Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar



Download 290 Kb.
bet3/10
Sana16.10.2022
Hajmi290 Kb.
#853492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahrab lirkasida ijtimoiy ohanglar

Tadqiqot vazifalari:
– mashrabshunoslik tarixini tadrijiy tarzda о‘rganish; mustamlakachilik va totalitar tuzum sharoitida Mashrab asarlariga munosabat tarixiga nazar tashlash, amalga oshirilgan ishlarga umumiy baho berish, ularga tayangan holda shoir merosining kam о‘rganilgan jihatlarini tadqiq etish;
– Mashrab lirikasi va xalq og‘zaki ijodi masalasini nazariy asosda tahlil qilish;
– shoir lirikasini badiiy mahorat nuqtai nazaridan о‘rganish;
– Mashrab she’riyatida qо‘llangan xalq maqollari, matal, aforizm va frazeologik iboralarni tasniflash va tadqiq qilish;
– shoir lirikasining milliy zaminlari va badiiy qirralarini о‘rganish.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishda quyidagi manbalar tadqiqot obyekti qilib belgilandi:.
Mashrab she’riyatining shu kunga qadar amalga oshirilgan deyarli barcha nashrlari tadqiqot obyekti sifatida olindi.
Mashrab lirikasida qо‘llangan xalq maqol va matallari, aforizmlar va frazeologik birliklar tahlili, shoirning folklorizmlarni san’atkorona qо‘llash mahorati ilmiy tadqiqotning predmetini tashkil etadi.
Tadqiqotning metodologik asosi va ilmiy metodi. Tadqiqot ishi kо‘p asrlik ilg‘or badiiy-estetik tafakkur namunalarining yaratilish uslublari, demokratiya mahsuli bо‘lgan adabiy-ma’rifiy g‘oyalar, hozirgi zamon milliy taraqqiyot g‘oyasining metodologik tamoyillari asosida yozildi.
Shuningdek, Y.E.Bertels, V.M.Jirmunskiy, I.Sultonov, V.Abdullayev, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, I.Abdullayev, A.Qayumov, N.Komilov kabi olimlarning adabiyot nazariyasi va tarixi bо‘yicha yozgan tadqiqotlari bizning ishimiz uchun muhim nazariy asos bо‘lib xizmat qildi.
Mazkur tadqiqotni yaratishda tarixiy-qiyosiy metoddan foydalanildi.
Ishning ilmiy yangiligi. Mazkur ishda mashrabshunoslik tarixi, Mashrab poetikasi izchil tarzda maxsus о‘rganildi. Tekshirishlar jarayonida Mashrab lirik merosida aks etgan og‘zaki ijodga xos barcha unsurlar (maqol, matal, aforizm, sо‘z va iboralar)ning tarixiy-badiiy asoslari va genetik ildizlari qadimgi turkiy va forsiy poeziyaga, shuningdek, О‘rta asr tasavvuf she’riyatiga borib tutashishi aniqlangani tadqiqotning ilmiy yangiligini kо‘rsatadi.
Mashrab lirikasida chuqur mazmun va gо‘zal badiiyat uyg‘unligini ta’minlashda maqol, matal, aforizm, sо‘z va ibora, tarixiy va adabiy personajlar о‘rni ilmiy baholangani, ularni qо‘llashdan kо‘zlangan poetik maqsad tadqiq qilingani ham ishning ilmiy yangiligini tasdiqlaydi.

Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish