ПСИХОЛОГИК КОРРЕКЦИЯ
“Mahorat maktabi” da malaka oshirayotgan psixologlar uchun
“Psixologik korreksiya” yo‘nalishi bo‘yicha tavsiya va maslahatlar
“Psixolog mahorat maktabi”ning ushbu bo‘limi psixologik-korreksion yordam ko‘rsatish bo‘yicha psixologlarning o‘z mahoratlari, bilimlari va ko‘nikmalarini oshirib borish, o‘quvchilardagi psixik jarayonlar, ijtimoiy ustanovkalar, sub’ektiv fikrlar va salbiy munosabatlar rivojlanishini korreksiyalash, o‘quvchilar shaxsi va intellektini rivojlantirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazish va kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, ta’lim-tarbiya jarayoni barcha sub’ektlari o‘rtasidagi normal shaxslararo munosabatlarni korreksiyalash va rivojlantirish, pedagogik jamoa a’zolarining xissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarini va ziddiyatli hatti-harakatini korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish, rahbarlarning boshqaruv uslubini optimallashtirish hamda o‘quvchilar uchun maxsus psixologik treninglar o‘tkazish, ruhiy va aqliy zo‘riqish holatlarini bartaraf etish borasida amaliyotchi psixologlarga yordam ko‘rsatish, ularning bilimlarini oshirishga qaratilgan.
P sixologik korreksiya yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tushunchalar
Psixologik-korreksion yordam ko‘rsatish bo‘yicha:
I. Psixologik korreksiya va rivojlantirish - shaxsning shakllanishi hamda rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish hamda og‘ishlarni bartaraf etish, o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) muomalasi va xulq-atvoridagi buzilishlarni korreksiyalash, shaxsning psixik rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
II. Psixologik korreksiyaning asosiy turlari ishtirokchilar soni va ular orasidagi munosabatlar xarakteri bo‘yicha ajratiladi, ya’ni:
Individual;
Oilaviy;
Guruhiy.
III. Psixologik korreksion ishlar reja asosida amalga oshiriladi va o‘z ichiga bir qator zaruriy bosqichlarni mujassamlashtirgan. Psixologik korreksion ish bosqichlari:
1. Suhbat va psixodiagnostik metodlar yordamida amalga oshiriluvchi psixologik anamnezni to‘plash.
2. YOsh va ijtimoiy hususiyatlarni inobatga olgan holda psixologik diagnoz va prognoz amalga oshirish.
3. Psixologik korreksion chora-tadbirlarni rejalashtirish (yaqin kelajakdagi rivojlanish zonalarini inobatga olgan holda).
4. Ehtimoliy va/yoki shartli-variativ prognozni amalga oshirish.
5. Psixologik korreksion chora-tadbirlarni amalga oshirish (psixologik korreksiyani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan zaruriy o‘zgarishlarni kiritgan holda).
6. Psixologik korreksion chora-tadbirlarni natijaviyligini baholash.
7. Ma’lum bir muammoning takrorlanishi psixoprofilaktikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |