Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Murakkab sharoitdagi mahsuldor qatlamni ochishda loysiz tarkibli



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
5.8.Murakkab sharoitdagi mahsuldor qatlamni ochishda loysiz tarkibli
burg„ilash eritmasidan foydalnish texnologiyasini tahlili va uni asoslash 
Mahsuldor qatlamlarni ochish uyumning geologik - fizik tavsiflari, qatlam 
flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari, mahsuldor qatlamni ochishda qo‗llaniladigan 
texnologiyaning tavsiflari va ko‗rsatgichlari, yuvuvchi va maxsus suyuqliklarning 
xossalari, gidravlik jarayonlarning nobarqororligi, quduqning stvoli bo‗yicha quduq 
tubidagi differensial bosimning kattaligi va chegaralariga bog‗liq bo‗ladi [21]. APQB 
sharoitida ishlarni boshlashda tarkibida qo‗shimcha sifatida barit, temirli va boshqa 
turdagi og‗irlashtirgichlar bo‗lgan an‘anaviy loyli burg‗ilash eritmalaridan 
foydalaniladi. Bu tizimlar nisbatan narxining baland emasligi, keng spektrdagi qayta 


189
ishlovchi reagentlar va qo‗llashda katta tajribaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. 
Ammo bunday turdagi eritmalardan foydalanilganda mahsuldor qatlamlarni bilib – 
bilmasdan kolmatatsiya bo‗lishiga olib keladi (ayniqsa past o‗tkazuvchan, yoriqli va 
yoriqli va g‗ovakli kollektorlarda) va suvda eriydigan tuzlarning konsentratsiyasini 
va qatlamda kislotalarni reaksiyalanishini boshqaradigan o‗tkazuvchanligini tiklash 
bo‗yicha qo‗shimcha qimmat turadigan operatsiyalarni amalga oshirish talab qilinadi 
[2, 3]. 
Og‗irlashtirgichlar bilan aralashtirilgan loysiz burg‗ilash eritmalari loyli 
eritmalarga nisbatan afzallikka ega bo‗ladi, quduqlarni tugallashda tarkibida 
kolmatatsiya qiladigan va quduqlarni o‗zlashtirishda qatlam quduq tubi zonasidan 
qiyinlik bilan chiqariladigan tarkibga ega emas [6, 10]. Bunday burg‗ilash 
eritmalarining qo‗shimcha afzalliklariga quduqlarni yuqori sifatda mustahkamalash 
kiradi. Loysiz burg‗ilash eritmalarini 1600 kg/m
3
zichlikgacha qatlam suvlari asosida 
og‗irlashtirish ishlangan bo‗ladi, noorganik tuzlarning eritmasi (natriy xlor, kaliy, 
kalsiy, magniy) va kalsiy karbonat og‗irlashtirguncha. Bu eritmalarni reologik va 
filtrsiya xossalarini optimallashtirish polisaxarid reagentlari majmuasida olib boriladi 
[6]. Kalsiy brom, sink yoki ularni aralashmasi yordamida burg‗ilash eritmasining 
zichligi 1600 - 2200 kg/m
3
gacha oshiriladi va mahsuldor qatlamlarni nisbatan yuqori 
sifatda ochilishini ta‘minlaydi hamda uning QQTZdagi (qatlam quduq tubi 
zonasidagi) o‗tkazuvchanligini (70-90 % gacha) to‗liq tiklashini ta‘minlashning 
imkoniyatini beradi. Lekin bu eritmani qo‗llash past termobarik chidamlilikda 
chegaralangan va ekologik xavfli hisoblanadi. 
Formiatlar qatnashganda eritmaning korroziya faolligi past ta‘minlanadi, 
polisaxarid reagentlarni termik oksidlanish va fermentativ destruksiyaga yuqori 
chidamlilikka ega. Formiatlarning noorganik tuzlarga nisbatan asosiy yutuqlari 
(bromidlar va xloridlar) ularning ekologik jihatdan xavfsizligidir. 
―Zirtaks‖ kompaniyasi natriy xlorid, bromidli sink, kalsiy bromid, natriy 
bromid, kalsiy xloridlar asosida og‗irlashtirishgan emulsiyali burg‗ilash eritmalarni 
tejamkor tayyorlash varianti ishlangan bo‗lib, mahsuldor qatlamning tabiiy kollektor 
xossalarini saqlash hisobiga neft qazib olishni oshirishga olib kelgan [12]. 


 ―Zirtaks‖ emulsiyali burg‗ilash eritmalari 1400 dan 2200 kg/m
3
.gacha 
zichlikka ega va quyidagi xossalari mavjud: tuzli tizimda amaldagi mexanik 
aralashmalari mavjud emas; ko‗p komponentlar asosida tuzlarni begona birikmalarini 
hosil qilmaydi; tuzning boshqa tizimlar bilan yaxshi muvofiq kelishi; tiklash uchun 
mumkinligi; korroziya ingibitorlari kiritilganda korroziya faolligining yo‗qligi; 
texnologiyaning tejamkorligini ta‘minlash uchun tuzli asoslarni tanlashning qulayligi.
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishda burg‗ilash eritmasining retsepturasi 
mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalarini saqlash maqsadida filtratsiya 
qovushqoqligi va ko‗rsatgichlarni rostlash uchun parchalovchi yoki erituvchi 
reagentlar asosida ishlangan bo‗lishi, ayniqsa bekituvchi agentlar aniq granulometrik 
tarkibda 
(shakllantiruvchi 
materiallar 
majmuasidan) 
ya‘ni, 
qatlamga 
filtratsiyalanishini chegaralaydi va undan chiqib ketganligi kafolatlanadi. 
Mahsuldor qatlamlarni ochishda burg‗ilash eritmalari bilan kollektorni 
samarali kolmatatsiyasi eng muhim tayanchli tavsiflardan biri hisoblanadi. Shuning 
uchun sifatli filtratsiya qobig‗ini hosil qilish uchun va qatlamga filtratlarni kirib 
borish zonasini pasaytirishda maxsus tanlangan fraksiyali tarkibdagi kolmatantlardan 
foydalaniladi. 
Berkituvchi materialning zarrachalari shunday tanlanadiki, u quduqning devori 
atrofiga yaqin zonada tog‗ jinslarining kolmatatsiya bo‗lishini ta‘minlaydi va bunda 
yupqa o‗tkazmaydigan filtratsiya qobig‗ini hosil qilishi zarur hisoblanadi. Bunday 
qobiq qattiq zarralarni va filtratlarni qatlamga chuqur kirib borishining oldini oladi va 
qatlamda ifloslanish zonasini qisqartiradi. Bunda kolmatant zarrasi kollektorning 
g‗ovaklik o‗lchamlariga bog‗liq ravishda tanlanadi. G‗ovakliklarning o‗lchamlari har 
xil tadqiqqotlar olib borish natijasida aniqlanishi mumkin ya‘ni, shliflarni tahlili yoki 
namuna orqali simob haydash yo‗li bilan aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishning sifatini ko‗tarish 
masalalari bo‗yicha ko‗pgina maxsus mahsuslashtirilgan komponiyalar ishlanmalar 
olib bormoqdalar ya‘ni sifatli filtratsiya qobiqlarini shakllantirish maqsadida 
burg‗ilash eritmasining har xil konsentratsiyadagi qattiq fazalarning kerakli 


191
komponentlarini hisoblash imkoniyatini beruvchi har xil kompyuter programmalarini 
ishlamoqda [7]. 
Masalan, ―Em-Ay Svako‖ kompaniyasi Kauffera-OptiBridge («OptiBridj») 
nazariyasi asosida kolmatantning konsentratsiyasi va optimal fraksiyasi tarkiblarini 
tanlash va ularni hisoblash uchun maxsus kompyuter programmasini ishlangan va 
tadbiq etilgan. Bu programma asosida eng zich va yupqa filtratsiya qobiqlarini 
shakllantirishda burg‗ilash eritmasining tarkibidagi har xil qattiq zarralarni aniq 
hisoblash imkoniyatini beradi. 
5.2-jadval 
Geologik – texnik sharoit va quduqning konstruksiyasiga bog‗liq holda loysiz burg‗ilash 
eritmalarining bir nechta variantlari ishlangan. 
BBR – SKP (BBR- loysiz burg‗ilash eritmasi LBE) 
Nomi 
Vazifalari 
Sarfi, kg/m
3
BURAMIL 
Filtratsiya rostlagichi 
10,0 
Kaustik sodasi 
Rostlagich rN 
0,5 
R-SIL markasi A 
Loy ingibitori, antiseptik 
5,0 
REOPAK V 
Suv beruvchanlikni pasaytiruvchi kapsulalovchi reagent 
2,0 
REOKSAN markasi V 
Tuzilma – reologik xossalarini rostlagich 
1,5 
KKU-M 
Kislota erituvchi kolmatant 
50,0 
ML-80 
SFM 
0,2 
DEFOBUR-BT 
Ko‗pik so‗ndirgich 
0,3 
BURFLYUB-BT 
Moylovchi qo‗shma
3,0 
Kalsiy xlor (oq) 
Loyni gidratatsiyalash ingibitori 
50 
Natriy xlor 
Zichlikni rostlagich 
100,0-200,0 
Kalsiylangan soda 
rN –ni rostlagich 
0,1 
Tahlil 144 ta reper nuqtalari bo‗yicha juftsiz logika usullaridan foydalanib 
bajarilgan ya‘ni, mavjud bo‗lgan materiallardan zarur bo‗lgan aralashmani aniq 
tanlash imkoniyatini beradi. Boshqa programmalarning ichida «Opti Bridj» 
programmalari 5 turdagi har xil tarkibdagi granulometrik komponentlardan 
kombinatsiyalarni aralashmalarni aniq tayyorlash mumkin. Bu aniq kollektorlar 
uchun u yoki boshqa turdagi fraksiyalarning komponentlari konsentratsiyasini 
loyihalashtirish bosqichida va burg‗ilash jarayonida tezkor tanlab beraoladi. 
Polisaxarid asosidagi loysiz burg‗ilash eritmalari (kraxmal, PATS, zarur bo‗lganda - 
biopolimer), SFM va ingibirlash qo‗shmalari past filtratsiya ko‗rsatgichlariga ( ΔP = 
0,7 MPa V = 2,0 - 6,0 sm
3
) ega bo‗ladi, gorizontal quduqlarni va katta egilishga ega 
bo‗lgan quduqlarni optimal psevdoplastik xossalari, tuzilmali-reologik tavsiflari («p» 


= 0,4 - 0,48 koeffitsiyent) va past gidravlik qarshilik (konsistensiya koeffitsiyenti 
«K» = 0,31-1,15); bunda burg‗ilash eritmalari past qiymatdagi ishqalanish 
koeffitsiyentiga ega (Kishq = 0,05 - 0,15) bo‗ladi; burg‗ilash eritmasining 
uglevodorod suyuqligi bilan chegarada past sirt (0,75 - 0,95 mN/m) tortishish 
kuchiga ega bo‗ladi. 
Ingibitorlar qatnashganda loylarni bo‗kishini va dispergirlanishining (KS1 va 
boshqalar) oldi olinadi. BBR – SKP kalsiy tuzlari qatnashganda yuqori 
mineralizatsiyada barqarordir. 
Ma‘lumki ―Karajida‖ maydonida loyiha bo‗yicha mahsuldor qatlamlarni 
ochishda zichligi 1720 – 1740 kg/m
3
bo‗lgan og‗irlashtirilgan loyli burg‗ilash 
eritmalarini qo‗llash ko‗rib chiqilgan. Tayyorlash uchun quyidagi kimyoviy 
reagentlar va materiallardan foydalaniladi: bentonit, barit, KMS-600, Gipan, FXLS, 
KON, K2CO3, KCl, KAl (CO4)2, MAS-200, sulfanol, neft, grafit, NTF, xrompik. 
Suv asosli burg‗ilash eritmalrini qo‗llanilishi kollektorlarni o‗tkazuvchanligini 
amalda qaytmaydigan darajada pasaytirishga olib keladi, natijada quduqlarni 
o‗zlashtirish muddati cho‗ziladi, mahsulligi kamayadi, neftberaoluvchanlik 
koeffitsiyenti pasayib ketadi. 
Og‗irlashtirilgan loyli burg‗ilash eritmalaridan foydalanilganda qatlamning 
gidravlik yorilishining kuzatilishi va katta miqdordagi eritmalarni ketib qolishi, 
ayniqsa, tushirish - ko‗tarish operatsiyalari ko‗pincha takrorlanganda gidrodinamik 
bosimning keskin o‗zgarishi natijasida quduqning devorida yorilish sodir bo‗ladi. 
Buning natijasida burg‗ilash eritmasining filtratlari mahsuldor qatlamga chuqur (1,4 
dan 37 metrgacha) kirib ketishi mumkin. 
Qidiruv va ishlatish quduqlarini burg‗ilashda neftli va gazli qatlamlarni ochish 
holati tahlil qilinganda har xil burg‗ilash eritmalarini g‗ovaklik muhitining 
mahsuldorligiga ta‘sir qilishi tizimli ravishda tadqiqotlanganda mahsuldor 
qatlamlarni kollektorning geologik-fizik xususiyatlari va uni to‗yintirgan 
suyuqliklarning fizik-kimyoviy tavsiflarini qattiq hisobga olib ochish kerakligini 
ko‗rsatadi. 


193
―Karajada‖ konidagi mahsuldor qatlamlarni tabiiy o‗tkazuvchanligini 
saqlanishi ta‘minlash maqsadida marmar pudrasi asosidagi og‗irlashtirilgan loysiz 
burg‗ilash eritmasining tarkibi ishlangan va u respublikamizdagi ―Neftgazmineral‖ 
MCHJning sanoat sexida ishlab chiqariladi.
Marmar pudrasi yupqa dispersli ko‗kun ko‗rinishida ishlab chiqariladi va quyidagi 
ko‗rsatgichlarga ega: 
5.3-jadval.
Marmar pudrasining ko‗rsatgichlari 
№ t/r 
Ko‗rsatgichlarning nomi 
Meyori 
1. 
Tashqi ko‗rinishi 
Oq 
2. 
Massovaya dolya karbonat, % ne meneye 
95 
3. 
Namlikning massali ulushi % katta emas 
2,0 
4. 
№ 0071K turda elangandan keyin qoldiqning massali ulushi, % katta emas 
6,0 
5. 
Zichlik, kg/m
3
, kichik emas 
2700 
6. 
Fraksiyaning massali ulushi 5 mkm, %, katta emas 
10,0 
Gidrolizlanmagan poliakrilamidning tayyor suvli eritmasidan keyin unga 
eritmaning hajmiga nisbatan 30% miqdorida texnik natriy xlorid kiritiladi va uning 
aralashtirish jarayoni 30 - 40 minut davomida natriy xloridning to‗liq erishigacha 
davom etadi. Gidrolizlanmagan poliakrilamidning to‗yintirilgan tayyor suvli 
eritmasiga hisobiy miqdordagi gips va kaliy xlorid qo‗shiladi. Gips va kaliy xloridni 
qo‗shishdan maqsad loysiz burg‗ilash eritmasini loyli minerallga nisbatan ingibirlash 
xususiyatini amalga oshirishdir. Tog‗ jinslarining tarkibida mahsuldor gorizontda 
quduqning devoriga yopishadigan minerallar mavjud bo‗ladi. 
Loysiz ingibirlangan loyli eritmalarni to‗xtovsiz jadal aralashtirishda unga 
moylovchi xossalarini berish uchun u 10 - 15% miqdoridagi neft va 3% li grafit bilan 
burg‗ilash eritmasining hajmiga nisbatan qo‗shib ishlanadi. Birlamchi materiallarni 
aralashtirish jarayoni bir jinsli massalarni olguncha davom ettiriladi va olingan 
burg‗ilash eritmasining texnologik parametrlari o‗lchanadi. 
Undan keyin loysiz ingibirlangan burg‗ilash eritmasiga ―Neftgazmineral‖ 
MCHJning marmar pudrasi neft va gaz quduqlarini qurilishi loyihasida ko‗rsatilgan 
talab qilingan zichlik qiymatini olguncha qo‗shiladi. Laboratoriyada olib borilgan 
tadqiqot natijalari 2 – jadvalda keltirilgan. 
5.4-jadval


 Anomal yuqori qatlam bosimli (AYUQB) mahsuldor gorizontlarni ochishda qo‗llaniladigan 
ingibirlangan og‗irlashtirilgan loysiz burg‗ilash eritmasining tarkibi va xossalari
№ 
Burg‗ilash eritmasining tarkibi 
R> 3 
kg/m
3
Т 
500, 
с 
V, 
sm
3
/30 min 
Tqobi
q, 
mm 
рН 
cho‗k
ma 
1 1000 ml suv + 15 gr PAA + 300 gr NaCl + 50 gr 
KCl + 30 gr grafit + 100 ml neft 
1190 
35 
6,0 
1,0 6,0 


1000 ml suv + 20 gr PAA + 300 gr NaCl + 50 gr 
KCl + 30 gr grafit +100 ml neft 
1190 
45 
4,0 
1,0 6,0 6,0 
3 № 2 + 30 % marmar upa (Nurota) 
1260 
48 
4,0 
1,0 6,0 

4 № 2 + 50 % marmar upa (Nurota) 
1350 
55 
4,0 
1,0 6,0 

5 № 2 + 70 % marmar upa (Nurota) 
1430 
75 
4,0 
1,0 6,0 

6 № 2 + 90 % marmar upa (Nurota) 
1480 
120 
4,0 
1,0 6,0 

7 № 2 + 110 % marmar upa (Nurota) 
1550 
165 
4,0 
1,0 6,0 

8 № 2 + 130 % marmar upa (Nurota) 
1650 
220 
4,0 
1,0 6,0 

9 № 2 - 90 °C.gacha qizdiriladi 
1190 
25 
6,0 
1,0 6,0 

10 № 9 - 20 °C.gacha sovutilganda 
1190 
30 
3,0 
1,0 6,0 

11 № 8 90 °C.gacha qizdiriladi 
1650 
100 
6,0 
1,0 6,0 

12 № 11 20 °C.gacha sovutilganda 
1650 
150 
3,0 
1,0 6,0 

Olingan ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki (5.4-jadval), gidrolizlanmagan 
poliakrilamid asosida texnologik xossalari barqaror bo‗lgan ingibirlangan burg‗ilash 
eritmalarini tayyorlash mumkin. Marmar upasini qo‗shish yordamida loysiz 
ingibirlangan burg‗ilash eritmasining ishlanadigan tarkibining zichligi kattaligi oson 
boshqariladi. Bu taklif qilinadigan burg‗ilash eritmasining kam ahamiyatli bo‗lgan 
yutug‗iga yuqori harorat sharoitida boshlang‗ich texnologik xossalarini saqlash 
hisoblanadi.
Bunday holat gidrolizlanmagan poliakrilamid akrilli qatorning qolgan sintetik 
polimerli reagentlari yuqori haroratga 170-180°S.gacha chidamlilikka ega va 
polivalent tuzlarga nisbatan tuzga chidamlidir. 
Yuqoridagi 5.4-jadval ma‘lumotlari loysiz og‗irlashtirilgan ingibirlangan 
burg‗ilash eritmalarini tayyorlashda kimyoviy reagentlarni va materiallarni keng 
qo‗llashdan voz kechilgan. Burg‗ilash eritmalarini tayyorlashda loy, kaustik va 
kalsiylangan sodani hamda polimerli reagentlar K-4, kraxmal, KMS, VPRG va 
Unifloklardan foydalanilmagan. 
Tuzning agressiv ta‘siri sharoitida quduqlarni burg‗ilashda ayniqsa, suvda 
eriydigan kalsiy, magniy va natriy tuzlari mavjud bo‗lganda hamda ko‗pincha 
burg‗ilash eritmasining sifati yomonlashganda quduq devorining mustahkamligining 


195
pasayishi kuzatilgan, natijada kimyoviy reagentlarning sarfini oshishi va avariya 
holatining o‗sishi kuzatilgan. 
Tarkibida agressiv qatlam suvlari bo‗lgan mahsuldor gorizontlarni ochish 
ayniqsa judayam murakkab hisoblanadi. Polimerli reagentlar KMS, K-4, USHR va 
boshqa polimerli reagentlar bilan qayta ishlangan burg‗ilash eritmalari qo‗llanilganda 
tuzli agressiya (tazyiq) ta‘sirida o‗zining mustahkamligini yo‗qotadi. 
Yuqoridagi salbiy ta‘sir qiluvchi holatlarni hisobga olgan holda laboratoriya 
sharoitida qatlam suvlarining tazyig‗i ta‘sirida loysiz ingibirlangan og‗irlashtirilgan 
burg‗ilash eritmasining texnologik xossalariga agressiv ta‘sir etishi tadqiqotlangan. 
Qatlam suvlarining agressiv ta‘sirini laboratoriyada tadqiqotlashda № 293 
Ko‗kdumaloq konidan olingan qatlam suvlaridan foydalanilgan. 
Lobaratoriya sharoitida o‗rganilgan loysiz ingibirlangan og‗irlashgan 
burg‗ilash eritmalarining tarkibini qatlam suvlarining agressiv ta‘siriga chidamliligini 
tadqiqot ma‘lumotlari №3 – jadvalda keltirilgan bo‗lib, u terrigen yotqiziqlarida 
burg‗ilangan quduqning stvolini qazib o‗tish sharoiti asos qilingan. Tadqiqot qilingan 
burg‗ilash eritmasining tarkibi namokob bilan aralashtirilganda koagulsiya jarayoni 
kuzatilmagan qaysiki, har xil geologik-texnik sharoitlardagi neft va gaz quduqlarini 
burg‗ilash jarayonida keng qo‗llanilgan. 
Burg‗ilash eritmasining filtratsiya ko‗rsatgichi amalda o‗zgarmaydi faqat 
eritmaning shartli qovushqoqligi va zichligini kamayishi kuzatiladi. Tavsiya 
qilinadigan burg‗ilash eritmasi tarkibining zichligi va shartli qovushqoqligi 
ko‗rsatgichlarining pasayishi unga tuzli eritmalarni qo‗shish natijasida eritmaning 
qattiq fazalarini kamayishi evaziga sodir bo‗lgan. 
Unga marmar upasi qo‗shilganda burg‗ilash eritmasining zichligi va shartli 
qovushqoqligi birlamchi kattalikka erishgan. Bunda burg‗ilash eritmasini 
gidrolizlanmagan poliakrilamid bilan qayta ishlash talab qilinmaydi. 
Bu ko‗rsatgichlar taklif etiladigan burg‗ilash eritmasini qatlam suvlarining 
agressiv (tojovuzkor) ta‘siriga chidamliligini isbotidir ya‘ni, burg‗ilash eritmasini 
tayyorlashda tarkibida bo‗lgan polivalent tuzlarning birnomli zaryadlangan ionlari, 


qatlam suvlari, kimyoviy reagentlarni va materiallarni hisobiga uning chidamliligi 
ta‘minlanadi. 
―Karajida‖ konida mahsuldor gorizontlarni ochish jarayonida zichligi 1650 
kg/m3 bo‗lgan burg‗ilash eritmalari qo‗llanilgan. Ko‗rsatilan maqsadga erishish 
uchun burg‗ilash eritmasiga baritli marmar upasi qo‗shilib zichligi 1900 – 2100 
kg/m3 bo‗lgan og‗irlashtirilgan eritma tayyorlangan. 
Marmar pudrasining muhim bo‗lgan yutuqlaridan biri uni tuz kislotasida erish 
xususiyatidir qaysiki, mahsuldor gorizontning kollektorlik xossalarini saqlanishning 
ta‘minlanishidir. Bu yerda ko‗rsatib o‗tish lozimki, barit, gematit va magnetit tuz 
kislotasida erimaydigan xususiyatga ega ekanligidadir. Shuning uchun loysiz 
ingibirlangan burg‗ilash eritmasining talab qilingan zichlik kattaligini olish uchun 
baritning o‗rniga karbonat-temir – sideritdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
5.5-jadval. 
Ko‗kdumaloq konining № 293 quduqg‗idan olingan rapaning loysiz ingibirlangan 
og‗irlashtirilgan burg‗ilash eritmasining texnologik parametrlariga ta‘siri 5-jadvalda keltirilgan 
№ 
Burg‗ilash eritmasining tarkibi 
R-3 
kg/m
3
T500, 

F, 
sm
3
/30 min 
Tk, 
mm рН 
Cho‗km
a, % 
1 1000 ml suv + 20 gr PAA + 300 gr NaCl + 50gr KC1 + 30 
gr grafit + 100 ml neft 
1190 
45 
3,0 
1,0 6,0 

2 1000 ml suv + 15gr PAA + 300gr NaCl + 50 gr KC1 + 
30 gr grafit + 100 ml neft + 130 % marmar upasi 
1650 220 
4,0 
1,0 6,0 

3 № 1 + 10 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq) 
1200 
35 
4,0 
1,0 6,0 

4 № 1 + 20 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq) 
1220 
25 
4,5 
1,5 6,0 

5 № 1 + 30 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq) 
1240 
20 
5,0 
1,0 6,0 

6 № 2 + 10 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq) 
1570 240 
4,0 
1,0 6,0 

7 № 2 + 20 % namokob ( Alan maydoni - №172-quduq) 
1480 110 
4,5 
1,0 5,5 

8 № 2 + 30 % namokob ( Ko‗kdumaloq- №293 - quduq) 
1410 
60 
5,0 
2,0 5,5 

9 № 5 - 90 °C.ga qizdirilganda 
1240 
17 
7,0 
1,5 5,5 

10 № 9 - 20 °C.gacha sovutilgandan keyin 
1240 
22 
5,0 
1,0 5,5 

11 № 8 - 90 °C.ga qizdirilganda 
1410 
36 
7,0 
1,5 5,5 

12 № 11 - 20 °C.gacha sovutilgandan keyin 
1420 
50 
5,0 
1,0 5,5 

13 № 12 + 50 % marmar upasi 
1650 170 
4,0 
1,0 5,5 


Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish