Mahmud hakim Yaypaniyning hayoti fan va madaniyat ancha rivoj topgan sharoitda o‘tgan. Bunday ko‘tarinki davr Yaypaniyning olim va hakim sifatida shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Yaypaniy o‘z tajribasini oshirish maqsadida kasallami shaxsan o‘zi parvarish qilgan, ularga dorilarni o‘zi tayyorlab, o‘zi ichirgan. Barcha muolaja usullarini ham o‘zi bajargan. Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish bilan shug‘ullangan. Bunday tinimsiz mehnat tufayli Yaypaniy juda oz muddatda nazariy va amaliy tibbiyotni o‘sha davr darajasida mukammal o‘zlashtirib olgan. Kasallami muvaffaqiyatli davolab, Farg‘ona viloyatida mashhur bo‘lib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |