Muomala va sotish – mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yuklatilgandan to iste`molchi olguniga qadar bo`lgan hayot tsiklining bir qismidir. Muomala bosqichida tayyor mahsu-lotning reja topshiriqlarida, normativ hujjatlarda, ortish, tashish, saqlash va sotishga tayyorlashda o`rnatilgan sifati va hajmining maksimal darajada saqlanishi ta`minlanishi lozim.
Muomala va sotish mahsulotni ekspluatatsiya qilish – uning sifatini tiklanishiga va saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot hayot tsiklining bosqichidir. Umumiy holda mahsulotni ekspluatatsiya qilish uniehtiyojga qarab ishlatishni, ortish, tashish saqlash, texnikaviy xizmat ko`rsatish va ta`mirlashni o`z ichiga oladi.
Bu bosqichda sifatni boshqarish asosan iste`molchi tomonidan amalga oshiriladi. ekspluatatsiya qilish qoidalari ekspluatatsiya qilish bo`yicha ko`rsatmalarda, instruktsiyalarda va mahsulotga qarash bo`yicha eslatmalarda keltirilgan bo`ladi. Ushbu hujjatlarning sifatiga mahsulotdan qanchalik oqilona foydalanish bog’liq bo`ladi.
shuni aytib o`tish kerakki, tovarlarni instruktsiyaga amal qilgan holda ishlatish, ulardan foydalanish muddatini uzaytirishi mumkin. YAroqlilik muddatining uzayishi esa qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarilishiga teng kuchlidir. shunday qilib, mahsulotni oqilona ekspluatatsiya qilish moddiy va mehnat resurslarini iqtisod qilish imkonini beradi.
1.10.-rasm. Mahsulot sifatini nazorat qilish turlarining klassifikatsiyasi
1.11.-rasm. Sifatni boshqarish xizmatlarining funktsiyalari.
Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish statistik usullarining tizimli taxlili
Sifatni tahlil qilishning statistik usullari mamlakatimizda hamda chet ellarda sifatni boshqarish sistemalarida keng qo`llaniladi.
Statistik tahlil – bu mahsulot sifatiga ta`sir etuvchi omillarni va shartlarni tahlil qilishdir.
Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning ma`lumotlar manbalari bo`lib quyidagilar xizmat qiladi:
inspektsion nazorat: berilgan xom-ashyo, materiallarning kirish nazorati ma`lumotlarini belgilash; tayyor mahsulotlarni belgilab qo`yish; oraliq nazorat ma`lumotlarini belgilash va boshqalar.
Ishlab chiqarish va texnologiya: jarayonni tahlil qilish ma`lumotlarini belgilab qo`yish; qo`llanilayotgan operatsiyalar to`g’risida kundalik ma`lumotlarni to`plash; dastgohlarni nazorat qilish to`g’risidagi ma`lumotlarni (to`g’rilash, ta`mirlash, texnikaviy xizmat ko`rsatish) belgilab qo`yish va boshqalar.
Xom ashyo va materiallarni keltirish va mahsulotni sotish: xarakatni omborxonalar orqali ro`yxatga olish va boshqalar.
Boshqarish va ish yuritish: foydani hisobga olish; qaytgan mahsulotni hisobga olish; doimiy mijozlarga xizmat ko`rsatishni hisobga olish; sotishni hisobga olish jurnali; bozorni tahlil qilish ma`lumotlari va boshqalar.
Moliyaviy operatsiyalar: debet va kreditni taqqoslash jadvali; zararlarni hisobga olish; iqtisodiy hisoblar va boshqalar.
Odatda, Yaponiya korxonalarida ish o`rinlarida ma`lumotlarni tahlil qilish uchun maxsus, tushunish unchalik qiyin bo`lmagan «sifatni nazorat qilishning etti instrumenti» deb atalgan statistik usullardan foydalaniladi.
Ushbu etti instrument o`z ichiga quyidagi usullarni oladi:
qatlamlashtirish
grafiklar
diagramma Pareto
sabab-oqibat diagrammasi
gistogramma
sochilish diagrammasi
nazorat kartalari
YUqorida sanab o`tilgan «sifatni nazorat qilishning etti instrument»i turli muammolarni hal etishda alohida yoki turli kombinatsiyalarda qo`llanishi mumkin.
U yoki bu muammolarni echilishi quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi:
parametrlarni o`rnatilgan me`yorlardan farqlanishini baholash.
Muammoning echilishi bilan bog’liq bo`lgan eng muhim omillarni tanlash.
Muammo yuzaga kelishiga sabab bo`lgan omillarni baholash.
YAroqsiz mahsulotlarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan eng muhim omillarni baholash.
Natijalarni tasdiqlash.
Statistik usullarni batafsil ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |