Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/194
Sana26.02.2022
Hajmi3,67 Mb.
#472457
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Май 2021 10-қисм
Тошкент
chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan 
dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi. «Milliy 
ong - O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni 
davr talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda 
ta’lim-tarbiya muassasalarining roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtayi 
nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmuyi) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, 
badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmuyi. Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni 
keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, 
inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda 
nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo’lib xizmat qilishidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Ma’ruza matnlari uchun materiallar). 
Т., «Yangi asr avlodi», 2001. 
2. Pedagogika. Ma’ruzalar matni. N.G‘aybullayev va boshqalar. Т., 2000.
3. www.ziyouz.com


149
Май 2021 10-қисм
Тошкент
MAKTAB O‘QUVCHILARIDA OG‘ZAKI NUTQ MALAKALARINI 
SHAKLLANTIRISH ASOSLARI
O‘ktamova Gulbahor Nu’monovna 
O‘zbekiston tumani XTB metodisti,
Tel: +99891 688-02-88
Turanova Safiyaxon Ismoilovna 
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
58-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya
: mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki nutqini o’stirish 
va rivojlantirish masalalari keng yoritilgan.
Kalit so’zlar
: nutq o’stirish, fikr, tafakkur, propedektiv mashq, nutq madaniyati.
Nutq o‘stirish uch yo‘nalishda: so‘z ustida ishlash, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash, 
bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan. 
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning 
psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy 
faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun 
o‘quvchilar nutqini o‘stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini 
tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga yo‘naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq tafakkur bilan 
chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, 
fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, 
mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at tarkibini, grammatik 
qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit 
hozirlaydi. Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. 
Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdan o‘quvchi 
fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchining barcha o‘quv 
predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr yuritganda, u yoki 
bu mavzuni o‘quvchi o‘z nutqida (axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) 
qanday bayon eta olishiga qaraladi. Demak, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur 
asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, 
nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi va takomillashtiradi. 
Propedektiv mashqlar sistemasi boshlang‘ich sinflar grammatika va imlo programmasining 
bosqichli izchillik prinsipi asosida tuzulishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda 
ma’lum nutq tajribasi, til hodisalarini, so‘zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so‘zlar 
bilan bog‘langanda o‘zgarishini kuzatish tajribasi to‘plana boradi. Mana shu tajribalar asosida 
o‘quvchilar nazariy umumlashmalarni o‘zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va 
orfografik qoidalar shakllanadi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan 
ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar 
hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari 
haqida to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali 
yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi.
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat 
hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala 
qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng 
imkoniyat mavjud. SHe’r, maqolalarni o‘qish, o‘qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, 
predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko‘rganlarini hikoya qilish o‘quvchilar og‘zaki 
nutqini o‘stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o‘stirish uchun keng imkoniyatlar 
mavjud. Grammatikani o‘rganish va o‘qish darslarida o‘quvchilar bajaradigan so‘z birikmasi, gap 
tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga yordam beradi.
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, 
bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular narsa, harakat, belgi bildirgan 


150

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish