«Mahsus fanlar» kafedrasi «avtomobillar tuzilishi, txk va ta`mirlash» fanidan tayyorlangan Dars №1 Mavzu: Kirish, Avtomobillarning umumiy tuzilishi


Dars № 37 Mavzu: Avtomobillarga TXK vat a`mirlashni mavjud tizimi



Download 3,74 Mb.
bet78/82
Sana15.04.2022
Hajmi3,74 Mb.
#554494
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Avto tuz TXK Tuplam......

Dars № 37 Mavzu: Avtomobillarga TXK vat a`mirlashni mavjud tizimi.

Vaqti 2 soat.

Talabalar soni ____nafar.

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Nazariy mashg‘ulot

O‘quv mashg‘ulot rejasi: Nazariy.



1.


O‘quvchilarni Traktorlarning o’rnatma gidravlik tizimlari
bilan tanishtirish

Pedagogik vazifalari:Ped texnologiyalar haqida tushunchalar berish. Pedagogik texnologiya bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish. Pedagogik texnologiya bo‘yicha tushuntirish va taxlil qilish.


-tushunchalar bilan shakllantirish;
-tavsifni berish
-tushuntirib berish;
-mazmunini ochib berish;

O‘quv faoliyati natijalari: Oquvchilar Traktor va avtomobillarning transmissiyasi turlari vazifasi haqida.
-tushunchalarni ta’riflaydilar;
-tasniflab beradilar;
-tushuntirib beradilar;
-mazmunini ochib beradi;

Ta’lim usullari

Ma’ruza aqliy xujum

Ta’lim shakllari

Ommaviy ishlash

Ta’lim vositalari

Ma’ruzalar matni, kitob, slaydlar.

Ta’lim berish sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

Manitoring va baxolash

Og‘zaki nazorat,savol javob va o‘quv topshirig‘i.



O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi.





Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar.

1- bosqich.
O‘quv mashg‘ulotiga kirish 10 daq.

Oquvchilar bilan salomlashish

Oquvchilarning davomatini nazorat qilish


O’tilgan mavzuga qaytish


YAngi mavzuni doskaga yozib berish.


.



Tinglaydilar.

YOzib oladilar.


Belgilab oladilar.



2-bosqich. Asosiy qism 60 daq.

O‘quvchilarni Traktorlarning gidravlik o’rnatish tizimlari.bilan quyidagi reja asosida o’rgatiladi.
1.Traktorlarning o’rnatma gidrotizimi

2.Moy baki va moy nasosi haqida tushuncha


.



Tinglaydilar.


YOzib oladilar.


Belgilab oladilar



3- bosqich. Mashg‘ulotning yakunlash qismi 10 daq.

1) O‘quvchilarning savollariga javoblar beriladi.
2) O‘quvchilar baxolanadilar.
3) O‘quvchilarga mustaqil ishlar beriladi.
4) Uyga vazifa beriladi.

Tinglaydilar.


O‘quvchilar baxolanadi.


Topshiriqlarni belgilab oladilar.





Mavzu: Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni mavjud tizimi

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi
Hozirgi vaqtgacha mustaqil davlatlar hamdo’stligi(MDX) va chet ellarda ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga TXK va ularni T rejaviy-ogohlantiruvchi tizim asosida bajariladi, bu o’z navbatida TXK va T tizimiga quyidagi talablarni qo’yadi:
a) moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda. avtomobillarni ekspluatastion xususiyatlarini saqlab turish;
b) TXK va T ni rejaviy va tashkil eta oluvchi rejaviy - me’yoriy xarakterga ega bo’lishi;
v) barcha avtomobil ekspluatastiyasi korxonalari uchun majburiyligi;
g) barcha muhandis-texnik xodimlar uchun aniq va yaqqol anglash mumkinligi;
d) ishlash sharoitiga qarab aniq me’yorlarni bir maromdaligi va moslashuvchanligi;
e) avtomobillarning har xil sharoitda ishlatilishini hisobga oluvchanligi.
Respublikada TXK va T ishlarining me’yoriy asoslari va ularni tashkil etish "Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to’g’risidagi Nizom"i bo’yicha amalga oshiriladi.
MDX davlatlarida ishlab chiqarilgan ko’pgina avtomobillarga TXK ishlari belgilangan me’yoriy davriylikda(1-TXK engil avtomobillar uchun-4000 km, yuk avtomobillari uchun 3000 km, avtobuslar uchun 3500 km va o’z navbatida 2-TX 16000, 12000, 14000 km)o’tkaziladi.
Harakatdagi tarkibga TXK va T NIZOMI asosiy xujjat hisoblanib, unga asosan barcha ishlar rejalashtiriladi va tashkil etiladi hamda qo’shimcha me’yoriy texnologik xujjatlar ishlab chiqiladi.
Nizom ikki qismdan iborat bo’lib:
a) birinchi qism - harakatdagi tarkibga TXK va T asoslaridan iborat bo’lib, butun avtoransport tizimi va unda olib boriladigan texnik siyosatni aniqlaydi. Bunda TXK va T ning turlari, boshlang’ich ko’rsatgichlar, ekspluatastiya sharoitlari va me’yorlarni to’g’rilash turlari, TXK va Tni tashkil etish usullari va bajariladigan operastiyalarning nomlari keltirilgan;
b) ikkinchi qismda har bir turdagi avtomobillar uchun alohida me’yoriy ko’rsatgichlar keltirilgan.
"Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to’g’risidagi Nizom"ga ko’ra, harakatdagi tarkibga TXK ishlari bajarilish davri va mehnat hajmiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
-kundalik xizmat ko’rsatish – KXK,
-birinchi texnik xizmat ko’rsatish – 1-TXK,
-ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish – 2-TXK,
-mavsumiy xizmat ko’rsatish – MXK.
KXK ishlari harakat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan nazorat, tashqi ko’rinishni tegishlicha tozalash, yonilg’i quyish, moy va sovutish suyuqliklarini me’yoriga keltirish, maxsus avtomobillarning kuzovlariga sanitariya qoidalariga ko’ra ishlov berishdan iborat bo’lib, bu ishlar xarakatdagi tarkib safardan qaytgach bajariladi.
1 va 2–TXK ning asosiy vazifasi avtomobil detallarini eyilishi jadalligini pasaytirishdan iborat bo’lib unga diagnostikalash, mahkamlash, sozlash va harakat havfsizligi bilan bog’liq ishlar(25476-91 sonli davlat standarti). Avtotransport vositalari, harakat xavfsizligi shartlari bo’yicha texnik holatga talablarga muvofiq), yonilg’i energetika resurslarini tejab sarflash, atrof muhitni muhofaza qilish, buzilish va nosozliklarni aniqlash va oldini olish, ularni o’z vaqtida bartaraf etish ishlarini o’z ichiga oladi. Shu jumladan asosan tozalash, yuvish, quritish, tekshiruv diagnoz qo’yish, mahkamlash, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulyator, moylash va agregat, mexanizmlardagi moylarni me’yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi.
MXK yiliga 2-marta o’tkaziladi va yilning sovuq hamda issiq vaqtida harakatdagi tarkibni ishlatishga tayyorlash ishlaridan iborat. Bizning sharoitda MXK ni 2-TXK bilan birga o’tkazish va ishni 50 foizga oshirish tavsiya etiladi.
Ta’mirlash ishlari o’zining xarakteri va yo’nalishi bo’yicha qayta tiklash (QT) va joriy ta’mirlash (JT) kabi turlarga bo’linadi.
QT ishlash qobiliyatini yo’qotgan avtomobil va uning agregatlarini keyingi qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Avtomobillarni yoki uning agregatini qayta tiklashda bo’laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Avtomobil, agregat QTga, uning o’zak va asosiy detallari ta’mirtalab bo’lgan yoki me’yoriy yo’lni bosib o’tgan holda, ish samaradorligi talab darajasidan pasayib ketgan taqdirda jo’natiladi.
JT, avtomobil va uning agregatlarida ekspluatastiya jarayonida paydo bo’lgan buzilishlarni, nosozliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bo’lgan me’yoriy davrni yurishini ta’minlash uchun bajariladi.
Avtomobillarni JTning eng asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- avtomobilning ishonchliligini oshirish;
- JT tannarxini kamaytirish.
Avtomobillarni JT, ularni ishlab chiqarish, QT va TXK sifatiga bog’liqdir.
Bajarilish joyi va ish xarakteri bo’yicha joriy ta’mirlash postlarida va ustaxonalarda bajariladigan ish turlariga bo’linadi.
Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv-nazorat, sozlash, qotirish, ajratish-yig’ish kabi ishlar kiradi.
Ustaxonalarda agregat, elektr jihozlari, ta’minot tizimi, akkumullyator, shina ta’mirlash, kamera yamash, qoplamachilik, kuzov va payvandlash, misgarlik, temirchilik, bo’yoqchilik va boshqa turdagi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari bajariladi.


Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish