Intеrnеt saytlari
11. http://www.school.edu.ru.
12. http://www.inter-pedagogika.ru
13. www.newhorizons.org.
14. http://www.pharmax.m/articles.
15. http://www.pravoteka.ru.
6
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Ta'lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan.
Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi.
Fan-texnika va axborotdagi revolyusiya inson va uning ilmiy – ma’rifiy
potensialini chet til o‘qitish taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi.
Kelajakda erishishimiz lozim bolgan buyuk maqsadlarga yyetishish uchun
eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar
tayyorlashimiz kerak.
«Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish
zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi.
Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi
o‘rnimizga kim kelishiga yoki - boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni
tayyorlashga bog‘liqdir»
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta'lim to‘g‘risidagi qonun» va 1997-yildan
kuchga kirgan kadrlar tayyorlashning «Milliy dastur»i bo‘yicha butun ta’lim tizimi
isloh qilinar ekan, asosiy diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga
qaratilgan.
Yoshlar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta'lim tizimining naqadar
ahamiyatga egaligi, Brinchi Prezidentimizning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik
tashkilotining
«Ta'lim-kelajikka
yo‘naltirilgan
sarmoya»
mintaqaviy
konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigidagi ushbu jumlalardan ham
anglash mumkin: «Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko‘ra teran anglab
olish muhim ahamiyatga ega. Samarali ta’lim tizimini yaratmasdan turib, jamiyatni
isloh etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasavvur etish qiyin.Ushbu
sohaga ustuvor ahamiyat berilishi shubhasiz, uning kelgusi taraqqiyoti uchun
zamin hozirlashdir».
Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga
chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan oqitish jarayonini
tashkil qilishi va dars berishiga bog‘liq. Shuining uchun ham o‘quv jarayonini
tashkil etish, talabalarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o‘quv
uslublarini qo‘llashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Xozirgi davrda o‘quv
jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan chuqur bilimgina emas, balki pedagogik
mahoratga ega bo‘lishini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z
ustida ishlashni talab qiladi.
Oliy o‘quv yurtining talabalari keng doiradagi chet til o‘qitish muammolarni
aniqlash, tahlil qilish, chet til o‘rganish va o‘rgatishdagi rivojlanish
tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishi
mumkinligini his qila bilishi, ko‘z o‘ngiga keltira bilishni o‘rganishi zarur. Buning
7
uchun esa chet til o‘qitish metodikasini bilish chuqur talab etiladi
1
. Dars o‘tishda
to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan
qat'i nazar, kutilgan natija bo‘lmaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorat
bilan qo‘shilgandagina o‘quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Dars berish
metodikasi (usluyati)ning predmeti, bu dars berish(o‘qitish) jarayonining o‘zidir.
Odatda, metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va
metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu — nazariy jihatdan qo‘yilgan
maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish,
o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir.
O‘qitish metodikasi tushunchasi:
a) pedagogning o‘qitish usullari va o‘quvchining o‘qish usullari hamda
o‘quvchining o‘qituvchi bilan o‘zaro bog‘langanligini;
b) o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadga erishish bo‘yicha hamkorlikda
ishlashning o‘ziga xosligi, ya'ni o‘qitish metodlar belgilangan maqsadga yetish
uchun ta'lim vazifalarini hal etishda o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi
faoliyatidir.
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi pedagogika yunoncha bo’lib,
insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat
to’g’risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari
(uslublari) haqidagi fandir.
Metodologiya esa (yunoncha metod va logiya so‘zlaridan) faoliyatning
tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limotdir.
Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va
izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda
bajarilgan faoliyatning ta'siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon
adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya'ni
ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida metodologiyaga quyidagicha ta'rif
berilgan: «Metodlar haqidagi ta'limot fanda metodologiya deyiladi».
«Metodologiya — tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish,
tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta‘liimot»
«Metodologiya metodlar haqidagi ta'limot yoki yalpi umumiy bilish metodi» deb
ham ta'riflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqyelikka qanday
yondashish yo‘lini o‘rgatadi. Voq‘elikning muayyan qismini, biron jihatini
o‘rgatuvchi metodologiyaga metafizikani, voqyelikni chiziqli rivojlanishi,
1
Vassiliou A, and at all. Report to the European Commission on. New modes of learning and teaching in higher
education. Luxembourg. 2014. ISBN: 978-92-79-39789-9 doi:10.2766/81897.
8
o‘zgarish jarayonini uni tashkil etuvchi bilimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklarni
aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqyelikda ro‘y beruvchi, keskin
halokatli
o‘zgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini o‘rganishda
qo‘llanilayotgan metodologiyaga sinergetikani misol sifatida kiritish mumkin» —
deyiladi, mazkur ensiklopediyada.
Insonning boshqa maxluqotlardan farqi uning ma'lum bir maqsad sari
harakat qilishidir. Maqsadga yetishda turli-tuman to‘siqlarga duch kelinadi.
Muayyan to‘siqni yechish uchun qo‘llaniladigan chora yoki tadbirni usul deyiladi.
Maqsadga yetishda qo‘llaniladigan chora-tadbirlar ma'lum bir ketma ketlikda
qo‘llaniladi. Bu — qonuniyat. Ana shu turli-tuman chora tadbirlarni ma'lum bir
ketma-ketdikda qo‘llash usullar tizimi bo‘ladi.
Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma'lum bir fanni o‘rganish, o‘qilish
metodlari to‘g‘risidagi talimot. Chet til o‘qitish metodikasining maqsadi nazariy
ta'lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o‘rganishdir.
Boshqacha aytganda metodika — bu dars o‘tishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan
talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir.
Magistratura talabalari uchun «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi»
o‘rganilishi zarur bo‘lgan asosiy predmetlardan biri hisoblanadi. Pedagoglar
tayyorlashda esa maxsus fanlar – mutaxassislik fanlar bo‘lib, ana shu fanlardan
dars o‘tish metodikasi o‘rganiladi.
Dars o‘tish o‘qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini
ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta
o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga
ega. Shu sababli, pedagoglar mutaxassislik fanlarni o‘rganish metodlarini puxta
egallashlari, ularni mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak.
Mahsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi – yetuk kadrlarni
tayorlash maqsadida pedagoglarga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mahsus
fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan turli an‘anaviy va interfaol usullar va ularni dars
jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish hamda yangi usullarni yaratish bo‘yicha
ko‘nikma va malakasini shakillantirishdir.
Fanning vazifasi – magistratura talabalarini mahsus fanlarni o‘qitish
metodikasi sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va amaliy ishlab
chqarish faoliyatiga tayorlashdan iborat.
Mutaxassislik fanlar faqatgina nazariy emas, amaliy fanlardir. Ular bevosita
amaliyotga tayanadi, aniq ma'lumotlar, dalillar, raqamlar hisob-kitoblarga
asoslanadi. Shuning uchun chet til o`qitish metodikasiga oid bilimlarni o‘ rganish,
tafakkurni shakllantirish, real amaliyotga oid jarayonlar asosida amalga oshiriladi.
Til o‘rgatuvchi, bilim beruvchi fanlar xilma-xil.
9
Metodika, bir tomondan o‘rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi
tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.
Fanning rivojlana borishi bilan o‘rganish metodlarining roli ortib boradi.
Metodlarsiz qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. O‘qituvchining
metodik mahorati, dars o‘tishning yangi metodlarini o‘zlashtirishiga yyetarli e'tibor
berilmas ekan, ta'limda, sifat oshmaydi. O‘qituvchilarning metodik mahoratini
oshirishga qilingan xarajatlar, ularni bunga rag‘batlantirish «minimal xarajat qilib,
maksimal samara» olish imkonini beradi.
Ta’lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar:
1. Faollik tamoyili
Inson ta'lim olishining haqiqiy, chinakam mohiyati o‘zining aqliy faoliyati
natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir.
Talaba o‘z harakati bilan fanlarni yaxshiroq o‘rganadi va o‘zlashtiradi.
O‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, ularning o‘zlari fanga qiziqsin,
uni bilishga harakat qilib, intilsin. Buning uchun o‘quvchi-talabalar darsga faol
qatnashishi lozim.
2. Nazariya bilan amaliyotning bir- biri bilan bog‘liqligi. Nazariy bilim doim
kasb-hunar amaliyoti bilan bog‘lanishi lozim. Amaliy ta'lim ham o‘z navbatida
nazariy bilimlarga asoslangan bo‘lishi kerak.
3. Ko‘rgazmalilik
Bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim
etish tilning tushunarliligini va ta'lim jarayonida audiovizual vositalardan
foydalanishni, bevosita ish holatida va real obyektlarda o‘qitishni talab qiladi.
Darslar ko‘rgazmali qurollar yordamida berilsa, o‘quvchilaming o‘zlashtirishlari
osonlashadi.
4. Tushunarlilik - o‘quv materialining mazmuni shunday tanlangan va
tuzilgan bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar uni o‘zlaridagi bilimlar bilan bog‘lay olishsin
va uni tushunishda qiynalmasin. Ya'ni o‘quv materialining mazmuni, shuningdek,
O‘qituvchining tili va fikrlarini ifodalash usuli o‘quvchi-talabaning bilim
saviyasiga mos kelishi lozim. Lekin bu iliniy terminlardan foydalanilmaydi, degani
emas.
5. Namunalardan foydalanish
O‘quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim namunalarni
tanlashga harakat qilish kerak. Yaxshi model, amali-yotdan olingan tipik misollar,
turlicha mahsulotlar ham olingan natijaning sifati qanday bo‘lishini aniq
ko‘rsatadi.
6. Ilmiylik - o‘quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan
tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo‘lishi kerak. Shuningdek,
fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‘zida aks ettirishi lozim.
10
O‘qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material
qo‘llanilmashgi kerak.
7. Bilimlarni qo‘llash
Talabalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi kerak. Shuning uchun bu
bilimlar qo‘llanilgan va amaliy vaziyatda sinalgan bo‘lishi zarur. Bunday amaliy
vaziyatlar o‘qituvchi tomonidan yaratilishi lozim.
8. Natijalarni mustahkamlash tamoyili
O‘qishdagi muvaffaqiyatlar tan olinishi va baholanishi kerak. Bu o‘quvchi
va o‘qituvchi o‘rtasida doimiy aloqa bo‘lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus
«Baholash varaqalari» da qayd qilinishi kerak. Didaktik tamoyillar o‘qituvchi
faoliyatining yo'1-yo'rig‘i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik
prinsipini qo‘llab- quwatlaydi. Oliy o‘quv yurti o‘zining yiiqori ilmiy saviyasi
bilan o‘rta ta'limdan farqlanadi. Fanni o‘rganish f anda erishilgan zamonaviy
yutuqlarni amaliyot bilan bog‘lash, dolzarb muammolarni aniqlash, ularning
yechimini topishga yo‘naltirish bilan ajralib turadi. Oliy ta‘limning o‘ziga xosligi
dars o‘tish metodlarini tanlashga ham ta'sir ko‘rsatadi. Olim I. T. Og orodnikov o‘z
tadqiqotlarida oliy maktabdagi o‘qitish metodlarining o‘ziga xosligi deganda,
uning ilm o‘rganish metodlari bilan yaqinlashuvidir deb ta'riflaydi. S. I.
Arxangelskiy esa oliy maktab -dagi o‘qitish metodlari nafaqat dars berish usullari
va uslu blarini birlashtirish, balki bilishning o‘quv va ilmiy faoliyatga
yo‘naltirilgan tizimi degan fikrni bildiradi. Shuning uchun ko‘proq talabalarni
o‘ylashga undaydigan dars o‘tish metodlarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Umuman talaba o‘ylashga o‘rganmasa, olgan bilimlaridan foydalana olmaydi.
Ayniqsa, bozor iqtisodiyotida insonning o‘ylashi, tahlil qilishi, taqqoslab, qaror
chiqarishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, har qanday sohada
muvaffaqiyatli ish yuritish uchun tafakkur rivojlangan bo‘lishi zarur.
O‘qitish uslubining pirovard maqsadi chuqur bilim berishgina bo‘lmay,
yoshlarda mustaqil bilim olishga intilishni uyg‘otish, ularni tarbiyalash hamdir.
Axborot turli-tuman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axborotni turli tarzda
qabul qilish qo‘lidan kelmasa, bu uning uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. Agar
o‘qituvchi talaba yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa, uning o‘qishdan ko‘ngli
sovib, fan bilan shug‘ullangisi kelmay qolishi mumkin. Shuning uchun turli-tuman
usullar bilan dars o‘tish, har bir o‘quvchi, talabaning darsga faol qatnashishiga
omil bo‘ladi. Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil
qiladi.
Ta'lim metodlarini o‘qitish metodlari va o‘rganish metodlariga ajratish
mumkin. O‘qitish metodlariga bilim berish usullari sifatida qaraladi. Bunda
o‘qituvchi talabalarning bilish faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi, uning dunyoqarashini
11
shakllanishiga yordam beradi. O‘rganish metodlari bilim, malaka, ko‘nikmalarni
ijodiy egallashga yo‘naltiradi.
Oliy maktabdagi ta'limning o‘ziga xos xususiyatlari o‘quv jarayonini tashkil
etishda ham ko‘rinadi. O‘rta ta'limda o‘quv jarayoni asosan dars o‘tish shakllari:
nazariy dars, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti tarzida tashkil etilsa,
oliy o‘quv yurtlarida esa o‘quv jarayoni dars mashg‘ulotlaridan tashqari davra
suhbati, ilmiy konferensiya, amaliy seminarlar va boshqalarni ham keng qo‘llab
tashkil etiladi.
Didaktika va metodikaning maqsadi: talim berish, o‘qitish, o‘rgatishni
amalga oshirishdir. Didaktika «nimani?» va «nima uchun?» o‘qitish kerak degan
savollar bilan shug‘ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog‘liq holda «qay tarzda,
qanday?» va «nimalar yordamida o‘qitish?» lozim masalalari bilan shug‘ullanadi.
Didaktikaning an'anaviy «qanday o‘qitish kerak?» degan savoli bizni o‘qitish
metodlari kategoriyasiga olib keladi. Metodlarsiz qo‘yilgan maqsadlarga erishib
bo‘lmaydi.
U qo‘yilgan maqsad bilan natijani bog‘laydi.
«Metod» atamasi yunoncha «methodos — tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya,
ta'limot» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib — tadqiqot yo‘li, haqiqatga intilish, bilish,
harakat qilish yo‘llari, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma'nosini anglatadi.
Metod deganda voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari
tushuniladi. Faoliyatning turli jabhalarini o‘rganishni qamrab olgani holda ilmiy
bilish va uning usullari metodikaning asosiy yo‘nalishidir. Unda ta'lim va tarbiya
berish usullari asosiy o‘rinda turadi. Metod — o‘qituvchi bilan talabalarning
ta'lim-tarbiyadan qo‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan tartibga solingan,
tizimlashtirilgan faoliyatdir.
Metod nihoyatda serqirra bo‘lib, juda ko‘p komponentlarni jamlaydi. Uning
qirralariga: ta'lim-tarbiyaning maqsadi; o‘qituvchi tanlagan maqsadga yetish
usullari; o‘qituvchi bilan o‘quvchi-talabalarning hamkorlik qilish yo‘llari; ta'lim
maqsadini aniq o‘quv materiali mazmunida ifodalash; ta'lim-tarbiya jarayonining
(qonun, prinsiplar) mantiqi; axborotlar manbasi; (o‘ituvchining mahorati;
ta'limtarbiya jarayoni qatnashchilarining faolligi; o‘qitish vositalari va usullari
tizimi va boshqalarni yozish mumkin. Shu bois metodning mazmun-mohiyatini
soddalashtirilgan variantdagi ta'riflarda berishga to‘g‘ri keladi.
O‘qitish metodlarining serqirraiigi, murakkab tuzilishga ega. Unga turli
jihatdan yondashuvlarda o‘z ifodasini topadi, Metod -jarayonning o‘zagi,
rejalashtirilgan yakuniy natija bilan bog‘lovchidir. Pedagogik amaliyotda, an'anaga
o‘quv - tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo‘llanilayotgan, tartibga solingan
faoliyat usuli metod deb tushuniladi. Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati
12
usullari bilan o‘quvchining o‘qish faoliyatining usullari bir-biriga bog‘liqligi
ta'kidlanadi.
O‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o‘qitishning maqsadi, o‘zlashtirish
usuli, o‘quv jarayoni qatnashchilari (o‘qituvchh o‘quvchi, talaba)ning o‘zaro
munosabati.
Ta'lim metodlari bir tomondan, obyektiv xarakterga ega bo‘lib, qaysi
pedagog qo‘llashidan qa‘tiy nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-
qoidalar bilan bog‘liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda
maqsadlarning doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining mazmuni, shaklini
ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, subyektiv xarakterga ega bo‘lib, u pedagog shaxsi,
o‘quvchi-talabalarning o‘ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi.
Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma
xildir. Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to‘liq subyektiv
xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi
tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi
bo‘lgan, to‘la obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda,
barcha fikrlarning o’rtasida tushuniladi. Aynan hamma metodlar uchun doimo
umumiy bo‘lgan obyektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko‘p holatlarda esa eng
yaxshi bo‘lgan amaliyot yo‘llari tavsiya etiladi.
Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar,
tamoyillar, ta'riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o‘quv
faoliyatining shakllariga xos bo‘lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning
subyektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta'lim oluvchilarning o‘ziga
xosligi va aniq sharoitga bog‘liq.
Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo‘lib, birlashgan holda tashkil
etiladi. Uning amaliy ifodasi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra erishilgan natijada o‘z
aksini topadi. Metodlarning obyektiv jihatini didaktik prinsip nuqtayi nazaridan
talqin etish, uning nazariyasini islilab chiqjsh, amaliyotda qo‘llanishi zarur bo‘lgan
eng yaxshi metodlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffaqi
yatli yechish imkonini beradi.
Metodlarni optimaltashtirish uchun esa pedagoglar mahorati, ijodiy
yondashish zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qitish metodlari yuqori darajadagi
san'at bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Sharq mutafakkirlari ham bilishning metodlariga katta e'tibor bilan
qaraganlar. O‘quv jarayonini tashkil etish va o‘qitish metodlariga alohida e'tibor
bergan alloma Aristoteldan so‘ng «ikkinchi muallim» deb nom qozongan Abu
Nasr Forobiy o‘qitish metodlari haqidagi traktatlarida ta'lim oluvchilarga turli
bilimlar berish bilan birga mustaqil holda bilim olish yo‘llarini ham ko‘rsatgan,
bilim olish zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish lozimligini ta'kidlangan.
13
Hozirgi terminlardan foydalanib, Sharqning qomusiy allomalarining o‘qitish
metodlarini bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini aniqlasa bo‘ladi. Ular
foydalangan o‘qitish metodlarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Bular Ibn
Sino qo‘llagan ko‘rgazmali-tajriba metodlari, Abu Rayhon Beraniy, Al
Xorazmiyning ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, Forobiy va Al
Xorazmiyning bilimlarni tekshirish metodlari va boshqalardir. Ularning hammasi
o‘quvchi-talabalarning faoliyatini kuchaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish
maqsadini ko‘zlagan.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiyada metodlar qator funksiyalarni bajaradi. Metodlar
yordamida qo‘yilgan maqsad amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni
bilim olishga da'vat qiladi. Bilishni faollashtirishning asosiy, ayrim paytlarda esa
yagona stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Metodlar yordamida o‘qituvchi o‘quv
jarayonini kechishi va natijasini diagnostika qiladi, zarur o‘zgartirishlar kiritadi.
Pedagog, psixolog mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, metodlar o‘quv-
tarbiya jarayonida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ta’lim berish:
Metodlar yordamida ta'limning maqsadi amalga oshiriladi. Metodlar
o‘qituvchi va o‘quvchilarning nazariy hamda amaliy bilimini ta'lim olish
borasidagi vazifalarini bajarishga qaratadi.
Kamolotga boshlash funksiyasi:
O‘quvchi, talabalarni fikrlash doirasini, bilim olish, aqliy rivojl niish suratini
tezlashtirishda, qiziquvchanligini oshirishda o‘z ifodasini topadi.
Tarbiyalash funksiyasi:
O‘quv materialini o‘rganish, o‘zlashtirish jarayoniga mustaqil qarash,
fikrlash, iroda xususiyatlari, axloqiy, ma'naviy qarashlar ning shakllanishiga olib
keladi.
Bilim olishga da'vat etish, istak, xohish uyg’otish funksiyasi:
Metodlar talabalarni bilim olishga da'vat qiluvchi vosita hisoblanadi. Asosiy,
gohida bilishga qiziqtiruvchi, istak, xohish to‘ldiruvchi yagona stimulyator
vazifasini bajaradi.
Nazorat funksiyasi:
Metodlar yordamida o‘qituvchi o‘quvchi, talabalarning bilimini nazorat qilibgina
qolmay, o‘quv jarayoni natijalariga ko‘ra unga zarur o‘zgartirishlar kiritadi.
Dars jarayonidagi metodlar qo‘llash imkoniyatlariga ko‘ra quyidagi
sifatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Bilim berish, idrok etish, o‘zlashtirish, e'tiqodni ta'minlovchi metodlar.
Bu guruhga ma'ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish
bo‘yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayohlarini kuzatish, maslahatlar, ko‘rsatmalar
14
berish, ommaviy axborot, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar
kiradi.
2. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil
qilish, e'tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy,
laboratoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, dasturlashtirilgan
o‘qitish kabinetlaridagi mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
3. Bilimlar, e'tiqodlarni shakllantirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini
aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reytinglari, kollokviumlar, suhbat
o‘tkazish, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, davlat attestatsiya natijalarini baholash
kabilarni o‘z ichiga oladi. .
Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni idrok qilish
va o‘zlashtirish, ikkinchi guruhda tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda
attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.
Metodlarni fanlarni o‘rganishdagi qo‘llashdagi qamroviga ko‘ra uch guruhga
bo‘lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan va
xususiy metodlar.
Dars o‘tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabilar. Ayrim
metodlarni esa ma'lum turkum fanlarni o‘qitishdagina qo‘llash mumkin. Bularga
masala yechish, munozara kiradi.
O’qitishning asosiy qoidalari:
—tushunarlidan - tushunarsizga;
—yaqindan - uzoqqa;
—osondan - qiyinga;
—aniqdan - mavhumga;
—umumiydan - xususiyga, umumlashtirilgandan-yakkaga;
—xususiydan - umumiyga.
O‘qish va o‘qitish didaktik xatti-harakatlar bilan bog‘liq. Didaktik xatti-
harakatlarga o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi, uni o‘tkazish va baholash
faoliyati kiradi. Bu faoliyat quyidagi savollarda o’z ifodasini topadi:
1. Kimlar o‘qitiladi?
2. Kimlarni o‘qitish kerak?
3. O‘qitish orqali qanday maqsadlarga erishish mumkin?
4. Maqsadga erishish uehun nimani, qanday o‘qitish kerak?
5. Nazariy va amaliy darslarda qaysi metodlarni qo'Ilab, dars o‘tish kerak?
6. Nazariy va amaliy darslarni qanday sharoitda o‘tkazish kerak?
7. O‘qitishni qaisi y‘o‘l bilan tashkil qilish kerak?
8. Qo‘yilgan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi?
15
Dars berishning shakllari, uslublari turli-tuman. Maqsad, o‘tilayotgan dars
har bir talabaning ongiga yetib borsin. Bu yerda hal qiluvchi rolni didaktik
sakkizburchak va o‘quv jarayonining mazmuni o‘ynaydi.
O‘qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan
dars o‘tsam qo‘yilgan maqsadga erishaman deb o‘z oldiga savol qo‘yib, o‘ylab
ko‘rsa, dars o‘tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin.
Dars o‘tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog‘liq:
1. O‘qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi.
2. O‘rganiladigan predmet.
3. Darsda o‘tiladigan mavzu.
4. O‘tiladigan mavzuning mazmuni.
5. Dars o‘tishda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnik vositalarning mavjudligi va
boshqalar.
Darsni qanday o‘tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mo‘ljal
olishda darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar:
• maqsadga erishish mo‘ljalga olinadigan bo‘lsa, dars jarayonida qanday
maqsadlarga erishish kerakligini aniq belgilab olinishi lozim;
• darsda qatnashadiganlar mo‘ljalga olinsa, talabalar (o‘quvchilar) guruhi
kimlardan iboratliligiga e'tibor qaratiladi;
• o‘tiladigan mavzu, unga ajratilgan vaqt mo‘ljalga olinsa, qanday o‘quv
materialini talabalar ongiga yetkazish zarur va unga qancha vaqt ajratilganiga
diqqat qaratiladi;
• o‘quv vositalari mo‘ljalga olinsa, qo‘limizda qanday o‘quv vositalari bor" va
ulardan qay darajada foydalanishifniz mumkinligini hisobga olamiz;
• talabalar (o‘quvchilar)ning darsga faol yoki passiv qatnashuvi mo‘ljalga olinsa,
qanday dars o‘tish uslublarini qo‘llash kerakligini tanlaymiz;
• darsni tashkil etish mo‘ljalga olinsa, qanday tashkiliy shart sharoitlar
mavjudligini hisobga olamiz;
• o‘zlashtirishni nazorat qilish mo‘ljalga olinsa, qanday tartibda talabalar bilimi
nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaratiladi. O‘quv jarayonini
tashkil qilish va uni boshqarish mashg‘ulotlarda qo‘yilayotgan maqsadga bog‘liq.
Darsning tarkibiy qismi - darsda kerak bo‘ladigan me‘yoriy hujjatlar. Ularga
na‘munaviy dastur,ishchi dastur,o‘quv rejasi,taqvimiy reja,darslik,o‘quv-metodik
qo‘llanmalar,ma‘ruzaning matni yoki dars loyixasi va boshqa didaktik materiallar
kiradi. Bularning xammasi didaktika tamoyillariga asosan tuzilgan bo‘lib,o‘zaro
bir biriga tushishi shart. Uzoq xorijiy mamlakatlarning xammasida bularni bir so‘z
bilan kuruyukyulum deyiladi.
Dars berishning mazmuni shu fanda mujassamlashgan obyektiv reallik bilan
aniqlanadi. Metodika (uslubiyat) fanning o‘quv jarayonidagi harakati, rivojlanish
16
shaklidir. Fan bilan uni o‘qitish o‘rtasidagi farq shundaki, fan bevosita obyektiv
reallik bo‘lib, uning rivojlanish qonunlarini ifodalash bilan birga, o‘quv predmeti
sifatida ana shu jarayonni bevosita tasvirlaydi. Umuman olganda, o‘qitish, ilm
berish obyektiv dunyoni bilishni shu fan erishgan yutuqlar darajasiga ko‘taradi.
Fan doimo rivojlanib yangi kashfiyotlar, bilimlar bilan boyib boradi. O‘z
navbatida, talabalarga bilim berish jarayonida ular ongiga ushbu kashfiyotlar
singdirib boriladi.
Hozirgi paytda o‘rganiladigan bilim manbalariga ko‘ra, metodlar 5 guruhga
bo‘linadi hamda qator usullarni o‘z ichiga oladi.
1) Amalda sinash, tajriba metodi:
• tajriba o‘tkazish, amaliyot o‘tkazish;
• mashq qilish, mehnat, ishlab chiqarish jarayonida qatnashish, eksperiment
o‘tkazish.
2) Ko’rgazmali namoyish qilish metodi:
• har xil rasm, suratlardan foydalanish;
• namoyish qilish;
• illyustratsiya qilish;
• o‘quvchi, talabalar tomonidan kuzatish, amaliyot o‘tkazish.
3) Og‘zaki ovoz orqali ifodalanadigan metod:
• tushuntirish, ongiga yetkazish;
• hikoya qilish;
• o‘zaro fikr almashuv;
• suhbat o‘tkazish;
• yo'1-yo'riq, ko‘rsatma berish;
• ma'ruza;
• munozara, mubohasa, bahs va boshqalar.
4) Kitob bilan ishlash:
* o‘qish, o‘rganish, tezda ko‘rib, varaqlab chiqish;
* sitata keltirish va uning ustida ishlash, bayon yozish;
* referat yozish, reja tuzish, konspekt qilish va boshqalar.
5) Video metod:
* kompyuterda mashq, test yechish;
* nazorat o‘tkazish;
* internetda ishlash;
* elektron variantlar bilan ishlash;
* o‘quv filmlarini tayyorlash va namoyish etish;
* axborot texnologiyalariga asoslanib, ishlab chiqilgan dasturlar asosida
kompyuterda farmasevtika ko‘rsatkichlarni hisoblash, ularga omillar ta'sirini
o‘rganish;
17
* multimedia asosida taqdimot tayyorlash, namoyish etish va boshqa shu kabilarni
qamrab oladi.
Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o‘tishda ta’lim
vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni
qo‘llab dars o‘tish o‘quvchi - talabalarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini
orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o‘zlashtirishga katta yordam beradi
o‘qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida dars o‘tish jarayonini
maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda.
Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va maxsus texnik
vositalarga bo‘linadi. Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor,
magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma'lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket,
videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi. Axborotni uzatish,
tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor,
diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi,
video-magnitofon, kompyuter kabilaiga bo‘lish mumkin. Ta'lim jarayonini amalga
oshirishda yordam beruvchi vositalar ta'lim vositalari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |