Mahsuldor qatlamlarni ochish va


 Azot kislotali eritma va tabiiy gaz aralashmasi bilan quduqning tubiga



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
11.8. Azot kislotali eritma va tabiiy gaz aralashmasi bilan quduqning tubiga 
ishlov berish 
 
Quduq tubi zonasiga ishlov berish usullarining jamlanmasidan eng ko‗p 
qo‗llaniladigan usul bu kislotali ishlov berishdir. Qatlamlarga ishlov berishda ko‗proq 
tuz kislotali va loyli kislotali aralashmalar ko‗proq qo‗llanilib kelinmoqda. Ingibitor 
va barqarorlashtirgichlar sifatida katapin va uksus yoki limonli kislotalardan 
foydalaniladi. Jarayon tugallangandan keyin quduqni o‗zlashtirish jarayoni gazning 
yuqori bosimida shtangali chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish shartidan kelib 
chiqib tanlanadi. 
Quduqlarni ishlatishni so‗nggi bosqichida standart texnolgiya asosida kislotali 
ishlov berish kam samara bermoqda. Chunki kislotali ishlov berishning kattaligini 
oshirib borish natijasida qatlamni to‗yinishi, shu muhitga moslashuvi hamda reaksiya 
mahsulotlarini to‗liq yuvilmaganligi sabab bo‗lmoqda. Bundan tashqari pastki 
karbonat kollektorlarining past siriqish sig‗imdorlik xossalariga ega ekanligi va 


419
qatlam energiyasining katta qiymatda pasayib ketishi kislotali ishlov berishning 
samaradorligiga ta‘sir qilmoqda. 
Bunday qatlamlarga begona suyuqliklarni tushib qolishi natijasida loyli 
zarrachalar tarqalib ketadi va ular qatlamning g‗ovakli kanallari orqali siljish 
ko‗rsatgichlari juda kichik bo‗lganligi uchun quduqlarni o‗zlashtirish jarayonini 
murakkablishtiradi. Quduqlarni o‗zlashtirishda va qatlamning ishlangan qismidagi 
kislota va tog‗ jinsini reaksiya mahsulotlarini tozalash murakkab holda bo‗ladi, 
chunki qatlam bosimining tushib ketganligiga bog‗liqdir. 
Shunday qilib, past qatlam energiyasiga ega bo‗lgan kuchsiz o‗tkazuvchan 
qatlamlarga kislotali ta‘sir etishning samaradorligini oshirish uchun kislotali ishlov 
berish texnologisini takomillashtirish, kislota eritmasi va qatlamga haydalgan 
suyuqlik bilan tog‗ jinslarining reaksiya mahsulotlarini qatlamning ishlangan 
qismidan o‗z vaqtida va to‗liq yuvib chiqishini ta‘minlash talab qilinadi. 
Bunday texnologiyada quduqqa ishlov berish ham odatdagi kislotali ishlov 
berish kabi olib boriladi. Tog‗ jinslari bilan va haydovchi quduqlar orqali haydalgan 
suyuqliklarni reaksiyaga kirishib o‗tirib qolishi hamda o‗z vaqtida va to‗liq 
bo‗lmagan holda yuvilishi sababli kapillyar kanallarda qolgan reaksiya mahsulotlari 
kislotaning samarali ta‘sir etishiga to‗sqinlik qiladi. 
Konlardan mahsulot olinishi evaziga qatlam bosimining pasayishi va debitning 
kamayib ketishi hamda quduq tubi atrofi o‗tkazuvchanligini parafin, smola, qum 
zarrachalari, korroziya ta‘sirida pasayib ketishi natijasida har xil ishlov berish usullari 
qo‗llaniladi. Bu ishlov berish natijasida ta‘sir etuvchi kislotalarning miqdori 
bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Masalan 8 %, 12-15 %, 20-25 % 
HCl
tuz 
kislotasi yordamida qatlamga ishlov berilganda, qatlam kollektori tog‗ jinslari 
to‗yinib qoladi, natijada kislotali ishlov berishning samaradorligi pasayib ketadi. 
Shuning uchun bunday qatlamlarga ta‘sir etishda samarador usullarni 
qo‗llashga to‗g‗ri ketadi. Bunday omillarda kislotaning ta‘sir etish samaradorligi kam 
o‗tkazuvchan past qatlam bosimli qatlamlarga gidrostatik bosimning ta‘siridan ham 
kam ta‘sir qiladi. 


Qatlam bosimining qiymati 0,9 gidrostatik bosimga ega bo‗lganda, qatlam 
anomal past bosimli hisoblanadi gazli kislota ta‘sir etishi mumkin. 
Kon ma‘lumotlaridan ma‘lumki, odatdagi texnologiya bo‗yicha qatlamga 
ishlov berilganda past o‗tkazuvchan g‗ovakli kollektorlar ta‘sirlanmay qoladi. 
Bunday ob‘ektlarga gaz kislotali ishlov berilganda kislotali aralashma 
g‗ovakliklarga chuqurroq kirib boradi va katta o‗lchamdagi chuqur kollektor 
kanallarini hosil qiladi. Gaz kislotali ishlov berish uchun eng afzal ob‘ekt bo‗lib, 
gazga to‗yingan qatlamlar, ayniqsa agarda uyumlardagi bosimning qiymati 
gidrostatik bosimdan kichik bo‗lganda, samarasi yuqori bo‗ladi. Gazga to‗yingan 
qatlamlar gaz kislota aralashmasi bilan ishlanganda quduq tubining zonasida suyuqlik 
to‗siqlarini paydo bo‗lishini oldi olinadi hamda kislota bilan tog‗ jinslarini va 
haydaladigan suyuqlik bilan reaksiyalanishida paydo bo‗lgan mahsulotlarni quduqni 
o‗zlashtirish jarayonida yuvib chiqarish jarayonini yengillashtiradi. 
Qatlamlarga gaz kislotali ishlov berish jarayonining qo‗llanilishi past 
o‗tkazuvchan kuchsiz karbonatli kollektorlar uchun samaralidir. 
Loy kislotali eritmaning gazli aralashmasi oldindan boshlang‗ich konsistensiya
bilan ftor kislotasi HF-y=C, qovushqoqligi 
k

, loyli kislota aralashmasining sarfi 
q
k
,
aralashmani gazli soni G
ar
- quduqqa haydaladi. Qayta ishlanadigan qatlamning 
qalinligi h, g‗ovakligi m, g‗ovakli kanallarning o‗rtacha diametri 
d
o‘r
, qatlamning 
harakatlanmaydigan suyuqlik fazasi bilan to‗yinganligi 
0

, gazga to‗yinganligi 
2


Siquvchi kislotaning konsentratsiyasi 
1

n
C
tashqi halqa zonasining radiusi 
1

n
R
ma‘lum kattalik 
n
C
va shu zonaning ichki sirti zonasining radiusi 
n
R

Bunday ta‘sir etishda o‗tkazuvchanlikning o‗sish darajasi (2-8)
.
10
-3
mkm
2
gacha yetadi. 
Karbonat kollektorlaridagi o‗tkazuvchanlikning o‗sishi gazsiz loyli kislotalar 
qo‗llanilganda sizilishdan keyin 15V
C
(10 % 
HCl
+1 % li 
HF
) o‗tkazuvchaklik 
1,8’12,8 marta oshadi. 


421

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish