18
qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga
harakat qilish lozim:
• zarur jumlalarni yozish, grafiklar chizish, bir-biridan ajratish, chiziqlarni rangli
bo‘r
bilan chizish;
• agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo‘lsa, avval xomaki nusxasini
chizib ko‘rish;
• doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taa‘ssurot qoldiradigan bo‘lishi kerak.
Doskaga aniq, talabalar o‘qiy oladigan qilib yozish kerak. Yozayotganda
tushuntirishni to‘htatib, yozib bo‘lgach, gapirish kerak. Chunki auditoriyada
talabalaiga orqa o‘girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg‘ash
qiyin.
Doskada ishlashning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
—ishlatishning osonligi, tayyorligi;
—o‘zgartirishlar kiritishning osonligi;
—darsni o‘tishga qarab mos holda
ishlatish mumkinligi;
—qo‘shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollarni moslashtirish;
—murakkab nisbatlarni ko‘rgazmali ifodalash mumkin;
—chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko‘rsatish, qabul qilish va
tushunishni osonlashtiradi;
—yaxshi yodda qoladi;
—doskadan konspektga ko‘chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusi
darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.
Kamchiliklari:
-
doskaga yozayotganda talabalarga orqa o‘girib turiladi, auditoriya bilan ko‘z
qarash kontaktini yo‘qotiladi;
-
bir marta yozilgan narsa o‘chiriladi;
-
yozish, chizishga vaqt ketadi.
Doska-stend
-
mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari boshqa turli
muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan
o‘qitish vositasi.
19
Stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi, turli rangdagi va shakldagi
kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar,
tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, graflk,
izohsharhlar va hokazo kartochkada aks ettirilgan ma'lumotlar, joylashuvini
xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha
tinglovchilarning fikr -mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega
bo‘ladi.
Doska-bloknot yoki flipchart doskasi — bu varaqlanadigan qog‘ozli doska
bo‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokama yakunlari va natijalarni
yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning
qulayligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o‘quv xonasiga osib
qo‘yish, istagan paytda qulay joyga ko‘chirish, kerak bo‘lsa, devor yoki doskaga
birin-ketin
hamma
varaqlarini
yopishtirish
mumkin.
Undan
guruhiy
bahsmunozaralarning natijalarini saqlash, kerak bo‘lganda ishlatish, turli masalalar
bo‘yicha asosiy qismlarni ajratib ko‘rsatish muhokama qilinayotgan masalaga
qaytish, kichik guruhlar yoki butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko‘rish
imkoni mavjud. Diqqatni tortish yoki fikrni ajratib ko‘rsatish uchun rangli
markerlardan foydalanish mumkin.
Uning asosiy kamchiliklari: yozuv, bildirilayotgan fikr tushunarli bo‘lishi
zarur, aks holda uni o‘qish qiyin bo‘ladi, ayniqsa, muhokama qilinayotgan
masalaga ma'lum bir vaqt o‘tgach qaytganda;
-
varaqlardan nusxa ko‘paytirish qiyin, faqat fotosurat olish yoki ko‘chirib
yozish mumkin xolos;
-
ko‘p flipchart qog‘ozlari talab qilinadi.
Doska turlaridan yana biri Pinbord doskasidir. U (inglizcha pin-mahkamlash,
board- doska). Bu doskaning boshqa doskalardan farqi shundaki, unga maxsus
qog‘oz tortilgan bo‘lib, unga dars jarayonida muhokama qilinayotgan mavzu,
masala, muammo bo‘yicha talabalar tomonidan yozilgan kartochkalarni ignalar
bilan mahkamlash imkonini beradi. Bunda kartochkalar turli rang va shaklda
bo'lib,ularga maxsus rangli flomaster yoki markerlar bilan yoziladi. Ular
yordamida fikrlar gufuhlanadi, tizimga solinadi jamoaviy yagona yoki qarama-
qarshi pozitsiya aniqlanadi.
O‘qituvchi muammoni o‘rtaga tashlaydi hamda talabalarga o‘z nuqtayi
nazarlarini bayon qilishni taklif qiladi. «Aqliy hujum» metodi asosida
muhokamani
tashkil qiladi. Har bir talaba o‘z fikrini aytadi, ular muhokama qilinadi. Ular
orasidan eng optimal yoki samarali deb topilgani 2—3 so‘z bilan kartochkalarga
20
yoziladi va doskaga mahkamlanadi. Talabalar tomonidan bedgilangan guruh
vakillari doskaga chiqib, boshqalar bilan maslahatlashgan holda:
• xato, qaytarilgan fikrlarni olib qo‘yishadi;
• munozarali fikrlarni aniqlashtirishadi;
• g‘oyani ma'lum tizimga solish alomati bo‘lgan fikrlarni aniqlashadi;
• fikrlar yaqinligi va o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha kartoch kalarni guruhlarga
ajratishadi.
• strelkalar, chiziqlar ydki boshqa belgilar yordamida ularning nisbatlari
ko‘rsatiladi, yagona jamoa yoki qarama-qarshi pozitsiya ishlab chiqiladi.
Bu doska yordamida muammolar ishlab chiqilib qarorlar qabul qilinishi va
guruhiy bahs-munozaralarni boshqarishni ko‘rgazmali qilish mumkin. Shuning
uchun pedagoglar o‘rtasida pinbord faqatgina doska emas, o‘ziga xos dars berish
usuli sifatida ham qaraladi.
Pinbord
doskasini
siljitish
mumkinligi,
ma'lumotlarni
daskaga
mustahkamlash, kartochkalarni guruhlash, turli rangdagi kartoch-kalardan
foydalanish imkoniyati uning afzalligi bo‘lsa, qog‘ozning ko‘p kyetishi,
kartochkadagi yozuvlarning turli tumanligi, ularni mustahkamlash vaqtni oshishi
kabilar uning kamchiligidir.
Shuning uchun mavzu bo‘yicha muammo qo‘yib, taxminan ularni
yechimlarini berib, har bir yechim uchun bir rangdagi kartochkalar tayyorlab, har
bir rangdagi kartochkadan bittadan doskaga yopishtirib, uni tanlaganlar nima
sababdan shu yechimni tanlaganlarini tushuntirib berishlarini taklif qilish tarzida
tashkil etish mumkin.
Ko‘rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo‘lishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Ana shu ko‘rgazmalilikni ta'minlashda kodoskop, proektor va boshqa texnik
vositalardan keng foydalanish mumkin.
Oddiy doska yoki varaqlanadigan (bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazib
qo‘yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo‘llaniladigan texnik
vositalardan kodoskop, proektordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda qulay
vositalardan biri blib, darsda ko‘rgazmalilikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: