395
tuproqni
mustahkamlab, eroziyani oldini oladi. Zarafshon archasi qurg‘oqchilikka
chidamli va issiqsevar daraxt. Sernam tuproqli erlarda yaxshi o‘sadi yaxshi
sharoitlarda 1000 yilgacha yashaydi. Tog‘li mintaqalarda dengiz sathidan 1800
metrgacha bo‘lgan balandliklarda o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli va ildiz tizimi
baquvvat bo‘lganligi sababli uni tog‘ qiyaliklariga ekish muhim o‘rmon meliorativ
ahamiyatga ega. Bu archa Markaziy Osiyo qo‘shni mamlakatlarida ham uchraydi.
Zarafshon archasi tog’ yobag’irlarida, dengiz sathidan 2600-2800
metrgacha
balandlikda o’sadi, tuproqni muhofaza qilish va namlikni saqlab turish
vazifasini saqlab turish xususiyatiga ega. Bir gektar maydondagi archa daraxti
inson salomatligi uchun xavfli bo’lgan har xil mikroblarni o’ldiruvchi 30
kilogramm miqdorda fitontsid moddasi ishlab chiqaradi [1].
Ushbu archa turkumlarga qiziqishimizning boisi foydali biologik
xususiyatlari borligi va mahalliy turkumlarni o’rganganlik
darajasi kamligi turtki
bo’ldi. Juniperus turkumi ya’ni mahalliy archaning foydali xususiyatlarini
o’rganishimiz ularning dorivor xususiyatlarini yorit berishdir. Archani mevalar
tarkibida uglevod, bo’yoqlar, organik kislotalar efir moylari va vitaminlar, makro va
mikroelementlar ( marganes, temir, mis, alyuminiy) kabi foydali xususiyatlarga ega
moddalar mavjud. Shuningdek archa mevasi o’z
tarkibida efir moyi, smola,
shakar, organik kislotalar saqlaydi. Efir moyi va smola mevasiga o’ziga xos xid
tarqatadi. Archadagi efir moyi siydik xaydovchi, o’t xaydovchi,
mikroblarga qarshi
kurashish xususiyatiga ega. Qadimdan archa mevadan tayorlangan damlama
shishlarda, buyrakdagi toshlarda, siydik qopini yallig’lanishida va boshqa siydik yo’li
kasalliklarida qo’llaniladi. Dezinfeksiyalovchi xususiyatga egaligi katta axamiyatga
ega. Lekin buyrak kasaliklarida nefritda qo’llash taqiqlanadi.
Damlamasi yana terapevtik xususiyatga ega bo’lib ishtaxani ochishda va xazm
qilishda, ichaklar xarakatini yaxshilashda va o't ajralishni kuchaytiradi.
Bundan
tashqari xalq tabobatida ham keng qo’llaniladi. Damlama nafas olish a'zolari
kasaliklarida balg’amni kamaytirish uchun va yo’talni yengillashtirish uchun
qo’llaniladi.
Podagra va revmatizmda vanna yoki kompress qilinsa og’riq kamayadi. Lekin
moyidan qo’llash ko’proq foyada beradi, undan
yana yaralarni davolashda
qo’llaniladi. U bilan teri, tuberkulyoz, astma kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Archa asab tizimini tinchlantiradi. Chunki, uning tarkibidagi efir moyi
tichlanchruvchi xususiyatga ega. Archa o’zini bakterosid xususiyatiga ega ekanligi
bilan birinchi o’rinda turadi. Uni yog’i ogriqsizlantiradi, tozlaydi,
qizdiradi,
tetiklashtiradi. Archa shishlarni qaytarib dermatit va tish og’rig’ida qo’llaniladi. Qon
aylanishi va arterial bosimni yaxshilaydi. Ich qotishi ta’sir spektri juda yuqori.
Archa ignalari fitonsid ishlab chiqaradi va vitamin C saqlaydi. Archa o’simligi
tarkibida aynan efir moyi ko’p miqdorda mavjud. Efir moyi esa tibbiyotda
ichaklar xarakatini yaxshilashda qo’llaniladi. Shuningdek archa barglari zirovorlar
sifatida ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: