4.7. Paxta tolasining uzunligini aniqlash
Tola uzunligini aniqlashdan maqsad - modal massa uzunligini, kalta tolalar
miqdorini, shtapel massa uzunligini aniqlash yo‘li bilan tola sifatini belgilashdir.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun sinash namunalari O‘z DSt 633-
standarti bo‘yicha tanlab olinadi. Ushbu standart paxta tolasiga joriy qilinadi va
quyidagi usullarni belgilaydi:
-shtapel massa uzunligi va kalta tolalarning miqdorini MPRSH-1
qurilmasida mexanik usul bilan saralab va Jukov qurilmasida qo‘lda sanab aniqlash
usullari;
-uzunlikni aniqlashning klassyor usuli.
Arbitraj sinovlarda MPRSH-1 va Jukov qurilmalarini qo‘llab, uzunlikni
aniqlash usullari tengdir. Ushbu standart talablari maj-buriydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |