"Tariq ul-iloj" 1913-yilda yozilgan. Kitob uch qismdan iborat. Birinchi qismda Farg‘ona o‘lkasining tarixi va Qo‘qon xonlari haqida ma’lumot berilgan. Ikkinchi qismda o‘sha davrdagi xalq hayoti va turli tabaqalar haqida tanqidiy fikr yuritilgan. Unda o'zini bilimdon ko'rsatib yuruvchi nodonlar qattiq tanqid qilingan. Uchinchi qismda tibbiyotga oid masalalar bayon etilgan. Xususan, kasallarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash usullari ko'rsatilgan. Har xil dorivor moddalar, ulardan foydalanish usullari bayon etilgan. Kitob so‘ngida o‘sha vaqtda ma’lum bo'lgan dorilarning turkiy tildagi nomlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |