimova Gulnoza mustaqil ish U.B




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH





Mavzu: A.Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi


Bajardi: 022-18 guruh, 5-kurs talabasi Abduraimova Gulnoza

Reja:


1.Kirish

2.Asosiy qisim

1 "MAJOLIS UN-NAFOIS" Alisher Navoiy asari

2 "MAJOLIS UN-NAFOIS" asari haqida






3.Xulosa

4.Foydalanilga adabiyotlar

“Majolis un-nafois” tazkirasi forsiy va turkiy tillarda ijod qilgan shoirlar tarjimai holiga bag‘ishlangan eng buyuk tazkiralarning uchinchisi bo‘lib turkiy-chig‘atoy tilida ta’lif etilgan. Bu asar birinchi bo‘lib Faxriy Hiraviy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan va bu asardagi majlislar (boblar)ga qo‘shimcha sifatida yana bir majlisni ilova qilinib uniga “Latoyifnoma” unvoni berilgan. “Majolis un-nafois” tazkirasi bugungi kunlargacha ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etilgan. Ham o‘zbek olimlari va ham chet el olimlari bu tazkiraning o‘rganilishi uchun ma’lum darajada zahmat chekkanlar. Xorijiy olimlardan asosan eronlik, afg‘onistonlik va boshqa mamlakatlar olimlari Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasini tadqiq qilganlar. Ammo mazkur tazkiraning ilk tarjimasi bo‘lmish “Latoyifnoma” tazkirasi haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Shu sababdan “Latoyifnoma” tazkirasining asliyat ya’ni “Majolis un-nafois” tazkirasi bilan qiyosiy tarzda tadqiqi qilinishi muhim deb bilamiz. Mazkur ikki tazkiradagi o‘xshashlik va o‘ziga xosliklarini tadqiq etish uchun har bir shoirga oid bo‘lgan matnlarni bir biriga solishtirgan holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ishda “Majolis un-nafois” va “Latoyifnoma” tazkiralari nusxalari hamda mavzuga oid asarlar va ilmiy maqolalardan foydalanildi. “Latoyifnoma” tazkirasi nodir kitoblar qatoriga kiradi, chunki mazkur tazkira haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu maqolada “Latoyifnoma”ning bundan taqriban bir asr oldin Pokistonda chop etilgan nusxasidan foydalanildi. Ushbu nusxa arab alifbosiga asoslangan fors yozuvining nasta’liq uslubida yozilgan. Kitobning boshlanishida asar xususiyatiga oid urdu tilida ham qisqacha ma’lumot berilgan. Kitob Pokistonning Panjob universiteti professori Muhammad Iqbol Mujaddadiy sa’y harakati bilan Milodiy 1931 yili nashr qilingan. “Latoyifnoma”ning bir nechta qadimiy nusxalari mavjud, ammo bu nusxalar juda nodir hisoblanadi. Tazkiraning eng yangi nusxasi 2019 yil Eronning Firdavsiy universiteti yosh navoiyshunos tadqiqotchisi Hodi bedakiy tomonidan nashr qilindi. Bularning barchasi “Latoyifnoma”ni tadqiq etish uchun juda muhim adabiyot hisoblanadi.


"MAJOLIS UN-NAFOIS" ("Nafislar majlislari") — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 yilda qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-asrda Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — "majlis"dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot boʻlmagan shoirlar, 3majlisda oʻziga zamondosh shoirlar haqida maʼlumotlar keltirilgan. 5—6 majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va boshqa joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7majlisda esa temuriylarga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 majlis Sulton Husayn Boyqaroga bagʻishlangan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida koʻrsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.
Asarda badiiy ijod asosi va mohiyatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlarning gʻoyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham eʼtibor qaratilgan. Navoiy oʻz davri adabiy muhitining qizgʻin manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rangbarangligini koʻrsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan. Tazkira 15-asr oʻzbek ilmiy na-srining guzal namunasi hisoblanadi.
"M. un-n." boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali taʼsir koʻrsatgan. Chunonchi, 16-asrda fors tiliga 3-marta (Faxriy Hirotiy, 1521—22, Hirot; Qazviniy, 1522—23, Istanbul; Shoh Ali, 1598, Nishopur) tarjima qilingan. Shoir Sodiqiy "M. un-n."dan il-homlanib, turkiyda "Tazkirai majma ul-xavos"ni tuzgan. "M. un-n."ning 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida kuchirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda.

XULOSA
Mumtoz adabiyotimizda tazkiranavislik an’anasi uzoq yilllar davomida rivojlanib kelmoqda. Buyuk tazkiranavis allomalar, Abu Mansur as-Saolibiy, Davlatshoh Samarqandiy, Abdurahmon Jomiy va boshqalar orasida Mir Alisher Navoiy muhim o‘rin tutadi. “Majolis un-nafois” tazkirasi o‘zining tarixiy, adabiy, ma’naviy-axloqiy va boshqa jihatlari bilan Hazrat Navoiy ijodining olamshumul ahamiyatidan darak beradi. Bu asar o‘sha zamondan boshlab dunyoning turli tillariga tarjima qilingan va bu jarayonning hanuzgacha davom etmoqda. Buyuk mutafakkir Faxriy Hiraviyning “Latoyifnoma”sini “Majolis un-nafois” bilan qiyosiy tarzda tahlil qilish, an’ana va vorisiylik xususiyatlari tadqiq etish, hamda badiiy uslub jihatlarini o‘rganish muhimdir. “Majolis un-nafois” va “Latoyifnoma” tazkiralarini qiyosiy tahlil qilish uchun birinchi navbatda bu ikta tazkiraning bir biridan farqli jihatlarini hamda o‘xshashliklarini mukammal o‘rganishimiz lozim. Yuqorida keltirilgan uch nafar buyuk shaxs haqidagi ma’lumotlardan ma’lumki “Latoyifnoma” tarjimaviy asar bo‘lganiga qaramay o‘ziga xos jihatlari ham juda ko‘p va albatta o‘xshashliklar ham kam emas. Tazkirani faqatgina kichkina bir qismini tahlil qilish bilan kifoyalanmasdan uni boshidan oxirigacha har tomonlama tahlil qilish, lotin va kirill alifbolariga transliteratsiya qilish va o‘zbek tiliga tarjima qilish juda muhim deb bilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. – T.: TAMADDUN, 2018.
2. Yusupova D. Uzbek mumtoz va milliy uygonish adabiyoti (Alisher Navoiy davri). O‘quv qo‘llanma. – T.: TAMADDUN, 2016.
3. Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. – T.: Akademnashr, 2011.
4. G‘aniyev S. “Majolis un-nafois”ning forsiy tarjimalari” // Alisher Navoiy va fors-tojik adabiyoti konferensiyasi materiallari. 2002, 30- yanvar.
5. (“Majolis un-nafois”ning forsiy tarjimalari”. – T.: Fan, 1984.

Download 19,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish