Moliyaviy sohada: har bir mahsulot turi bo`yicha mahsulot tannarxining tahlili; mahsulot turlari bo`yicha foydaning tahlili; foyda foizining tahlili va boshqalar.
Mahsulot sotish sohasida: mahsulot turlari bo`yicha iste`molchilar talabining o`zgarishining tahlili; mahsulot turlari bo`yicha sotishdan kelib tushgan tushumning tahlili; ayrim mahsulot turlari bo`yicha qaytgan tovarlarning tahlili va boshqalar.
1.15.-rasmda Pareto diagrammasi ifodalangan:
a – da detallar aniq ko`rib chiqiladi;
b – da detallardagi defektlilik holatlari aks ettirilgan;
v – da birorta aniq defektning kelib chiqish sabablari aks ettirilgan.
gruppa gruppa gruppa
A V S
б
Gruppa A Gruppa V Grupp S
Moddiy-texnikaviy ta`minot sohasida: xom ashyo va materiallar turlari bo`yicha maxsus tanlash xolatlarining tahlili; xom ashyo va materiallarni turlari bo`yicha etkazib berish kunlarining kechiktirilishi tahlili; xom ashyo va materiallarning omborxonalarda bekorga ushlanib turishi hisobiga moliyaviy yo`qotishlarning tahlili va boshqalar.
Ishlab chiqarish sohasida: ish uchastkalari bo`yicha ayrim qayta tuzatishlar sonining tahlili; ayrim mashina va dastgohdagi nosozliklarning tahlili; alohida haftaning kunlari bo`yicha yaroqsiz mahsulotlar ishlab chiqarilishi foizining tahlili; ayrim jarayonlar bo`yicha jarayonlarning to`htab qolishi xolatlarining tahlili va boshqalar.
Ish yuritish sohasida: xodimlar bo`yicha alohida kelib tushgan taklif mulohazalar sonining tahlili; alohida taklif mulohazalarni qayta ishlash kunlari sonining tahlili; ayrim ishlab chiqarish bo`linmalari bo`yicha rejaning oshirib bajarilishi tahlili va boshqalar.
Sabab natijaviy diagrammalar: Yaponiyada ishlab chiqarish jarayonining birinchi liniyasini xuddi 4M ning o`zaro aloqasi:
Material-(material) + Machine-(mashina) + Man-(operator) + Method-(metod) ko`rinishida tushuniladi.
Sabab natijaviy diagrammasini 3.13-rasmda ifodalangan ko`rinishda tasvirlash mumkin. Bunday diagrammani ba`zan «baliq suyagi» deb ham ataladi.
1.16.-rasm. Sabab-natijaviy diagramma 1-sabab omillari sistemasi;
2-materiallar;
3-ishlab chiqarishning asosiy omillari;
4-operator;
5-dastgohlar;
6-ishni bajarish usuli;
7-jarayon;
8-oqibat-natija;
9-sifat tavsiflari;
10-ma`lumotlar;
11-jarayon sifat tomonidan nazorat qilinadi.
1.17.-rasmda sabab natijaviy diagramma sxemasi keltirilgan. Bunda natija bo`lib hisoblanadigan sifat tavsiflarini A,B,S va boshqa sabablar belgilaydi.
Bu sabablar o`z navbatida boshqa sabablarning, masalan A-A1,A2 sabablarning, V-V1;V2 sabablarning oqibatida kelib chiqqan bo`lishi mumkin.
Sabablarni izlashda shuni yodda tutish muhimki, oqibat bo`lib hisoblanayotgan tavsiflar albatta yoyib o`rganilishi kerak.
Ushbu barcha sabab omillari ichidan tavsiflarning yoyilishiga katta ta`sir ko`rsatadigan omillarni izlash-sabablarni tadqiqot qilish deb ataladi.
Sabablarni tadqiqot qilish jarayoniga «uchinchi tomon» kishilarni, ya`ni ishga bevosita aloqasi yo`q kishilarni ham jalb etish kerak. CHunki ular mana shu ish sharoitiga ko`nikib qolgan xodimlardan farqli, masulot sifatsizligini keltirib chiqargan sabablarni aniq ko`rishlari mumkin.
1.17.-rasm. Sabab-natijaviy diagramma:
1 - sabab omillari sistemasi;
2 – omillar yoyiladi;
3 - tavsif (oqibat);
4 – tavsiflar yoyiladi.
Kishilar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan «miya shturmi» deb ataladigan tahlil eng samarali usul hisoblanadi.
Ushbu tahlilni amalga oshirishda quyidagilarga amal qilish kerak:
guruh a`zolari tomonidan muammoning kelib chiqish sabablari to`g’risidagi o`z fikr mulohazalarini erkin gapirishlari uchun muhitni ta`minlash;
bekorchi gaplarni chiqarib tashlab, omillar tahliliga asoslangan hulosalarni e`tiborga olish;
guruh rahbarining hech qachon o`z fikrini birinchi bo`lib aytmasligi;
sabab-natijaviy diagrammalarni tuzishda sabablar orasida «boshqa hisobga olinmagan omillar» ni ham e`tiborga olish maqsadga muvofiqdir