Махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат университети


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Download 11,36 Mb.
bet195/210
Sana03.02.2023
Hajmi11,36 Mb.
#907295
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   210
Bog'liq
УМК-Иқт. наз. (ноиқт) Бекзот принт

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani tushunasiz?

    2. Ijtimoiy adolatni ta’minlashda aholi daromadlarini shakllantirish siyosatining roli qanday?

    3. Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni sanab ko’rsating.

    4. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering.

    5. Turmush darajasini qanday ko’rsatkichlar xarakterlab beradi?

    6. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko’rsating va ularga tushuntirish bering.

    7. O’zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi davrdagi asosiy yo’nalishlariga o’z fikringizni bildiring.

8.Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang?
9.Davlat asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering?
10.Bozor iqtisodyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
11.Tartibga solish o’z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi?
MAVZU: JAHON IQTISODIYОTI VA UNING EVOLYSIYАSI.


SAVOLLAR:
1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjaxon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi.
2.Halqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari.
3. Halqaro iqtisodiy integrasiyaning mohiyati, shakllari va obyektiv asoslari.
4. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.
5. Xalqaro valyuta kredit munosabatlari va valyuta tizimlari.


1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlariva ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimidir.
Jahon xo’jaligi subyektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;
- transmilliy korporasiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi: mutlaq va nisbiy YaIM; milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori; milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi shunday davrlarga to’g’ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o’sib chiqadi, ishchi kuchi migrasiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o’sib chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo’yadi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi.
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmillalashuvi natijasida jahon xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:

  1. tovar va xizmatlar jahon bozori;

  2. kapitallar jahon bozori;

  3. ishchi kuchi jahon bozori;

  4. xalqaro valyuta tizimi;

  5. xalqaro kredit-moliya tizimi.

Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.

Download 11,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish