1.
Gaz do‘ppisi
. Hamma usullar uchun tabiiy yoki sun‘iy yuqori gazga
to‗yinganlikni qatlamning qaysidir qismida mavjudligi noqulaylik tug‗diradi, chunki
haydaladigan
ishchi
agentlarning o‗tkazuvchanligi 50-100 marta yuqori
o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan
gaz qismiga intiladi, natijada ishchi agentlarning
samarasiz sarflanishi sodir bo‗ladi.
2.
Qatlamlarning neftga to‘yinganligi.
Neftli qatlamlar yuqori darajada suvga
to‗yingan bo‗lganda (70-75% dan katta) neftberuvchanlikni oshirishda ma‘lum
bo‗lgan hamma usullarni iqtisodiy sabablarga muvofiq qo‗llab bo‗lmaydi, qimmat
bo‗lgan agentlarni siquvchanlik xususiyatidan bor yo‗g‗i 25-30%ga foydalaniladi,
qolgan qismi esa qatlamning suvga to‗yingan qismiga foydasiz sarflanadi. Ko‗pgina
usullar (qatlam
ichra yondirish, bug‗li siqish, SFM bilan suv haydash) qatlamning
neftga to‗yinganligi 50% kichik bo‗lganda sarflanadigan vositalarni qoplanmasligi
tufayli qo‗llanilmaydi.
3.
Qatlamlarning yoriqligi
. Qatlamlarning o‗tkazuvchanligining har xilligi
qimmatbaho ishchi agentlarni tezda qazib oluvchi quduqlarga
yorib kirishga olib
keladi va ulardan tejamkor bo‗lmagan holda foydalaniladi.
4
. Faol suv napor rejimi
. Neft uyumlari faol tabiiy suv napor rejimida
ishlatilganda (odatda o‗lchamlari bo‗yicha uyum katta emas, qatlamlar yuqori
mahsuldorli va neftning qovushqoqligi kichik bo‗lganda),
qatlamni qoldiq neftga
to‗yinganligi (25-30% dan kichik) kichik bo‗lganda chegara yoki tub qatlam
suvlarning siquvchanlik xossasi hisobiga suv haydash usulida qatlamlar yuqori
ko‗rsatgichda egallanadi. Bunday sharoitda neftberuvchanlikni oshirishdagi usullarni
qo‗llash murakkablashadi, chunki qatlamning past qoldiq neftga to‗yinganligi
ko‗pgina usullarni qo‗llashni chegaralaydi. Ishchi agentlar chegaradan tashqarida
joylashgan quduqlar orqali haydalganda, agentlarni yo‗qotilishiga, ichki chegaradagi
quduqlar orqali haydalganda – samaradorlik pasayib ketadi.
5. Neftning qovushqoqligi
. Bu eng kuchli omil bo‗lib, ko‗pgina holatlarda
iqtisodiy mezoni bo‗yicha hal qiluvchi holat hisoblanadi. Oddiy suv haydash orqali
hamma fizik-kimyoviy usullar neftning qovushqoqligi 25 - 30 mPa∙s dan kichik
bo‗lganda iqtisodiy jihatdan o‗zini oqlagan. Polimerli suv haydash yuqori
447
qovushqoqli (100 - 150 mPa∙s) yuqori o‗tkazuvchan qatlamlarda qo‗llaniladi. Issiqlik
usullarni yuqori qovushqoqli neftlarda qo‗llash maqsadga muvofiqdir, chunki bunday
holatda qo‗llanilganda qovushqoqlikni pasaytiradi yuqori samaraga erishiladi. Lekin
neftning qovushqoqligi 500-1000 mPa∙s.dan yuqori bo‗lganda
oddiy texnologiya
bo‗yicha issiqlik usullari qo‗llanilganda foydasiz bo‗lib qoladi. Bunday yuqori
qovushqoqli neft konlarida quduqlarning to‗ri juda zich bo‗ladi (1’2 ga/qud) va katta
xarajatlar bilan bog‗liq, bo‗lganligi uchun energiya sarfi hamma vaqt ham iqtisodiy
jihatdan o‗zini oqlay olmaydi.
6
. Suvning qattiqligi va tuzliligi.
Hamma turdagi fizik-kimyoviy usullar
qatlamning neftberuvchanligini oshirishda qo‗llanilganda yuqori tuzlilik va ayniqsa
qatlam suvlarining tarkibida kalsiy va magniy tuzlari bo‗lganda, eritmalarni
tayyorlashda tuzlardan foydalanilganda samaradorlik keskin pasayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: