Ommaviy ishlash
Ta’lim vositalari
|
Ma’ruzalar matni, kitob, slaydlar.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona
|
Manitoring va baxolash
|
Og‘zaki nazorat,savol javob va o‘quv topshirig‘i.
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar.
|
1- bosqich.
O‘quv mashg‘ulotiga kirish 10 daq.
|
Oquvchilar bilan salomlashish
Oquvchilarning davomatini nazorat qilish
O’tilgan mavzuga qaytish
YAngi mavzuni doskaga yozib berish.
.
|
Tinglaydilar.
YOzib oladilar.
Belgilab oladilar.
|
2-bosqich. Asosiy qism 60 daq.
|
O‘quvchilarni Traktor va avtomobillarning transmissiyasi turlari, vazifasi va ularning qismlari tuzilishi bilan quyidagi reja asosida o’rgatiladi.
1.Tormoz mexanizmlarini rostlash
2.Tormoz tizimiga texnik xizmat
ko’rsatish
.
|
Tinglaydilar.
YOzib oladilar.
Belgilab oladilar
|
3- bosqich. Mashg‘ulotning yakunlash qismi 10 daq.
|
1) O‘quvchilarning savollariga javoblar beriladi.
2) O‘quvchilar baxolanadilar.
3) O‘quvchilarga mustaqil ishlar beriladi.
4) Uyga vazifa beriladi.
|
Tinglaydilar.
O‘quvchilar baxolanadi.
Topshiriqlarni belgilab oladilar.
|
Mavzu: Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar.
O’zbekiston Respublikasi 1991 yilda mustaqillikka erishgach, avtomobil sanoati keng qo’lamda rivojlanib bormoqda.
Asaka shahrida "UZ-DAEWOO" zavodining qurilishi bilan O’zbekiston dunyodagi o’z avtomobil sanoatiga ega bo’lgan 28-davlatga aylandi.
"UZ-DAEWOO" - bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasidir. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o’ta zamonaviy texnika bilan jihozlangan bo’lib, quvvati umumiy hisobda yiliga 200000 avtomobil (o’rta sinfli NEXIA avtomobillari-100000 dona, TICO avtomobillari-50000 dona, DAMAS avtomobillari-50000 dona) ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Hozirgi kunda avtomobillarning turi NEXIA-2, LASETTI va MATIZ kabilar bilan boyib bormoqda.
Samarqand shahrida O’zbekiston-Turkiya qo’shma korxonasi "Samkochavto" zavodidan “UZOTOYOL” kichik turkumdagi avtobuslar (OTOYOL-M23, M24, M29, M50) va ixtisoslashgan yuk avtomobillari (OTOYOL-35.9, 65.9, 85.12 va boshqalar) ishlab chiqarilib, ekspluatastiya qilina boshlandi.
Yuk va yo’lovchilarga namunaviy va sifatli xizmat etish uchun avtomobillardan foydalanishga kamroq mablag’ sarflagan holda, ularning texnik tayyorligini yuqori darajada ta’minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga muntazam ravishda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash(TXK va T) ishlarini bajarish, ularni ishdan bo’sh vaqtida saqlab turish, ehtiyot qism va avtoekspluatastion materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga oshirish lozim.
Hozirda foydalanilayotgan harakatdagi tarkibning ko’payib borishi bilan, ularga TXK va T bilan bog’liq bo’lgan sarf-harajatlar yanada oshadi. Shu bilan birga avtomobil transportiga ko’p miqdorda ehtiyot qismlar va materiallar zarur hamda TXK va T uchun turli xildagi texnologik jihozlar, moslamalar ishlatilishi kerak.
Ekspluatastiyadagi avtomobillar sonining o’sishi bilan ularning chiqindi gazlari tarkibidagi zaharli gazlar miqdori, edirilish mahsulotlari va chiqitga chiqarilmagan o’z resursini o’tab bo’lgan birikma va detallar ta’sirida atrof muhitni zaharlanishi oshadi. Atrof muhitga chiqarilayotgan zararli mahsulotlarning 40 foizi avtomobil transporti zimmasiga to’g’ri keladi. Avtomobillarning ta’minot yoki o’t oldirish tizimining nosozligi, chiqarilayotgan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini 2-7 barobar oshishiga olib keladi. Eski va nosoz avtomobillardan foydalanish o’z navbatida ruhsat etilgan shovqin balandligini 15-20% ga oshiradi. Va nihoyat, nosoz avtomobillar yo’l-transport hodisalari sodir bo’lishini ko’paytiradi, bu bilan insonlarga tan jaroxati etkaziladi va tabiatga putur etkaziladi.
Avtomobil transporti yonilg’i-energetik resurslarning eng yirik iste’molchisi hisoblanadi, shu sababli avtomobillarning ta’minot tizimi va elektr jihozlari, yurish qismi va boshqa agregatlarining sifatli ishlashi, hamda haydovchining malakasi ularni tejab ishlatishda muhim rol o’ynaydi.
Ba’zi bir avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnika negizi(IChTN) texnologik jarayonlarni mexanizastiyalash vositalari bilan etarli darajada ta’minlanmagan bo’lib, avtomobillarni texnik tayyor holatda ushlab turishga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda ishchilarning mehnat unumdarligini va ish sifatini pasaytiradi.
Yangi jahon andozalariga mos keluvchi avtomobil yo’llarining qurilishi, avtomobillarning tuzilishini takomillashtirish natijasida TXK va qayta tiklash davrlarining oshishi va mehnat hajmlarining pasayishi avtomobillarning texnik ekspluatastiyasi(ATE)ga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Avtomobilning ekspluatastion ishonchliligini oshirish, TXK va T xarajatlarini hamda turib qolish vaqtini kamaytirish, yuk tashishni samaradorligini oshirish va tashish tannarxini kamaytirish, ekologiyaga zarar etkazmaslik avtomobillar texnik ekspluatastiyasining asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |