Mahsuldor qatlamlarni ochish va



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

Nazorat savollari. 
1.
Azotning fizik-kimyo xossalarini aytib bering? 
2.
Quduqqa azot qanday maqsadda haydaladi? 
3.
Gazsimon agentlarga nimalar kiradi? 
4.
Gazsimon agent va ko‗pikli ishchi agentni qo‗llash texnologiya-sini tartibini 
izohlang? 
5.
Quduqlarni azotli o‗zlashtirish texnologiyasini takomillash-tirish bo‗yicha 
tavsiyalar bering? 
6.
Kislota bilan to‗yinib qolgan qatlam deganda nimani tushunasiz? 
7.
Gaz-suv-qum-oqimli o‗zlashtirish texnologiyasining qo‗llanili-shini izohlab 
bering? 
 


433
XII – bob. MAHSULDOR QATLAMLARNING NEFTBERAOLISHLIGINI 
OSHIRISHDA ZAMONAVIY USULLARNING QO„LLANILISHI. 
12.1. Mitsellyar polimerli suv haydash usullarini qo„llanilishi 
 
Bu usulning asosiy mohiyati neftning (k/m
n
) va siquvchi agentning (k/m
s.a.

harakatchanligini tenglashtirib, qatlamga ta‘sir qilib, qamrab olishni kuchaytirish 
bilan tavsiflanadi. Buning uchun yuqori molekulali kimyoviy reagent polimerda 
eritiladi (poliakrilamid), u juda kichik konsentratsiyada ham suvning qovushqoqligini 
sezilarli darajadi oshiradi, harakatchanligini esa pasaytiradi. Poliakrilomidning 
eritmadagi konsentratsiyasi 0,01-0,1 % bo‗lganda, uning qovushqoqligi 3-4 mPa.s 
gacha oshadi. Bunday ko‗rsatgichda qavushqoqlik oshganda neft va qatlamdagi 
suvning qovushqoqlik nisbatlarini kamaytiradi, qovushqoqlikning yoki qatlamning 
har xilligi sababli, suvning qazib oluvchi quduqqa yorib kirishini kamaytiradi. 
Polimerli eritmalar g‗ovaklik muhiti orqali filtratsiyalanish jarayonida zaxiraviy 
qovushqoqlikni egallaydi, viskozimetr asbobi bilan o‗lchangan – qovushqoqlik 
ko‗rsatkichidan 10-20 marta yuqori bo‗lishi mumkin. Shuning uchun polimerli 
eritmalar har xil jinsli qatlamlarda yoki yuqori qovushqoqli neftlarda qo‗llanilganda 
ularning qamrab olish ko‗rsatgichi samarali bo‗ladi. 
Bundan tashqari polimerli eritmalar yuqori qovushqoqlikka ega bo‗lishi bilan 
birgalikda faqat neftni yaxshi siqmasdan g‗ovaklik muhitidagi pardali qatlam 
suvlarini ham siqib chiqaradi. Polimerli eritmalar tog‗ jinsi va sementlashgan 
moddalari bilan hamda g‗ovaklik muhitining yuza sirtiga cho‗kadi va kapillyar 
kanallarni bekitadi yoki g‗ovaklik muhitidan suvni filtratsiya bo‗lishini 
yomonlashtiradi. 
Polimerli eritmalar yuqori o‗tkazuvchan qatlamlarga juda yaxshi kirib boradi, 
natijada eritmaning qovushqoqligini oshishi va muhitning o‗tkazuvchanligini 
kamayishining ikki karrali samarasining evaziga suv bostirilganda, qatlamni qamrab 
olishi hisobiga suyuqlik oqimlarining dinamik har xilligi amalda kamayadi. 
Amalda polimer eritmalar g‗ovaklik hajmining 40-50 % o‗lchamida hoshiyali 
ko‗rinishda qo‗llaniladi. Hoshiyalarning o‗lchamlari eritmaning konsentratsiyasi va 
polimerning turi, qatlamning har xilligidan (noyaxlitligidan), g‗ovaklik muhitning har 


xilligidan va qatlam suvining tuzlilik tarkibidan kelib chiqib tanlanadi. Polimer 
eritmalari qatlamning tuzli suvlari bilan birgalikda siljiganda (ko‗chganda) 
eritmaning tuzilmasi (molekulasi) parchalanadi va uning qovushqoqligi pasayadi. 
Suvning mineralligi yuqori bo‗lganda eritmaning konsentratsiyasi undan 2-3 marta 
yuqori bo‗lishi kerak [17,28].
Hoshiyalar quyuqlashgan suv bilan keyin esa oddiy suv bilan siljiydi. Polimerli 
suv haydash qatlamning neftberaoluvchanligini oshirishda eng istiqbolli usul 
hisoblanadi. Shuning uchun uning qo‗llanilish sohasi kengdir. Lekin bu usul katta 
kamchilikka ega bo‗lganligi uchun uning keng miqyosda qo‗llanilishi 
chegarlangandir. Bu usulning asosiy kamchiligi qovushqoqlikni keskin oshishi 
evaziga haydovchi quduqlarning mahsuldorligi tezda kamayadi. Shuning uchun 
hamma vaqt ham polimer molekulalarini tuzilmasini parchalanishini haydash 
bosimini oshirish hisobiga to‗ldirib bo‗lmaydi. Suvli eritmadagi polimer 
molekulalarini har xil omillar ta‘sir etishi natijasida ularning tuzilmasi tiklanmas 
darajada buziladi. Tuzilmaning buzilishi polimerning molekulyar massasini 
kamaytiradi, quyuqlashish xususiyati evaziga uni siquvchi agent sifatida samarali 
qo‗llanilishining asosidir. 
Tuzilmani buzish 
– kimyoviy, issiq, mexanik va mikrobiologik usullarda 
amalga oshiriladi. Kimyoviy usulda tuzilmani buzish havo kislorodini polimer 
molekulalari bilan o‗zaro reaksiyasi jarayonida sodir bo‗ladi. Shuning uchun polimer 
eritmasini tayyorlashda foydalaniladigan suvning tarkibida kislorod bo‗lmasligi 
kerak. Haroratning kattaligi 130oSdan yuqori bo‗lganda issiqlik ta‘sirida tuzilmani 
parchalanishi sodir bo‗ladi. Polimerli eritmalar quvurlar, nasoslar orqali va quduq 
tubi zonasida katta tezlikda harakatlanganda polimer makromolekulalarining 
mexanik parchalanishi sodir bo‗ladi. Aerobli bakteriyalar suv bilan qatlamga 
bostirilganda neft oksidlanadi va uning evaziga polimer molekulalarining 
mikrobiologik buzilishi sodir bo‗ladi. Shuning uchun chuqur joylashgan qatlamlarda, 
kam o‗tkazuvchan yotqiziqli kollektorlarda va yuqori haroratli qatlamlarda polimerli 
eritmalardan foydalanishning imkoniyati yo‗q. So‗nggi bosqichda ishlatilayotgan 
konlarda va yuqori tarkibli tuzli qatlamlarda bu usulni qo‗llash kam samaralidir. 


435
Sanoat miqyosida polimer eritmalarini qo‗llashda mukammal, ishonchli va 
ishlatishda sodda bo‗lgan qurilmalar hamda tayyorlash uchun to‗g‗ri keladigan 
suvlarning bo‗lishi talab qilinadi. Lekin bunday texnik muammolar to‗liq hal 
qilinmagan, ayniqsa suvni tayyorlash. 


Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish