O‘lchashni bajarishga tayyorgarlik
Har bir paxta analizatori (etalon) standart namunalar bilan tekshi-rilib, shaxsiy
(individual) tuzatish koeffitsiyenti aniqlangan bo‘lishi kerak.
Tuzatish koeffitsiyenti tasdiqlangan qo‘llanma bo‘yicha tekshiri-ladi va
o‘rnatiladi.
Nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdorini aniqlash uchun birlashgan namuna
tanlash O‘z DSt 604 va O‘z DSt 614- standartlariga muvofiq bajariladi.
Sinovlarni bajarishdan avval paxta analizatorini tola va iflosliklardan
yaxshilab tozalanadi va bo‘sh holatda ishlatiladi:
AX tipidagi paxta analizatorlari barqaror tezlikka yetishguncha 2 daqiqa, FM-
30 tipdagilarga esa - 3 daqiqa vaqt sarf bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |