1.8.-rasm. Mahsulotni tayyorlashning umumiy sxemasi.
Mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazoratning statistik metodlari.
TV talablariga standartga ziddiyatda bo`lgan qo`shimchalarga yo`l qo`yilmaydi. TV o`z-o`zidan bo`lajak mahsulotning texnik darajasini garovga qo`yadi. Mahsulotning muhim turlarini tayyorlashda TV sifat ko`rsatkichini, muvofiq perspektiv darajani, ya`ni sifat darajasini, dunyo bozoridagi eng yaxshi analogik sifatni aniklashi kerak. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra "sifat zahirasi" mahsulotni ishlab chiqarishga chiqish vaqtigacha uni muvofiq eng yaxshi yo`l bilan bir necha yil o`rin egallab turishini ta`minlash bilan, mahsulotni o`rganishga imkon beradi.
TV bozorning bo`lajak mollari marketing metodlarini oldindan o`rgangan bo`lishi zarurdir. ¢arb firmalarida ko`p hollarda marketing sarf-xarajatlari yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlashga sarflangan hamma xarajatlarning ko`proq yarmini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish haqida qabul qilingan qaror va bajarilgan ishni baholashni qabul qilish komissiyasi, ya`ni buyurtmachi vakili, tayyorlovchi va ishlab chiqaruvchilardan iborat bo`lgan komissiya o`tkazadi. Komissiya rahbari qilib buyurtmachi tayinlanadi, u yo`q bo`lgan holda asosiy haridor bo`lishi kerak. Taqdim qilingan materiallarni ko`rib chiqish natijasida komissiya quyidagi aktni tuzadi:
- ishlab chiqarilgan mahsulotga qo`yilgan talab va mahsulotni ishlab chiqarish haqidagi tavsiyaga muvofiq ko`rsatma;
- mahsulotning texnik darajasini baholash natijalari;
- seriya (seriyali yoki ko`plab ishlab chiqarish)li ishlab chiqarish yoki uning hajmi haqidagi tavsiya;
- mahsulotlarning kam – ko`stini ishlash haqida taklif va mulohazalar (agar zarur bo`lsa);
etalon namunasini tasdiqlash.
Etalon - namun asosida ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarishga qo`yish, ishlab chiqarish va saqlashda tasviriy-estetik ko`rsatkichlari bo`yicha ishlab chiqaruvchida mahsulot yoki tovarlar partiyasining sifatiga da`vo va reklamatsiyalarning oldini olish maqsadida taqqoslash uchun saqlanadi.
Aktning tasdiqlanishi qabul qilish komissiyasining tasdiqlagan qarorini tayyorlash tamomlanganligini, TV harakati to`htatilganligini va mahsulotni ishlab chiqarishga ruxsat berilganligini bildriradi.
Oluvchi korxona mahsulotlar partiyasi tarkibida etalon – namuna nusxasini kirish nazoratini amalga oshirish uchun berilishini talab qilishi mumkin.
Nusxa yorlig’i tasviriy – texnik kengash yoki boshqa shaxs tomonidan etalon nusxa muvofiqligi haqida yozma holatda tasdiqlangan bo`lishi kerak.
1.9- rasmda loyixalash sohasidagi mutaxassislarning ishini tushunish uchun kalit vazifasini bajaruvchi, mahsulotlarni loyixalash jarayoni sxemasi misol sifatida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |