Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o`z ichiga oladi:
ishlab chiqarishga qo`yish;
ishlab chiqarishga yo`l berish;
ishlab chikarishdan olib tashlash.
Ishlab chiqarishga qo`yish ishlab chiqarishga tayyorlash va o`zlashtirishni o`z ichiga oladi.
Ishlab chikarishga tayyorlash mahsulotlarning texnologik jarayonini ta`minlash va tayyorlash xarakatlarini ko`zda tutadi.
Ishlab chiqarishni o`zlashtirishda qayta ishlash va tayyorlangan texnologik jarayonni tekshirish, shu kabi muqim ahamiyatga ega bo`lgan ko`rsatkichlarni o`rganish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni seriyali (ko`plab) ishlab chiqarishga tayyorligini tasdiqlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi direktiv seriya (birinchi sanoat partiyasi) namunasining kvalifikatsion sinovini o`tkazadi. Sinov mahsulotning asosiy parametridan chetga chiqish, ishlab chiqarishning texnologiya bilan bog’liqligi, ruhsat etilgan doiraga kirmaydigan mahsulotning kamchiligini esa qabul qilish komissiyasi ochiq ko`rsatib, bartaraf qilinishini tasdiqlashi kerak. Kvalifikatsion sinov ijobiy natija bersa ishlab chiqarishni o`zlashtirish yakunlangan hisoblanadi, ishlab chiqarilgan mahsulot esa xaridorga (buyurtmachiga) berilishi mumkin.
Direktiv ishlab chiqarish – mahsulotlarni to`liq ishlab chiqilgan konstruktorlik va texnologik hujjatlar asosida ishlab chiqarishdir.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash – mahsulotlarning sanoat ishlab chiqarilishini to`htatish tadbirlari majmuidir.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishni to`xtatish quyidagi xollarda amalga oshiriladi: zamonaviy talablarga mos kelmasa; yuqori ko`rsatkichlarga ega bo`lgan yangi mahsulotlarning yaratilishida; ekspluatatsiya yoki ehtiyoj xususiyatlari kamayganda, odamlar sog’ligiga va atrof muhit xolatiga yomon ta`sir qiladi deb aytilganda.