VI - bob. QUDUQ – QATLAM TIZIMIDA QUDUQNI MUVOZANAT
BOSIMDA BURG„ILASH
6.1. Qatlamlarning ikkilamchi ochishning yangi usullari
Qatlamni yangi gidravlik perforatsiya qilish usullarida abrazivsiz va ko‗p
yoriqli perforatsiya qilishni ko‗rib chiqamiz. Mustahkamlangan quduqlarda
mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishning geologik - texnik sharoitlari kamida
uchta samarali mezonni ko‗rsatadi.
1.Mustahkamlash kolonnasining ochilgan yuzasining umumiy o‗lchamlari
(teshiklar yoki yoriqlar ko‗rinishida) maksimal darajada bo‗lishi kerak.
Bu yerda
kolonna tog‗ bosimining gorizontal tashkil etuvchi kuchlariga qarshi turaolish
imkoniyatiga ega bo‗ladi. Shuning uchun mustahkamlash kolonnasiga yuqori
chidamlilik talabi qo‗yiladi. Ko‗p hollarda yoriqlarning
uzunligi quvurning
diametriga nisbatan 0,3...0,4 dan oshib ketmasligi kerak.
2.Qatlamning mahsuldor qismi to‗liq ochilgan va sement halqasining
qoldiqlarini
qolishiga
ruxsat
etilmaydi.
Ochilgan
oraliqning
chegarasida
mustahkamlash kolonnasining va sement halqasining saqlanganligi ta‘minlanadi.
Bunday holat qatlamning potensial imkoniyatlarini va obektning suvsiz
ekspluatatsiyasi talablarini to‗liq amalga oshirilishini ta‘minlaydi.
3.Mahsuldor qatlamning chegarasida bir nechta chuqur
perforatsiya qilingan
kanallar shakllantirilgan bo‗ladi. Kanallarning soni va chuqurligi masalasi o‗zi aniq
ya‘ni, qanchalik chuqur ochilgan bo‗lsa shunchalik, yaxshi. Bunday shartni bajarilishi
qatlam bilan quduqning aloqasini qatlam birlamchi past sifatda ochilganda ham
(yuqori repressiya, burg‗ilash eritmasining noqulay parametrlari va boshqalar) va
tamponaj ishlari salbiy ta‘sir qilganda ham aniq bo‗ladi.
Perforatsiya qilishning ma’lum usullarini va ularni keltirib chiqargan salbiy
holatlarni tahlil qilamiz.
Ko‘pgina holatlarda zarbali – portlatish usullari qo‘llaniladi:
o‗qli va
qumulyativ perforatsiY. Bu usullarda mustahkamlash kolonnasi va sement toshlari
faqat perforatsiya oralig‗ida parchalanmasdan balki, mahsuldor
qatlamlarni suvlilik
217
to‗siqlar oralig‗ida ham parchalashi mumkin. Natijada bunday ochilish jarayoni
quduqlarni tezkor suvlanishga olib keladi. Bundan tashqari bunday ochilish
jarayonida shakllanadigan kanallarning chuqurligi katta
emas va qatlamni quduq
bilan aloqasi (tutashishi) to‗liq amalga oshirilmaydi. Bunday ochilishda qatlamni
birlamchi ochishdagi va sementlash jarayonidagi xatoliklarni tuzatib bo‗lmaydi ya‘ni,
quduqlarni ekspluatatsiya qilish jarayonlari murakkablashtiradi.
Yuqorida keltirilgan faollik quduqlarni perforatsiya qilishning zarbasiz
usullarini izlash va ularni amalga oshirish qurilmalarini tadqiqot qilishga olib keldi.
Zarbasiz ochish usullariga quyidagilar kiradi: a)nuqtali
usullarda perforatsiya
qilish; b) to‗liq ochish.
Do'stlaringiz bilan baham: