Май 2021 10-қисм
Тошкент
YAGONADIR VATANIM MANIM
Umirova Diyora va Muhitova Nafosat
Samarqand davlat chet tillari Instituti
Xorijiy til va adabiyot (Ingliz tili 2)
fakulteti 2-bosqich talabalari:
Kalit so’zlar
: Vatan, ravnaq, farovon hayot ,bilim, salohiyat.
Men shu yurtda tug’ildim o’sdim. Shu yurtda tug’ilib kamol topayotganimdan benihoyat
baxtiyorman. O’zbekiston mening- Vatanim.
Vatan insonning kindik qoni to’kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan tabbarruk go’shadir.
Vatanim mening g’ururim ramzidir. Men ona vatanim timsolida dunyodagi eng go’zal va betakror
yurtni ko’raman. Shu bilan birga o’zimning, ota-onamning, xalqimning baxtini, farovon erkin
hayotni ko’raman.
Vatan ozod bo’lsa xalqim xam erkin, ozod, farovon yashaydi. Men shu serquyosh o’lkada
yashar ekanman, yurtimning yuksalishi , rivojlanishi uchun, yurtimning obro’-e’tiborini
yanada yuksaklikka ko’tarish uchun milliy taraqqiyotimizni yanada ko’tarishimiz uchun o’qib
o’rganib, bor imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak ekanligini his qilaman. Prazidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Vatan ravnaqi yo’lida tinmay izlanayotgan muhim chora-
tadbirlarni hayotga tadbiq qilayotgan ekanlar, biz yoshlar ham bor kuch bilimimizni jonajon
O’zbekistonomiznimg kelgusida bundanda yuqori pog’analarga chiqishi uchun sarflashimiz
darkor. Zero Vatan ravnaqi, avvalo uning farzandlariga, bog’liqdir.
Allohga shukurki, biz yashayotgan yurt-jannatmakon, osmonimiz musaffo, hammayoqda
tinchlik, Shu o’rinda birinchi prazidentimiz Islom Karimov so’zlari yodga keladi: “Mening
istagim shu-hudoning o’zi yurtimizni, xalqimizni yomon ko’zlardan, hasadlardan asrasin! Shu
yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi inson, har qaysi yurtdoshimiz baxtli bo’lsin, tinchlik
va omonlik ularga hamisha yor bo’lsin”
Albatta biz o’qib – o’rganib, o’z iqtidorimizni, yurtimizning gullab yashnashi uchun sarflaymiz,
ko’ngildagidek keng shinam xonalarda tahsil olishimiz uchun Vatanimiz tinch osuda bo’lmog’I
lozim. Zero, yurt tinchlik dunyodagi eng buyuk boylik hisoblanadi. Agar tinchlik bo’lsa, hamma
erkin nafas oladi, nimaki ezgu niyat bo’lsa ularning barchasini amalga oshirish imkoniyati paydo
bo’ladi.
Yurtimizning huquqiy demokratik davlat, fuqorolik jamiyati etilmoqda. Yanada mustahkam
huquqiy demokratik jamiyat barpo etish uchun ko’p ezgu ishlarni amalga oshirishimiz kerak.
Buning uchun iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishimiz, yerosti va yerusti boyliklarimizdan
unumli foydalanishimiz, jahon tajribasidan andoza olib, taraqqiy topgan davlatlar bilan
hamkorligimizni mustahkamlashimiz, iqtidorli, bilimli yoshlarimizni taraqqiyiti yuksak
davlatlarga tajriba almashish uchun chet davlatlarga yuborishimiz darkor. Vatanga muhabbat
tuyg’usi insonga bir umr hamrohdir. Vatanning nomi aytilishi bilan unung bag’rida o’tgan
yillarimiz, ota – onamiz qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz his – tuyg’ularga to’ladi.
Yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand bo’lganda,
olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko’rishganda, ularning sport, madaniyat,san’at va boshqa
sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz. Vatanga muhabbat tuyg’usi
insonga ona allasi, bobolar o’giti, otaning ibrati, ona tabiat bilan muloq jarayonida singadi.
Vatan tuyg’usi og’ir damlarda bizga kuch – quvvat beradi, xalqimizni, yurtimizni dunyoga
tanishtirishga ajdodlarimizning buyuk an’anlariga sodiq bo’lishga da’vat etadi.
Ota – bobolarimiz uzoq o’lkalarga kelayotganlarida yurt tuprog’idan bir siqim olib,
ro’molchaga tugib qo’yganlar. Olis yurtlarda Vatan sog’inchi yuraklarini o’rtaganida anashu
tuproqni hidlab, ko’zlariga to’tiyo qilib qadrdon diyorimiz mehrini, tuyganlar. Insonlar qalbidagi
Vatanga intilish tuyg’usi shunchalik kuchli bo’ladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodaan
ko’z yumganidan keyin ham ona yurt tuprog’iga yaqinroq bo’lishni orzu qiladilar. O’zga yurtda
Hindistonda podsholik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz vafotidn so’ng o’z jismini
ushbu yurtga emas , balki Vataniga yaqinroq bo’lgan joy - Afg’onistonning hozirgi poytaxti
bo’lmish Qabul shahriga qo’yishlarini vasiyat qilgan. Vatanimiz mustaqillikka erisjhandan so’ng
Bobur tug’ilgan yurt – Andijon shahrida buyuk ajdodimizning ramziy qaadri barpo etilib, uning
152
Do'stlaringiz bilan baham: |