Majmuasi” ga ekskursiya to`g`risidagi bayonnomasi buxoro shahri



Download 1,08 Mb.
Sana23.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#844904
Bog'liq
Sitorai mohi xosa bayonnoma


Buxoro davlat universiteti
Маktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti
Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 14-4MT-20 guruhida Ma`naviyat kunida Tarixiy obida “Sitorai mohi xosa majmuasi” ga ekskursiya to`g`risidagi


BAYONNOMASI
Buxoro shahri 11.02.2022
Qatnashdilar: Jabborova S.Z. va 28 nafar guruh talabalari
KUN ТАRTIBI:
1. Tarixiy obida Sitorai Mohi xosa majmuasiga ekskursiya
2. Moxi xossa majmuasiga sayohat mazmuni bo`yicha taassurotlar bayoni.


ESHITILDI:
Jabborova S.Z. rahbarligida 14-4MT-20 guruhi talabalari Moxi xossa majmuasiga ekskursiya tashkil qilindi. Talabalar tarixiy obida bilan tanishib u haqda to‘liq ma‘lumotga ega bo‘ldilar
Sitorai mohi xosa - Buxorodagi  mangʻitlar sulolasiningavlodiga mansub saroy -bogʻ. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar Nasrulla-
xon (1826-60) va Muzaffarxon (1860 -85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon  hukmronligi davri (1885-1910)da saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910-20)da yangi saroy qurilgan. Sitorai mohi xosa maydoni 6,7 ga boʻlib, eski saroygʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina  xonalardan  iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga boʻlingan murabba tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon xonasi bir-biriga qarama-qarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal oʻrtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan.
Supaning gʻarb tomoniga shohnishin taxt oʻrnatilgan. Eski saroy sharqidagi amir Olimxonning bosh qarorgohi - yangi ravoqli muhtasham darvoza  oʻrnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq Oʻrta Osiyo binolariga xos boʻlmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, toʻq qizil, koʻk, gunafsha va havo rang koshin bilan qoplangan. Anʼanaviy sirkori parchinlar bilan birga Rossiyadan keltirilgan kafel qoplamalardan ham foydalanilgan. Darvozaning tepa qismiga guldon shaklidagi bezaklar ishlangan. Yogʻochdan qilingan ikki tabaqali  darvozaga milliy naqshlar oʻyilgan va mis gul mixlar bilan mustahkamlanib, nafis guldor zulfin oʻrnatilgan. Darvozaxonadan tashqi hovliga oʻtiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan.
Darvozadan kirishda oʻng qoʻlda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shimoliy tomonida, gʻarb tomonida oqsaroy, janubiy tomonida esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Oqsaroy 2 yil mobaynida Usta Shirin rahbarligida (25-30 kishi tomonidan) qurilgan va pardozlangan. Yangi saroy rus  muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Yevropa uslubida biridan ikkinchisiga oʻtiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bogning shimoliy qismida haram joylashgan. Uning gʻarbida haram xizmatkorlari uchun xonalari boʻlgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Mahalliy meʼmorlik anʼanalarini oʻzida saklab qolgan. Bogʻning qoq oʻrtasida 8 xonali koʻshk bor. Uning xonalari 8 qirrali qilib qurilgan mehmonxona atrofida joylashgan. Hozirgi kunda Sitorai mohi xosaga Buxoro davlat meʼmoriy badiiy muzey qoʻriqxonasidam olish uyi va bolalar sanatoriysi joylashgan.



QAROR QILINDI:

1. Tarixiy obida Sitorai mohi xosa  majmuasiga 14-4MT-20 guruh talabalarining sayohati hujjatlashtirilsin.


2. Talabalarga Sitorai mohi xosa  haqida aytilgan fikrlar ma`lumot uchun qabul qilinsin va ajdodlarga munosib avlod bo’lishga harakat qilinsin.


Guruh murabbiyi: S.Z.Jabborova
Kotiba: M.Qosimova
Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish