Mahsuldor qatlamlarni ochish va


 Neft va gaz uyumlari va konlari



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

1.9. Neft va gaz uyumlari va konlari 
 
Tog‗ jinslari g‗ovakligi deganda ularning hajmi bo‗yicha qattiq moddalar bilan 
to‗lmagan qismlari: g‗ovaklar, yoriqlar, kovaklar, har xil bo‗shliqlar va shu kabilar 
tushuniladi. 
Tog‗ jinslarining g‗ovakligi unda neft, gaz va qatlam suvlarining o‗zaro 
aralashish imkoniyatlarini aniqlaydi. G‗ovaklikni tavsiflash uchun g‗ovaklik 
koeffitsentidan foydalaniladi. 
Tog‗ jinslari g‗ovaklik koeffitsenti tog‗ jinsining umumiy hajmi bo‗yicha 
uning qancha qismini bo‗shliq egallaganligini ko‗rsatadi. Barcha turdagi g‗ovaklar 
o‗zlarining o‗lchamlariga bog‗liq holda yuqori kapillyar (>508 mkm), kapillyar (508-
0,2 mkm) va subkapillyar turlarga bo‗linadi. 
Yuqori kapillyar kanallarda suv, neft va gaz gravitatsion kuch ta‘sirida erkin 
siljiydi. Kapillyar kanallarda esa molekulyar ilashish (adgeziya) kuchlarining paydo 
bo‗lishi evaziga suyuqlikning g‗ovak muhitdagi harakati qiyinlashadi. 
Subkapillyar g‗ovaklik loyli tog‗ jinslari uchun tegishli bo‗lib, suv, neft va 
gazning harakatini cheklaydi. Bunday g‗ovaklarda suyuqlik sizilishi (filtratsiyasi) 
sodir bo‗lmaydi. Mahsuldor qatlamlarda neft va suvning harakatlanishi o‗zaro tutash 


47
bo‗lgan g‗ovak kanallarda o‗lchamlari qiymatlari 0,2 mkm dan katta bo‗lgandagina 
sodir bo‗ladi. 
G‗ovaklilik umumiy, ochiq va samarador turlarga bo‗linadi. Tog‗ jinslaridagi 
barcha turdagi g‗ovaklarning yig‗indisi (bo‗shliq, kovak, yoriqlik va shu kabilar) 
umumiy (absolyut) yoki nazariy g‗ovaklik deb ataladi. Umumiy g‗ovaklik g‗ovaklilik 
koeffitsenti bilan tavsiflanadi va umumiy g‗ovak hajmning birlik hajmga nisbatiga 
teng. G‗ovaklilik koeffitsenti sonli yoki foizli qiymatlarda ifodalanishi mumkin. Tog‗ 
jinslarining to‗liq (absolyut) g‗ovakligi quyidagi formula orqali ifodalanadi: 
um
ov
g
ov
g
V
V
m
'
'

(1.48) 
bu yerda: 
V
g’ov
- g‗ovak muhitning umumiy hajmi; 
V
um
- tog‗ jinsining to‗liq hajmi. 
G‗ovaklik koeffitsentini % da quyidagicha ifodalanadi: 
%
100
'


um
ov
g
F
V
V
m
(1.50) 
Tog‗ jinsining umumiy g‗ovakligi tog‗ jinsini tashkil etuvchi donalarning 
o‗zaro joylashuvi xususiyatlariga va turli xildagi moddalarning mavjudligiga, donalar 
oralig‗idagi qatlamchalarning o‗zaro birikib qotish xususiyatlariga bog‗liq. Tog‗ 
jinslarini tashkil etuvchi zarrachalarning shakllari har hil bo‗ladi. Tog‗ jinslari juda 
mayda bir xil diametrdagi zarrachalardan tashkil topgan bo‗lsa, unda tog‗ jinslarining 
umumiy g‗ovaklilik hajmi uni hosil qiluvchi zarrachalarning o‗zaro joylashuv 
holatlariga bog‗liq bo‗ladi. 
Ba‘zi 
hollarda 
tog‗ 
jinslari 
zarrachalari 
oralig‗ida 
yelimlangan 
qatlamchalarning mavjudligi g‗ovaklik o‗lchamlarini kichraytiradi yoki to‗liq 
g‗ovaklikni berkitib qo‗yadi.
Tog‗ jinslarida neft, gaz yoki suvning to‗planishi uchun g‗ovakliklarning 
o‗zaro tutashuvi uning muhim ko‗rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Qoldiq tog‗ 
jinslarida g‗ovaklik, bo‗shliq va yoriqlarning o‗zaro bir-biri bilan tutashuvi qanchalik 
katta bo‗lsa neft, gaz va suv qatlamda shuncha yaxshi siljiydi, ya‘ni erkin harakatlana 
oladi.


Tog‗ jinslarida g‗ovakliklar bir qismi bir-biri bilan o‗zaro bog‗lanmagan holda 
ham bo‗ladi. Bunday hollarda g‗ovakliklar bekitilgan g‗ovakliklar deyiladi va 
suyuqliklarning sizilishi imkonini bermaydi ya‘ni sizilishga ishlashda qatnashmaydi. 
Shu bilan birgalikda bunday bekitilgan g‗ovakliklar gaz yoki suv bilan to‗ldirilgan 
bo‗lishi ham mumkin. Shunga bog‗liq holda g‗ovaklik ochiq turdagi g‗ovaklikka 
ajratiladi. Ochiq turdagi g‗ovaklik ochiq g‗ovakliklarning tog‗ jinsi hajmiga nisbati 
sifatida ifodalanadi. 
Ba‘zi bir kanallar diametrlari kichikligi tufayli kanallar devorlarining 
namlanish darajasi kichik bo‗ladi. Bunday turdagi kanallarda neft va gazning 
harakatlanishi sodir bo‗lmaganligi uchun samarasiz hisoblanadi. Samarali 
g‗ovakliklar hajmining tog‗ jinsi birlik hajmiga nisbati samarali g‗ovaklik deyiladi 
(sonli qiymatlarda yoki foizlarda ifodalanadi).
Tog‗ jinslari asosiy xossalari yuqori darajadagi g‗ovaklik kanallarining 
o‗lchamlari (kapillyar, subkapillyar va yuqori kapillyar) bilan aniqlanadi. Kapillyar 
kanallarga diametri 0,002 - 0,5 mm-gacha bo‗lgan kanallar, subkapillyar kanallarga 
diametri 0,002 mm dan kichik, yuqori kapillyarga esa diametri 0,5 mm dan katta 
bo‗lgan kanallar kiradi.
Turli xildagi tog‗ jinslari uchun g‗ovaklik koeffitsientlarining qiymatlari 
o‗zgarish chegaralari 1.3-jadvalda keltirilgan.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish