53
migratsiyasi bo‗lishi imkoniyat bo‗lmaydi. Tabiatda stratigrafik ekranlashgan
tutqichlar ham uchraydi (1.1-rasm, g). Ularda neft va gaz qiya joylashgan g‗ovaklik
qatlamlarda va yomon o‗tkazuvchan gorizontal joylashgan tog‗
jinslari bilan qatlam
hosil qiladi. Bunday turdagi qatlamlar neft va gaz uchun ekran bo‗lib hizmat qiladi.
Haqiqiy sharoitlarda har qanday tutqichlarda neft va gaz to‗planishi mumkin.
Bunday tutqichlar uyumlar deb ataladi. Uyumlarning shakli va o‗lchamlari
tutqichning shakli va o‗lchamlariga mos keladi.
1.10. Neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari
Neft yoki gaz uyumlariga nisbatan aniq geologik atamashunoslik mavjud
bo‗lib, unga asosan neft va gaz uyumlarining asosiy elementlari
nomlari ularning
maxmuniga qarab qabul qilingan.
Qatlamda joylashgan neft, gaz va suvni ajratib turuvchi sirt neftgaz uyumining
tubi yoki suvneft soxasining sirti deb ataladi. Bu sirtning qatlam ustki qismi bilan
kesishish chizig‗iga neftlilik tashqi konturi deb ataladi.
Neftgaz soxasi sirtining mahsuldor qatlam
ustki qismi bilan kesishish
chizig‗iga - gazlilikning tashqi konturi deyiladi (1.13-rasm).
1.13-rasm. Gazlarda uyum gumbazi
1-gazlilik ichki konturi; 2-gazlilikni tashqi konturi; 3-neftlilikni tashqi konturi; 4-neftlilikni
ichki konturi.
Erkin gazning neft uyumi ustki qismida to‗planishi gaz do‗ppisi deb
nomlanadi. Qatlamlarda gaz do‗ppisining shakllanishi uchun aniq sharoitlar zarur
bo‗lib, ko‗pinchalik berilgan qatlam haroratida uyumdagi
bosim neftning gaz bilan
to‗yinish bosimiga teng.
Agar qatlamda bosim, neftning gaz bilan to‗yinishi bosimidan yuqori bo‗lsa,
bunday holatda gaz do‗ppisi shakllanmaydi. Chunki, hamma
gaz neftning tarkibida
erigan holda bo‗ladi. Toza gaz uyumi tabiiy rezervuarlarda neft bo‗lmaganda
shakllanadi.
Neftgaz tutqichlari massiv tabiiy rezervuarlarda shakllanganda, neftlilikning va
gazlilikning ichki konturi mavjud emas (1.14-rasm). Gazli tutqichlarda, ya‘ni massiv
tabiiy rezervuarlarda shakllanganda esa, faqat tashqi
gazlilik konturlari mavjud
bo‗ladi.
Uyumlarning geometrik o‗lchamlari ularning gorizontal (topografik)
proeksiyasi bo‗yicha aniqlanadi. Uyumning balandligi deb, tiklik bo‗yicha uyumning
tubidan uning eng yuqori nuqtasigacha bo‗lgan masofaga, neft qismining balandligi
deb esa, neftgaz uyumining tubidan neftgaz bo‗limigacha bo‗lgan masofaga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: