Har sohaga oid kitoblarni mutolaa qiladi va tez vaqtda qadimgi faylasuflar va ko‘p olimlarning kitoblarini o'qib chiqadi. Mahmud Yaypaniy ko'proq tibbiyotga qiziqib qoladi va tibga oid kitoblarni qunt bilan o‘rganishgakirishadi.Xususan, u Gippokrat, Galen, Abu bakr Roziy va Abu Ali ibn Sino kitoblarini chuqur o‘rganadi, va tabiblik kasbini puxta o‘zlashtirib oladi. Ma’lumki, XIX asrga kelib, bu olimlarning kitoblari ancha eskirib qolgan edi. Ovrupo tibbiyoti eksperimental usulni qo‘llab, antik davr va o‘rta asrlar tibbiyotiga nisbatan juda ilgarilab ketgan edi. Mahmud Yaypaniy buni tushunib, zamonaviy Ovrupo tibbiyoti bilan tanisha boshlaydi. Lotin va rus tillarini o‘rganadi. Lotincha retsept yozishni bilib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |