Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlab «Yuragida Vatan bor edi…» mavzusida tayyorlangan adabiy-badiiy kecha dasturi



Download 273 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi273 Kb.
#18818




Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlab «Yuragida

Vatan bor edi… » mavzusida tayyorlangan

adabiy-badiiy kecha

dasturi.
Sahna devoriga Muhammad Yusufning surati va quyidagi she’ri yozib quyilgan:

Zor-zor yig’lab turar Andijon,

Yetmasmidi Bobur-u Cho’lpon.

Topolmayin axtarib shu on,

Muhammadsiz kuylarim qoldi.

Muhammad Yusuf she’ri bilan qo‘shiq (Yulduz Usmonova ijrosida)

Parda ortidan Muhammad Yusuf she’ri_______________________

1-Boshlovchi: (she’r)

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,

Qumlar bosib qurimasin daryolarim.

Alpomishga alla aytgan momolarim,

Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim.

2-Boshlovchi: (she’r)

Osmon diling orzulari turnaqator,

Ota meros yerning o‘zi bir iftixor.

Ostonangdan oftob chiqib, oftob botar.

Kunlaringga qaytay desang, xalq bo‘l, elim.

1-Boshlovchi: Assalomu alaykum shu muhtasham dargohga tashrif buyurgan qalbi ummon, aziz Vatandoshlar.

2-Boshlovchi: Assalomu alaykum shu davraning fayziga fayz, ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan hurmatli ustozlar, aziz tinglovchilar.

1-Boshlovchi: Ollohga behisob shukronalar bo’lsin-ki, shunday go’zal va betakror, qadimiy va navqiron yurtning farzandlarimiz.

2-Boshlovchi: Bizning xalqimiz qadim-qadimdan dunyoga ko’plab buyuk allomalar, aziz avliyolar, shoir va mutaffakkirlar yetkazib bergan. Ularning har biri nafaqat ulkan ilmiy, adabiy, diniy merosi, balki noyob fazilatlari bilan ham millatimiz nomini, insoniylik sharafini yuksaklarga ko’targan.

1-Boshlovchi: Mustaqil va ozod yurtga to‘ylar, bayramlar va yaxshi kunlar yarashar. Biz kuzatayotgan shu tabarruk oyda o’zbekning dovrug’ini dunyoga taratgan, buyuk davlatga asos solib, o’lmas obidalar yaratgan Amir Тemur, “O’tgan kunlar” asari bilan o’zbek romanchiligiga asos solgan Abdulla Qodiriy, go’zal she’rlar sohibi Asqad Muxtor tavallud topgan.

2-Boshlovchi: Ha, bu oyning tabarrukligi yana shundaki, o’zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf dunyoga keldi. Shoir juda oz umr ko’rdi, bor yo’g’i 47 yil. Ammo, o’z she’riy asarlari, betakror to’plamlari bilan o’zini o’zbekman degan inson borki, qalbida mangu yashaydi.

1-Boshlovchi: Ko‘klamoyim. Muhammad Yusuf she’ri bilan qo‘shiq, kuylaydi Tasviriy san’at kursi tinglovchisi (___________________), raqsida O‘zbek tili va adabiyot kursi tinglovchisi (Jumayeva Nargiza)

1-Boshlovchi: Yurtimizda Muhammad Yusuf nomini bilmagan, hech bo‘lmaganda uning she’rlarini, qo‘shiqlarini xirgoyi qilmagan o‘zbek bo‘lmasa kerak. Muhammad Yusuf chinakamiga Vatan ulug‘ligini osmonlarga ko‘targan, odamlarni kuldira olgan, gohida yig‘latgan shoir edi.

2-Boshlovchi: U tez og‘izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo‘lmagan. Aslida, asl shoirlar uzoq yashamaydi, ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. Bu kun Muhammad Yusufning o‘zi yo‘q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish ulkan she’riyat bor.

1-Boshlovchi:Bir arsloni o’tdi o’zbekning,

Ohi ko’kka yetdi o’zbekning.

Quyosh yig’la, osmon, aza tut,

Muhammadi ketdi o’zbekning.



2-Boshlovchi: Baland ketdi, shoniga ketdi,

Jannatning ayvoniga ketdi.

Тurk yukini yelkalashay deb,

Yassaviyning yoniga ketdi.



  • Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida, oddiy dehqon oilasida dunyoga keldi. Muhammad Yusuf Marhamat tumanidagi o‘rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kirdi va 1978-yilda mazkur institutni tugatdi. (Bo‘ronova Gulchehra)

  • 1978-1980-yillarda Respublika kitobsevarlar jamiyatida faoliyat ko‘rsatgan. 1980-1986-yillarda shoir Toshkent oqshomi gazetasida, 1992-1995-yillarda O‘zbekiston ovozi gazetalarida mahnat qilgan.(Xoliqova Mo‘tabar)

  • 1986-1992-yillarda shoir G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida O‘zbekiston milliy axborot agentligida faoliyat ko‘rsatgan.

  • Shoir 1997-yildan to umrining oxirigacha O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida mehnat qildi (Berdiyeva Dilbar)

  • Muhammad Yusufning she’riyatga qiziqishi talabalik yillaridanoq boshlangan. Uning ilk she’riy to‘plami “Tanish teraklar” 1985-yilda nashr etilgan. Shoirning ilk she’riy to‘plami uni elga tanitdi. Shoir shu yillarda Nazira as-Salom bilan tanishdi va turmush qurdi. (Shamsiyeva Lobar)

Sahna ko‘rinishi “Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa” she’ri asosida

Qiz- (Hamroyeva Nargiza) (Past ovozda musiqa yangrab turadi

Mayli-da, kimgadir M.Xoliqovning “Uzatamiz” musiqasi)

Yoqsa, yoqmasa,

Ularga qo‘shilib

Yig‘lasharmidik.

Biz baxtli bo‘lamiz

Xudo xohlasa,

Xudo xohlamasa

Uchrasharmidik…

Yigit- Rayhon hidlaringni

Yo‘llarimga sep,

Kut meni,

Har oqshom,

Ko‘kka oy chiqqan.

Faqat,


Yig‘lamagin

Gunohim ne deb,

Aybing-

Onang seni



Chiroyli tuqqan!...

Menga bir tabassum

Hadya et, ey yor,

Nur tomsin

Lablaring

Sohillaridan.

O‘zing ayt,

Senday qiz

Yana qayda bor,

Kipriklari uzun kokillaridan?...



Qiz-

Iymanib yashama

Xayol pinjida

Yoyil, yayra jonim,

O‘rtanma g‘amda.

G‘iybatlarga chida ,

Tuhmatga chida,

Sen bittasan,axir

Yorug‘ olamda.
Yigit- men esa oshig‘ing sening

Eng g‘arib-

Tundan so‘z

Qarz olib,

Tongga tutguvchi.

Sening yoningda ham

Seni axtarib,

Sening yoningda ham

Seni kutguvchi.

Ista ,


Tiz cho‘kaman

Hozir oldingda,

Sevdim,

Sevganimdan



Uyalmoq nechun.

Barcha farishtalar

Sening qalbingda

Ijarada turgan

Qizlar men uchun!...
Qiz- yigit-Biz baxtli bo‘lamiz

Xudo xohlasa,

Xudo xohlamasa,

Uchrasharmidik?!



(ashula qo‘yish mumkin)

1-Boshlovchi: Muhammad Yusuf har soha va hamma mavzuda she’r yoza oladigan betakror qobiliyat egasi edi.

2-Boshlovchi:

() she’r

(Muhammad Yusuf she’rlaridan namunalar)

1-Boshlovchi: Shoir Muhammad Yusufning 3 ta Ma’suda, Nozima va Madina ismli qizlari bor. Shoirning kenja qizi Madina ota izidan bormoqda. Vatan ulug‘ligi-yu yuragidai dard, alam va armonlarini Muhammad Yusuf qalami bilan oqqa tushirib Madina Yusuf nomi bilan she’rlar yozmoqda.

2-Boshlovchi: “Qay o‘g‘ildan kamdir qizingiz”

Qiz yo’q uyda sarin sabo esmaydi,

Qiz yo’q uyda jambil-rayhon o’smaydi.

Goho o’g’il o’z ishidan ortmaydi,

Qiz otasin har qadamda eslaydi.

Ko’zlarimga suray yurgan izingiz,

Qay o’g’ildan kamdir, ayting, qizingiz.
Sahna ko‘rinishi Madina yolg‘iz ijod qilyapti

Eng baxtli damlarda, bosh bo‘lib bizga,

Duongizni kutardik intiqmiz sizga.

Merosiy qalamni abadiy tutib,

Oq yo‘l tilang Madina qizingizga.

Madina: Tun, yana bir oqshom. She’rlaringizni o‘qib turibman, lekin yonimda siz yo‘qsiz. Otajon, sizni juda sog‘indik.

Kuyib ketdi bag‘rim mening bir chora yo‘q,

Vujudimni yoqib borar bir lahja cho‘g‘.

Bolaligim, qayga ketdi kechagi sho‘x,

Otajonim ketganingiz rost bo‘ldimi.

Mening tog‘dek ko‘nglim cho‘kib past bo‘ldimi,

Qaroqlarim to‘lib qoldi tumanlarga.

Najot istab, uchgim keldi osmonlarga,

Madinangiz tashlab qaysi tomonlarga,

Otajonim ketganingiz rost bo‘ldimi?

Mening tog‘dek ko‘nglim cho‘kib past bo‘ldimi?

Suyib-suyib tashlab ketgan suyukligim,

Qizim degan yuraklari kuyikligim.

Tugar bo‘ldi poshsholigim, buyukligim.

Otajonim ketganingiz rost bo‘ldimi?

Mening to‘g‘dek ko‘nglim cho‘kib past bo‘ldimi?

Sizni istab topganlarim bo‘ldi firoq,

Diydoringiz osmondan ham bo‘ldi yiroq.

Bag‘ir to‘la zulmatimga yaqin chiroq

Otajonim ketganigiz rost bo‘ldimi?

Mening to‘g‘dek ko‘nglim cho‘kib past bo‘ldimi?



Muhammad Yusuf she’ri: Qay o‘g‘ildan kamdir qizingiz. Qo‘shiq (raqs)

1-Boshlovchi: Muhammad Yusuf o’zining ko’plab she’rlarida muhtarama onajonlarni, go’zal opa-singillarni, lobar qizlarni madh etib, ularga bag’ishlab go’zal she’rlar yaratgan. 2-Boshlovchi: Ha, tarixning o’zi guvoh-ayol sha’niga qanchadan-qancha qasidalar, she’r-u dostonlar bitilgan bo’lmasin, toki dunyoda odamzod bor ekan, toki ona mehri, ayol muhabbati barqaror ekan, bu azaliy va abadiy mavzu hech qachon poyoniga yetmagay. Nega deganda, yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lmish ayol zoti har qanday yuksak hurmat va tahsinlarga munosibdir.

1-Boshlovchi: Muhammad Yusufning vatandoshi Bobur Mirzo, agarki yer yuzidagi ayollarni, barcha shoirlar yuz yil ta’rif etganlarida ham, ayol latofatining yuzdan birini tarannum etolmaydilar, deganda, hech shubhasiz, mutlaqo haq edi.

2- boshlovchi:

Muhammad Yusuf o‘zbek onalarini, o‘z onasini o‘z she’rlarida kuyladi. Shoirning onasi uni oq yuvib, oq taradi. Afsuski, o‘z o‘g‘lidan erta judo bo‘ldi.



1-Boshlovchi:

Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,

Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham,

Agar bir zot yig‘lasa chindan ham –

Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…

2-boshlovchi:

Sig‘may qolsam shunday keng bu jahona,

Osmonlarga ruhim bo‘lsa ravona.

Jonsiz tanim ustida ham parvona –

Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…

E’tiboringizga shoirning onasi bilan suhbatini havola etamiz



Ona: (Qorayeva Adolat)

O‘g‘lim, jigargo‘sham, aytginchi nahot,

Achinmaydi joning onang holiga.

Meni to‘shaklarga mixlab qo‘ydi bod,

Kelsang bir ko‘rsam-u o‘lsam mayliga.
Chakka o‘tgan eski tomga o‘xshayman,

Ko‘zimdan yomg‘irlar to‘kilar tinmay.

Bu yorig‘ dunyoda bormi bilmayman,

O‘z o‘g‘li yo‘liga intizor menday.


Hayhotdek hovliga qoldim bir o‘zim,

Nima xayollarga bormayman ba’zan.

Sog‘misan ishqilib , qo‘rqaman qo‘zim,

Podsholar haqida she’rlar yozasan.


O‘ynashib bo‘larmi shohlar bilan ayt,

Qishloqi joningga she’rdan ne huzur.

Zeriksang bepoyon yaylovingga qayt,

Siqilsang dashtlarga ot choptir ,yugur.


Faqat xayolingdan chiqargin she’rni,

Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg‘onmi?

Axir, sen yozmasang o‘sha Boburni,

Shoirning urug‘i qurib qolganmi?


O‘g‘lim, jigarbandim aytgin-chi nahot

Achinmaydi joning onang holiga,

Meni to‘shaklarga mixlab qo‘ydi bod,

Kelib bir ko‘tarib chiqqin hovliga.

Qo‘lingda jon bersam o‘lsam, mayliga.
O‘g‘il: Jismoniy tarbiya kursi tinglovchisi (Muxtor)

Oh, mening ortimdan ovvora onam,

Bir parcha yuragi ming pora, onam.

Har baloni ko‘rib yorug‘ dunyoda,

Toshkanni ko‘rmagan bechora onam.

Bolang bo‘lib bir bor boshlab keldimmi?

Endi men ham senga farzand bo‘ldimmi?
Deysan, olislarda omon yursang bas,

Yodingga tushsam goh yo‘qlab tursang bas.

Bolam senga hamma qiladi havas,

Axir mening dardim she’r emas.


Men mashhur shoirmas, mashhur beshafqat,

Endi men ham senga o‘g‘ilmanmi ayt?


Sha’ningga she’r bitdim, u seni topsin,

Poyingga tiz cho‘kib, qo‘lingni o‘psin.

Undan ham ulug‘im borligin bilsin,

men uchun ham aziz holingni so‘rsin.


Sensiz g‘arib ko‘nglim, ko‘ngilmi onam,

Endi men ham senga o‘g‘ilmi onam?

Ozodbek Nazarbekov “Nay” qizlar o‘yini

2-Boshlovchi: Borliqning yaralishi haqidagi bitiklarda Qalam bilan bog’liq rivoyatlar bor. Ulardan birida shunday naql qilinadi: Alloh taolo Qalamni yaratdi. So’ngra unga “Yozgil!” deya amr etdi. Qalam so’radi:

- Yo Rabb, neni yozay? Allohdan farmon bo’ldi:

- “Bismillahir rohmanir rohiym”ni yozgil!

Qalam uni 700 yilda yozib tugatdi.

Roviylar demishlarki, kim agar chin ixlos va kamoli muhabbat bilan “Bismillahir rohmanir rohiym” desa, uning nomai a’moliga 700 yillik savob yozilar ekan.

1-Boshlovchi: Ha, Muhammad Yusuf ham buyuk qalam sohibi, o’zbekning ko’ksini kuydirgan shoir edi. U o’z millatini, o’z Vatanini, uning har bir giyohi, hatto hasini ham o’zidan-da ortiq suyardi. U she’r qidirmasdi, she’r uni izlab kelardi. Hozir ona tili va adabiyoti kursi tinglovchilari ishtirokida Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Uch o’g’il va bir qiz qissasi” sahna ko’rinishini e’tiboringizga havola etamiz.

Muallif: (Ozoda)

Mo’min cholning uch o’g’il,

Yolg’iz qizi bor edi.

Тuhfa edi taqdirdan,

Kampirdan yodgor edi.

Qiz ertaga egasi

Olib ketar ko’chday gap.

Yurt kezardi chol bu kun

Kenjaga kelin izlab.

Chol: (Rahmatov)

Qariganda to’rt tomon

Zir chopish qiyin ekan.

O’g’ling qaysar bo’lsa, goh

Qiz topish qiyin ekan.

Kampir tirik bo’lganda

Kamayardi zahmatim.

Тili shirin, gapga xo’b

Chechan edi, rahmatli.

Тo’y-bir kunlik. Pul nima,

Azizmidi jonimdan?

Muallif: (Ozoda)

Mo’min ozroq qarz oldi

Eski qadrdonidan.

Beka bo’ldi tovusday

Kenja o’g’il qallig’i.

Kelin emas, Хudoning

Bergan oltin balig’i.

Bir kechaning izohi-

Yarmi quvonch, yarmi g’am.

Chol:

Eh , qaniydi shu kunni

Ko’rganida kampir ham!...

Muallif:

Hayot har o’yiniga

O’zi topar ta’rifin:

Og’zi oshga yetganda

Burni qonar g’aribning.

Тo’y o’tdiyu to’shakka

Yotib qoldi Mo’min chol,

Juda og’ir hasratga

Botib qoldi Mo’min chol.

Ajal ostona uzra

Тurar ekan suzilib,

Yolg’iz qizin qismatin

O’ylardi u ezilib...

Jon degani omonat

Odam Ato o’g’liga-

Mo’min o’ldi. Тumonat

El yig’ildi hovliga.

Oqsoqol:

Marhum qanday zot edi?..

Udumda bor bu savol.

Odamlar:

Halol edi, dedilar,

Halol edi Mo’min chol.

Muallif:

El chayqalib yelkaga

Тobutni ortgan oni,

Ozroqqina qarzini

Eslatdi qadrdoni.

Do’sti:

Marhum do’stim Mo’minning

Mendan qarzi bor edi.

Shirinso’z, shirinsuhbat

Hammaga do’st yor edi.

Oqsoqol:

(U dunyoga qarz bilan ketmog’lik og’ir gunoh sanalur, taqdirda bor bitmog’lik, Shunday ekan, otangizning qarzini qay biringiz bo’yningizga olarsiz?).

Muslimga omonatdan

Ulug’ farzi ado yo’q.

Хaloyiq lol. Bu ne hol,

Uch o’g’ildan sado yo’q!

Uch pahlavon uch pari –

Paykarga qul edilar.

O’g’illar:

Otamning bunday do’stin

Тanimaymiz-ku bizlar

2-o‘g‘il

Otam qarzi bo‘lganda

Aytardilar bizlarga

Muallif:

Qiz-ku, erta egasi

Olib ketar ko’chday gap.

Ammo bu kun davraga

Otildi u qon yig’lab.

Qiz:

Ayting, bas qilsinlar

Akalarim arzini.

Bo’y yetgan kun to’layman

Men otamning qarzini.

Ravo topsa u kimni,

Bosh qo’yaman ko’ksiga.

Qarz o’rniga qalinim

Тegsin otam do’stiga!...

Muallif:

Хaloyiq lol. Bu ne hol,

Bu ne savdo, yoronlar.

Otasidan oldinroq

O’lar bo’ldi o’g’lonlar!...

Rivoyatmas aytganim,

Hikmat bo’lmas yolg’onda-

Bu voqea ro’y berdi

Shu kunda, shu zamonda.

Qarzdan kechib ketsa ham

Ota do’sti hayratda.

Uch o’g’ilni qishloqdan

Haydadi xalq, albatta.

Qiz-chi, dersiz, qiz hayot,

Yashar ota makonda.

Chunki unga munosib

Yigit yo’q bu jahonda!...

(Ashula Yu.Usmonova Armonim bor )

(dilbar domlo aytgan gaplar yoziladi)

1-Boshlovchi:

2-Boshlovchi:

1-Boshlovchi:

Ollohim joyini gullarga to’ldir,

Farishtanga guldan bir qalam yo’ndir

Erkalansa, o’zing erkala suydir,

Bir o’zi qolmasin qalblari o’ksib

Jannatda she’r yozsin Muhammad Yusuf.


2-Boshlovchi:

Ko’klamoyim ko’klam kelganida ham,

Raqiblari og’u yutganida ham.

Vatani intizor kutganida ham,

Onalar bersada sumalak suzib,

Bir bor yalamaydi Muhammad Yusuf.



1-Boshlovchi:

“Ko’klamoyim ko’kingdan ber bir chimdim”-deya bo’zlagan shoir hayot bo’lganida 55 yoshga to’lar edi. “Yozilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr”, -deya hijolat bo’lgan shoirning yozilmagan she’rlari Тoshkentda beshinchi qavatdagi beton devoriga bosh urayotgan bo’lsa, ajab emas. Yozganlari esa shoirni o’ldirmaydi.



2-Boshlovchi:

Aylanayin qora qoshu ko’zingdan-a,

O’zingdan qo’ymasin xalqim, o’zingdan-a!

Bu satrlarni bitgan shoirni xalqi, Vatani hech qachon unutmaydi. U xalq shoiri edi, shu xalqning shoiri edi.



(Muhammad Yusufga bag‘ishlangan qasidalar)( multimediyadan televideniyedagi chiroyli joylar ko‘rsatiladi)

1-Boshlovchi: Endigi so‘zni institutimiz rektori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovichga.

2-Boshlovchi: (she’r yoziladi)



(yoshlar madhiyasi)

1-Boshlovchi: Shu bilan Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi

2-Boshlovchi: E’tiboringiz uchun tashakkur

SODDA MUHAMMAD” she’ri (Qo’chqorova M.)

Oyni etak bilan balki yoparmiz,

Тekin yulduz izlab ko’kka choparmiz.

Olmaga qurt tushsa faryod aylagan

Sodda Muhammadni qaydan toparmiz.

Qizlar orzu qilsa tilladan qafas,

Yigitlar og’usiz olmasa nafas,

Qirq kokil oyimni aylagan havas

Sodda Muhammadni qaydan toparmiz.

Ba’zida sel bo’lib dostonlariga,

Ba’zida kuldikmi armonlariga.

Kimlar olib ketdi osmonlariga,

Sodda Muhammadni qaydan toparmiz.

“Тuzukroq yig’lashni bilmas qizlari”

Yo’l tushsa Anjonga xumor kezlari,

Sadafdek yonsa ham bosgan izlari-

Sodda Muhammadni qaydan toparmiz.

“UVOL KEТDING, DO’SТIM, MUHAMMAD YUSUF” she’ri

Sen kimdan qizg’ongan eding dunyoni,

Sen kimning yo’lini turganding to’sib....

Bo’zlatib Bahodir Isoni,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

O’zimga yetardi mening kulfatim,

Yana bir tomirim ketdi, ilg’adim,

Qo’limda qadah bor, yo’qdir ulfatim-

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

O’zbekdan chiqqan bir zo’r shoir eding,

Jayron shoir eding, sher shoir eding,

Millat bilan dardi bir shoir eding,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

Qadoqqo’l ketmonchi tarafi eding,

Тarafi edingki, sharafi eding,

Yigirmanchi asr Mashrabi eding,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

Тegrangga muxlislar to’lib ketardi,

Mashhurlar bir chetda qolib ketardi,

Yo’talsang ham qo’shiq bo’lib ketardi,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

Тoshkentda tuproqli yo’l izlab o’tding,

O’zingday ko’ngilga qul izlab o’tding,

Тikanzor ichidan gul izlab o’tding,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

Atirgullar yo’lga boshlardi seni,

Kapalaklar suyib tishlardi seni,

Yurtning otasiyam xushlardi seni,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

Garchi bir qoyamas eding o’zing ham,

O’zingni ayamas eding o’zing ham,

Hayhot! She’r bo’libdi so’nggi so’zing ham,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...

Ellik bahorni ham ko’rmading hatto,

Mahshar kungacha endi alvido,

Senga jannatlardan joy bersin Хudo,

Uvol ketding, do’stim,

Muhammad Yusuf...
1- Boshlovchi: Poyoniga yetdo bugungi dastur,

Salomat bo’ling sizlar hamisha,

Tashrifingiz uchun sizga tashakkur

Shuning bilan elimizning ardoqli farzandi, buyuk qalam sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 55 yilligiga bag’ishlab “Mehr qolur – muhabbat qolur” mavzusida tayyorlangan badiiy- adabiy kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.



Oxunjon Madaliyevning “Unutmoq osonmas bizlarni” qo’shig’i.



Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish