11.7-rasm. “Azot-suv-qum oqimli” perforatsiya qilishda qo„llaniladigan jihozlarning
bog„lanmasi.
1-suv-qum-oqimli apparat; 2-NKQ; 3-quvur orqasi fazosi; 4-teskari klapan; 5-quduq usti
salniki; 6-bosim chizig‗i; 7-azotli qurilma; 8-elektr stansiyasi; 9-ejektor; 10-ejektorli agregat; 11-
suyuqlik haydovchi agregat; 12-qumni qoruvchi mashina; 13-yordamchi agregat; 14-suyuqlik
idishi.
―Azot-suv-qum oqimli‖ teshish ishlari Rossiya davlatining Bitkov konlarida
qo‗llanilgan va quduqning debiti boshqa usullarga nisbatan 1,3 martaga oshirilgan.
Teshishda suyuqlikning sarfi 0,4 m
3
/daq tashkil qilib va asta-sekin jarayonni amalga
oshirish davomida 0,71 m
3
/daq-gacha ko‗tarilgan, azotning sarfi 6 m
3
/daq atrofida
ushlab turilgan, 1 m
3
suyuqlikka qo‗shilgan qumning konsentratsiyasi 40 kg
belgilangan.
423
AGQ-8Q (azot-gazli qurilma) qurilmasidagi ejektorga kirishdagi bosimi va
mos holda quduqning ustidagi bosim ham 17-22 va 24-32 MPa-ni tashkil qiladi.
Ejektor orqali suyuqlik qumsiz uzatiladi. Qisqa quvurlardagi bosimni farqi NKQdagi
va quvurning orqa fazosidagi suyuqliklarni zichligining qo‗shimcha farqi hisobga
olinganda bosim 22-30 MPa-ni, qirqish davridagi qatlamga hisobiy depressiya 1’2
MPa tashkil qilgan.
Qisqa quvurlarda keskin eroziya bo‗lishi kuzatiladi. Bosimning farqi 14 ta
qirqishdan so‗ng xuddi shunday rejimda 21 MPa-dan 14 MPa-gacha pasaygan,
shuning uchun qisqa quvurlarni almashtirish uchun perforator ko‗tarib olinadi.
Perforatsiya jarayonida sig‗im idishlarida neftni paydo bo‗lishi kuzatilgan,
shuning quvur orqa fazosidan oqim chiqarib yuborilgan.
Shunday qilib, azot bilan ―suv-qum oqimli‖ perforatsiya qilishni to‗xtovsiz
amalga oshirish va bir vaqtning o‗zida qatlamdan oqimni chaqirish azotli
gazlashtirilgan qurilma ishlab chiqarilgan va kon amaliyotida sinab ko‗rilgan.
Bundan tashqari ATQ-6000-500/200 qurilmasini qo‗llab ―azot-suv-qum oqimli‖
perforatsiya qilishning texnika va texnologiyasi ishlangan va sinovdan o‗tkazilgan
hamda ijobiy natijalarga erishilgan. Chuqur quduqlarda foydalanish uchun azotli
gazlashtirilgan qurilmani uzatish ko‗rsatgichini va bosimini kuchaytirish talab
qilinadi.
Neft qazib olishda azotli-gazlashtirilgan qurilmaning qo‗llanilishi, quduqlarni
o‗zlashtirish va quduq tubi zonasiga ishlov berish texnologiyasini ishlatish natijasida
aniq muvaffaqiyatlarga erishilgan. Azotli-gazlashtirilgan qurilmasining quduqlarni
o‗zlashtirishda muvaffaqiyatli qo‗llanilishidan portlash ishlarining xavfsizligi
ta‘minlangan. Azot qo‗llanilganda qumoqtoshlar kollektorlarning o‗tkazuvchanligi
loyli ishlov berishga nisbatan yuqori bo‗lganligi isbotlangan. ―Suv-qum oqimli‖
perforatsiya jarayonida ishchi aralashmaga azot qo‗shib mahsuldor qatlamga ishlov
berilganda, kanalning uzunligini o‗sishiga erishilgan, qisqa quvurlardagi bosim
farqining samarasi kuchaygan va quduqning stvolidagi bosim gidrostatik bosimdan
ozgina kam bo‗lganda qatlamning ochilishi ta‘minlanadi.
Yuqorida ko‗rsatilgan yutuqlar neftni qazib olishda azotni qo‗llash maqsadga
muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.
AGQ-8K gazlashtirilgan qurilmasini tog‗ joylardagi murakkab joylarda
qo‗llanilishi kon sharoitlarda ularni ishlatish xususiyatiga ega ekanligini isbotlaydi.
Ishlangan jihozlar va texnologik sxemalar kon sinovidan o‗tgan va uni muvaffaqiyatli
qo‗llash mumkin. AGQ-8K qurilmasining sig‗im idishidagi azot zahirasini
chegaralanganligini hisobga olib, azot qurilmasiga to‗g‗ri keladigan yuqori bosimda
haydaydigan yuqori o‗tkazuvchanli kompressorlar paydo bo‗lgandan keyin azotni
qo‗llashni tejash maqsadida unga havo aralashmasini qo‗shib quduqqa bostirishning
imkoniyati tug‗ildi. Bunday texnologiya quduqlarni o‗zlashtirishni boshlang‗ich va
tugallash bosqichlarida quduqdagi sathni pasaytirishda 6-10 MPa bosimda neftli
gazdan muvaffaqiyatli foydalanildi.
Jarayondagi parametrlarning qiymatini yaxshilash uchun (quduqlarni
o‗zlashtirish muddatini qisqartirish, kislota ta‘sir qilishni kuchaytirish va h.k.) azotli
qurilmaning uzatishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Azotning uzatish
qurilmasini 2 martaga (22 MPa bosimda 12 m
3
/daq-gacha) oshirish uchun AGQ-8K
qurilmasini kichik o‗zgartirish yo‗li orqali bajariladi.
Azotdan
foydalanish
sohasi
yuqorida
ko‗rib chiqilgan usullarda
chegaralanmaydi. Bu texnologiyani qo‗llash mumkin bo‗lgan bir qator jarayonlarni
atash mumkin: burg‗ilab quduqni ochishda, to‗ldirilgan quduqlarni perforatsiya qilish
ishlarida hamda kon kommunikatsiyalarini va apparaturalarini to‗ldirishda.
Bu texnologiyadan foydalanib mahsuldor qatlamlarni burg‗ilab ochishda,
ikkilamchi ochishda va o‗zlashtirishda samarali qo‗llanilishini davom ettirish
maqsadga muvofiqdir.
Teshilgan kanallarni tabiiy o‗tkazuvchanligini saqlash va ularning chuqurligini
kuchaytirish chuqur joylashgan qatlamlarni zichlangan kollektorlarini ochish muhim
masalalardan biridir. Bunday masalalar birinchidan katta chuqurlikda qidiruv
quduqlarini burg‗ilashda: ikkinchidan ko‗p qatlamli konlardan yuqorida joylashgan
ob‘ektlarga qaytishda muhim hisoblanadi. Ma‘lum bo‗lgan va qo‗llaniladigan teshish
usullarida bunday talablarga gaz-suv-qum oqimli teshish to‗liq javob beradi.
425
Suyuq qumli aralashmaga gazni (azotni) qo‗shish hisobiga kanallarni
uzunligini 2-3 martagacha oshirish mumkin.
Shuning uchun bunda gaz-suv-qum oqimli teshish odatdagi suv-qumli oqimli
teshishga nisbatan bir qator yutuqlarga egadir.
Jarayonlarni olib borishda qisqa quvurlarda qo‗shimcha bosimning farqini
nasos kompressor quvurlardagi va quvur orqa fazosida aeratsiyali aralashmalarni
zichliklarining farqi hisobiga hosil qiladi. Masalan: suyuqlikning (suvning) sarfi 0,54
m
3
/daq va azotniki 6 va 12 m
3
/daq (mos holda bitta yoki ikkita AGU-8K bilan
ishlaganda) va quduq chuqurligi 2000 m, aralashmaning o‗rtacha zichligi quvurning
orqa fazosida 0,73 va 0,60 g/sm
3
, quvurlarda esa 0.97 g/sm
3
tashkil qiladi. Bunda
qo‗shimcha bosimlar farqi zichlikning farqi hisobiga 4,8-7,4 MPa-ga teng bo‗ladi.
Quduqning chuqurligini 4000 metrgacha oshirganda bosimlar farqi taxminan 8,8-13,6
MPa-ni tashkil qiladi. Shunday qilib, azot qo‗shilganda gidroperforatsiya hisobiga
quduqning chuqurligi oshganda quvurlardagi bosimning yo‗qotilishini to‗ldirish
hisobiga chegaraviy chuqurlikni kuchaytirishni haqiqiy imkoniyati paydo bo‗ladi.
Quduqlarning chuqurligi 2000-4000 metr oralig‗ida bo‗lgandi quvurlar orqa
fazosidagi va gidrostatik bosimlar oralig‗ida bosimning qiymatini farqi 5-15 MPa-ga
yaqin bo‗ladi. Bosimlar farqining hisobiga teshilgan kanallarning ifloslanishini va
past qatlam bosimga ega bo‗lgan ob‘ektlarni ochishda begona suyuqliklarni qatlamga
chuqurroq kirish ehtimolligi yo‗qoladi. Bundan tashqari gaz-suv-qum oqimli
perforatsiyada qatlamdan oqimni chaqirishda past bosim hosil bo‗lishi tavsiflanadi va
quduqni doimiy drenajlanishi hosil bo‗ladi. Quduqda gaz paydo bo‗lishi kuzatilganda
quvur orqasidagi fazoni kuchli gazlantiradi va jarayonni davom etishini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |