Tekshiruv savollari
Tоg’ jinslаrining issiqlik хоssаlаri uning qaysi koeffitsiyenlari orqali xаrаktеrlаnаdi?
Quduqlar, quduq tubi haroratiga qarab qanaqa turlarga bo’inadi?
№ 6-LABORATORIYA ISHI
QATLAM NEFTLARI QOVUSHQOQLIGINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Qovushqoqlikni aniqlovchi usullar bilan tanishish hamda olingan natijalarga ko’ra suyuqliklarning texnologik ko’rsatgichlarini belgilashdan iborat.
Qovushqoqlik ko’rsatgichi asosiy fizik konstantlardan biri bo’lib, qozon, dezil yoqilg’ilari, neft moylari hamda, boshqa neft mahsulotlaridan foydalanish xossalarini tavsiflaydi. Uning ko’rsatish miqdoriga ko’ra neft mahsulotlarini purkalish va oqishi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Amaliyotda bir-biridan farq qiluvchi dinamik, kinematik, shartli va foydali qovushqoqlik tushunchalari bor. Bu qovushqoqliklar asosan viskoziometr yordamida aniqlanadi. Bajarayotgan ishimizdan neft mahsulotlarining kinematik qovushqoqligini aniqlash usuli bilan tanishamiz.
Viskoziometr usulida neft mahsulotlarini kinematik qovushqoqligini aniqlash.
Viskoziometr usuli aniqlanayotgan haroratda Nyuton suyuqligiga o’xshash bo’lgan, suyuq neft mahsulotlarining kinematik qovushqoqligini aniqlash uchun foydalaniladi. Bu usulning asosiy mohiyati ma’lum bir hajmdagi suyuqlikni o’z og’irligiga ta’sirida ma’lum diametrli kapilliyardan oqish vaqtini aniqlashdan iborat.
Viskoziometrning umumiy ko’rinishi. (6.1. rasmda berilgan).
Neft mahsulotlarini tiniqligi va ularning qovushqoqligiga ko’ra viskoziometrning diametri tanlanadi, ya’ni qovushqoqligi o’lchanayotgan suyuqlikning oqish vaqti 40 sekunt atrofida bo’lishi kerak.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
Tajribani bajarish uchun viskoziometrni tik holatda shtativga mahkamlab, termostat ichiga o’rnatiladi. O’rnatilgan paytda viskoziometrni kengaygan bo’limi (5) suv sathidan pastda turishi kerak. (6.1. rasmga qarang). O’rnatilgan viskoziometrga uning keng naychasi orqali (2) neft mahsulotlaridan 10 misolida va suyuqlik 15 min davomida belgilangan haroratda ushlab turiladi. Keyin naycha og’zini barmoq bilan berkitib noksimon rezina pufakchasi (3) yordamida suyuqlikni M1 nuqtasidan yuqoriroq balandlikkacha siqib chiqariladi. Keyin suyuqlikni M1 nuqtasidan M2 nuqtasigacha oqib o’tish vaqti aniqlanadi.
Vaqtini aniqlash 3-4 marta takrorlanadi va o’rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi. (to’r).Olingan natijalar 2-jadvalga yoziladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning kinematik qovushqoqligi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi;
Bu yerda; to’r - suyuqlikning oqish vaqtining o’rtacha arifmetik qiymati, sek.c – viskoziometrning o’zgarmas soni
Bu yerda; V – kapillyari orqali oqayongan suyuqlik hajmi, m3
r – kapillyarning radiusi, m
L – kapillyarning uzunligi, m
q – aniq hajmdagi suyuqlikning oqish vaqti, sek.
h – suyuqlik ustunining balandligi, m
Eslatma: C – ning qiymati har bir viskoziometrning pasportida berilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |