OSX-1 chigit tuksizlagichda chigitning tukdorligini aniqlash usuli
Gaz yuvish uchun mo‘ljallangan sklyankalarga 25-30 sm
3
hajmli
konsentratsiyalangan sulfat kislota quyilishi va xlorkalsiyli trubka xlorli kalsiy
bilan to‘ldirilishi lozim. Tuksizlagich kolbasiga bo‘lish voronkasi orqali 30 sm
3
konsentratsiyalangan xlorid kislota quyiladi. Qizdirish natijasida kolbadagi xlorid
kislotaning harorati 95±3°C, tuksizlagichning reaksion kamerasida harorat 5°C ga
yetganda gaz yuvish sklyankasida bilqillayotgan pufaklar paydo bo‘ladi. Pufak
paydo bo‘lgandan 10 daqiqadan keyin OSX-1 qurilma tahlil o‘tkazishga tayyor.
Gaz yuvish sklyankasidagi xlorid kislota, uning hajmi taxminan ikki barobar
oshgandan keyin doimo almashtiriladi.
Xlorkalsiyli trubkadagi kalsiy xlor har 20-25 marta tahlildan keyin
almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |