142
aralashtirib turgan holda chinni stakandagi eritmani sig‘imi 1 dm
3
(l) bo‘lgan va
ichiga 700-800 sm
3
(ml) hajmda sovitilgan distillangan suv solingan ikkinchi
chinni stakanga quyiladi. Shu stakanga birinchi
stakandagi qolgan eritmali
distillangan suv bilan yuvilgan qoldig‘i ham solinadi. Hosil qilingan eritmada
momiq tolasining erimay qolgan qismi bo‘lmasligi kerak.
Tindirilgan eritmani cho‘kindilarini chayqatmasdan ehtiyotlik bilan avvaldan
quritilgan va tortilgan filtr-tigel 40-50 mm diametrli po‘kak plastinkasi bor voronka
orqali filtrlanadi. Filtrlash suv oqimli nasos suyuqlikni kuchsiz so‘rib
olishi bilan
birga olib boriladi.
Stakan ostida qolgan cho‘kindini 4-5 mm diametrli shisha tayoqcha bilan
aralashtirib turib, hajmi 150-200 sm
3
(ml) dan bo‘lgan distillangan suv porsiyalari
bilan bir necha qayta chayiladi. Har gal chayindi tindiriladi va to‘kiladi, bunda
cho‘kindilar filtrga tushmasligiga harakat qilinadi.
Cho‘kindi loyqasi va yuvindi suvda kislota reaksiyasi ketguncha yuviladi.
Shundan so‘ng cho‘kindi stakan tubi va yon devorlaridan filtrga solinadi.
Cho‘kindidan namlik so‘rib olinadi, filtr-tigelning sirtki qismi quriguncha artilib,
quritish shkafida 105-110°C haroratda quritiladi.
Quritish massasini tortish
bo‘yicha natija ilgarigi tortilgan natijadan 0,1 oshmagan farq qolguncha davom
ettiriladi.
Kislotani ammiak bilan neytrallashga ruxsat etiladi. Buning uchun nasos
o‘chirilgandan so‘ng cho‘kindili filtrga 30 sm
3
(ml) hajmli
distillangan suv
quyiladi, 2-3 sm
3
(ml) daqiqaga nasos yoqiladi. Filtrdagi cho‘kindi 150-200 sm
3
(ml) hajmdagi distillangan suv bilan yuviladi va suyuqlik so‘rib olinadi.
Sinash tugagandan keyin filtr-tigel tayyorlangan xrom aralashmasi bilan
yuviladi. Buning uchun aralashma filtr-tigelga undagi barcha qoldiq iflos
aralashmalari eriguncha bir necha bor quyiladi.
Sentrifugallash usulida iflos aralashmalarning massaviy
ulushi aniqlash uchun
tanlab olingan sinash uchun namunani byuksdan sig‘imi 100 sm
3
(ml) bo‘lgan
chinni stakanga solinadi, uni 40-50°C gacha isitilgan vannaga solinadi va 1-2
daqiqa davomida isitiladi.
143
Momiqli stakanga 20 sm
3
(ml) hajmda 72 % li sulfat kislotasi quyiladi.
Shundan so‘ng kislota bilan ho‘llangan momiq 10-12 mm diametrli rezina uchli
yoki uchi disk shaklida yapaloqlangan shisha tayoqcha bilan to to‘la eriguncha
kavlab aralashtiriladi. Chinni stakan ichida bo‘lgan eritma 4-5 mm
diametrli shisha
tayoqcha
bilan aralashtiriladi va shkala bo‘limi 0,1 sm
3
(ml) bo‘lgan sentri-fugallash
tipidagi 4 ta shisha probirkaga solinadi. Eritmali probirkalar juft-juft qilib
maxsus tarozida massasi tenglashtiriladi. Massasi tenglashtirilgan
probirkalar
sentrafigaga joylashtiriladi.
Sentrafigalash natijasida probirkaning yuqori qismida organik iflos
aralashmalarning zich qatlami, past qismida esa organik bo‘lmagan qum va og‘ir
qattiq aralashmalardan iborat iflos aralashmalar cho‘kindisi qatlami hosil bo‘ladi.
Organik bo‘lmagan iflos aralashmalarning balandligi alohida qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: