Mahmud Yaypaniy yoshligida juda harakatchan, idrokli, sho‘x bola bo'lgan ekan. 0‘z tengqurlari orasida zehnining o‘tkirligi bilan ajralib turarkan. Otasi o‘g‘lining bunday qobiliyatini ko‘rib, u qishloqdagi ibtidoiy maktabni tugatganidan so‘ng, Qo‘qonga olib kelib mashur "Jomiy madrasasiga o‘qishga joylashtirib qo‘yadi. U vaqtlarda madrasalarda asosan diniy bilimlar o‘qitilardi. "Jomiy" madrasasida ba’zi dunyoviy fanlarni ham o‘qitarkanlar. Xususan, bolalarga to‘rt amal (arifmetika), boshlang‘ich handasa, qisman tarix va ilmi nujum (astronomiya) kabi fanlardan dars berarkanlar. Ammo, bu bilimlar juda yuzaki, asosan nazariy shaklda o'tilardi. Mahmuh bunday o‘qitish usulidan qoniqmay, bilimlarni o‘zi mustaqil o‘gana boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |