Mahorat maktabi” da malaka oshirayotgan psixologlar uchun “Psixologik korreksiya” yo‘nalishi bo‘yicha tavsiya va maslahatlar


Psixologik korreksiya yo‘nalishining maqsad va vazifalari



Download 359,14 Kb.
bet3/23
Sana13.07.2022
Hajmi359,14 Kb.
#790103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
korreksiya

Psixologik korreksiya yo‘nalishining maqsad va vazifalari:

Psixologik korreksiya yo‘nalishida psixologdan o‘quvchilar shaxsi va intellektini rivojlantirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazish va kasbga to‘g‘ri yo‘naltirishni taqozo qiladi. Ushbu yo‘nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:


ta’lim olish va kasb-hunar tanlashda qiynalayotgan o‘quvchilar, shaxsning motivatsion doirasi bilan bog‘liq muammolarni hal etish borasida individual va jamoaviy korreksiya ishlarini olib boradi;
etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini ta’minlaydi;
mutaxassis sifatida o‘quvchining psixologik holatiga oid ma’lumotlarga munosabat bildirish, tarbiyasida salbiy holatlar mavjud bo‘lgan o‘quvchilar bilan korreksion ishlarni amalga oshiradi;
ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini rivojlantirish, ularning intellektual passivligini korreksiya qiladi;
individual yoki jamoaviy tartibda ota-onalar va pedagog xodimlarni jalb etgan holda o‘yin, muloqot, suhbat, trening, mashq va mashg‘ulotlar shaklida tadbirlar tashkil etadi;
rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi;
amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim o‘quvchilar bilan alohida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar rejalashtiriladi;
o‘quvchilarning har-bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, o‘quvchilar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
ota-onalar pedagogik jamoalarga pedagoglar ishtirokida kasbga yo‘naltiruvchi tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi;
rivojlantiruvchi va psixokorreksion muammolarni qamrab oluvchi korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o‘tkaziladi;
rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dastur shunday tuzilish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatli yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyati xususiyatlari o‘z aksini topsin;
dasturni xalq, etno millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusmlari odatlari kabilarni hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiqdir;
maktab psixologi o‘quvchilarning psixik taraqqiyotidagi, xulqidagi dangasalik, hamda kasb tanlashga bo‘lgan nosog‘lom munosabatni tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar, buzilishni kamaytirish mashqlarini o‘tkazadi,ijodiy (kreativ) qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi;
o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi nomutonosiblikni yo‘qotish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish: ulardagi o‘qishdan, ijtimoiy muhitdan egallangan o‘rnidan, mavqiedan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, rolli o‘yinlar, psixodramdan, ertakterapiyadan foydalanish;
emotsional zo‘riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus kabinetlarni jihozlash (xona ekran vositalari, autotrening, sotsial trening,texnik vositalarga, ilmiy uslubiy metodikalarga ega bo‘lish lozim).
Korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo‘yicha o‘tkazilishi shart. Bunda emotsional zo‘riqishga uchragan shaxsning millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak:
tuzatish ishlari mashg‘ulot, faoliyat kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo‘lishi ta’sir o‘tkazish samaradorligini oshiradi: unda turli uslublarini qo‘llash ham zarur ma’lumotlar to‘plash va tanglikni yo‘qotish imkoniyatini yaratadi.
Maktab psixologi tomonidan xizmat doirasida o‘quvchilarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor va shaxslararo o‘zaro muomala munosabatlaridagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi.
Korreksion faoliyatning psixologik qismi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi.

Download 359,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish