(Tarj.: Nozik ma‘nodan xoli she‘r butun umr bo‗yi bir qoralik bo‗lib qoladi (yoki bir qoralama bo‗lib qoladi).
Xoja Imod - Masnaviysida xili rang va ziynat bor. ―Layli va Majnun‖g‗a tatabbu‘ qilibdur. Ko‗p eldin yaxshiroq tushubtur va g‗azal tavrida dag‗i yaxshi tab‘i bor:
Burd sui lab zabonu shu`la zad bar joni man, Kard zohir lam`ai az otashi pinhoni man.
(Tarj.: Labiga til olib borib, jonimga alanga urdi; yashirin o‗timdan shu‘la zohir qildi.)
Ko‘pincha bir-ikki jumladagina shoirga va uning ijodiga tanqidiy qiymat beriladi, shoir kimga va nimaga tatabbu‘ etganligi, u zamonda mavjud bo‘lgan qaysi adabiy navga (g‘azal, qasida, muammo va boshqalar) ko‘proq qiziqqanligi va undagi mahorati qayd etiladi. Shoirdan bir-ikki bayt, yo biron qit‘a, ruboiy, muammoni o‘rnak tariqida keltirish bilan ta‘rif tugallanadi. Tazkira ma‘lumotlari bu davrda g‘azal janri keng tarqalganligidan dalolat beradi. Bu janrda ijod qilgan shoirlar Kotibiy, Gadoiy, Lutfiy, Atoiy, Ozariy, Hofizi Sa‘d, Binoiy, Hiloliy, Avhad Mustavfiy, Mashriqiy, Olim, Muhammad Ali Jaloyir, Nujumiy va boshqalar. Tazkirada muаmmo, ta‘rix, masnaviy, qasida, g‘azal, ruboiy kabi janrlar o‘rin olgan. Bularni biz tazkiradagi misollar orqali ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Boshqa she‘riyat turlaridan satira va yumor (Navoiy bu janrni zarofat, hajv, mutoyiba, hazil va mazoh deb ataydi) janrida Olim Said, Abdullo Astrobodiy, Jununiy, Mazhar, Sayyid G‘iyosiddin, Shayhim Suhayliy kabilar qalam tebratganlar. Qasidanavislikda shoirlardan Ismatullo, Sohib Balhiy, Bobo Savdoiy, Ishqiy, Orifiylar, proza janrida esa (asosan tarixiy asarlar) Abdulvose‘, Mirhond, Xondamir va boshqalar ijod qilganlar. Qit‘a, ruboiy, tuyuq kabi lirik janrlar haqida ham tazkirada ma‘lumot beriladi. Muammo va maqlubi mustaviy kabi poetik turlarni shartli ravishdagina
adabiyotga kiritish mumkin. Zeroki, ularda shakl elementlari mavjud18. Lekin bu turlarning tarqqiy etganligining o‘zi o‘sha davrda badiiy mahoratga, shaklga qanday e‘tibor berilganligi va u qanchalik yuksak darajaga yetkazilganligidan dalolat beradi. Ba‘zi shoirlar bu turlarda o‘zlarining badiiy mahoratlarini takomillashtirish va o‘tkirlash maqsadida ijod etganlar - mashq qilganlar. Demak aytish mumkinki, bu turlardan yuksak maqsad yo‘lida foydalanganlar.
Muammo – arabcha: yashiringan, berkitilgan demakdir. Muammo Sharq she‘riyatida kichik lirik janr turlaridan biri. Misra‘, bir-ikki baytda (ba‘zan jumla, ibora yoxud bir so‗z ham bo‗lishi mumkin) ism yoki biror so‗z yashiringan bo‗ladi. Muammoda esa unga murakkab imo-ishoralar bo‗ladi. Muammoni maxsus qoidalarga asosan (unga ramz, imo, kinoya, o‗xshatish, so‗z o‗yini, arab alifbosidagi harflar nuqtalarini almashtirish, so‗zlarning boshqa tillardagi sinonimlarini topish, teskari aylantirish yoki ―abjad‖ hisobi (harflarning raqam ma‘nolari) va h. k. yo‗llar bilan topib olish, yechish kerak bo‗ladi. Muammoni tuzish va uni yechish qoidalariga bag‗ishlangan maxsus risolalar ham yaratilgan. Ayniqsa, XV asrda muammo keng tarqalgan edi. Jomiy va Navoiy ham muammo haqida risolalar yozganlar. Tazkiraning 1- majlisida keltirilgan Xofizi Sa`dning quyidagi baytlari muammo janriga misol bo‘la oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |