Davlat boshqaruvida saroy mansablari doirasida birqancha yangi lavozimlar joriy etildi. Shayboniylar davrida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Saroy mansablari mavjud bo’lib, ularning o’z asosiy vazifalari quyidagicha ko’rinishda bo’lgan
Naqib – davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchasi.
Devonbegi – bosh vazir bo’lib, davlat mol –mulklari, soliq, yer – suv masalalari bilan shug’ullangan
Otaliq – shahzodalarning rahnomalari
Parvonachi – xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul ijrochilarga yetkazgan.
Dodxoh – tushgan arizalarga javob qaytargan
Ko’kaldosh – milliy xavfsizlik ishlari bilan shug’ullangan
Xon yasovuli– xon va shahzodalar o’rtasidagi masalalar bilan shug’ullangan.
Eshikog’aboshi – dargoh xavfsizligi va uning tartibiga javobgar bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |