336
YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI FANINI O’QITISHDA
INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Atamuratova B.Y., Abduraxmonova T.R., Baltayeva M.M.
Urganch Davlat universiteti Kimyo yo’nalishi magistranti
Internet, yuqori axborot-kommunikasion texnologiyalar shiddat bilan
rivojlanayotgan hozirgi davrda ta’lim oluvchilarga faqatgina fan sohalaridan bilimlar
berish bilan kifoyalanmasdan, ularni yetuk kasb egalariga aylantirish, ko‘nikma va
malakalar hosil qilish lozim. Buni amalga oshirishda
zamonaviy pedagogik
texnologiyalar qo‘l keladi.
Hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim
jarayonini kompyuterlashtirish yetakchi pedagogik-uslubiy g’oyaga aylangan.
Zamonaviy
informasion
texnologiyalar
xohlangan
hajm
va
mazmundagi
ma`lumotdan istalgan masofadan amalda cheklanmagan darajada foydalanish va
saqlash imkoniyatini yaratib bermoqda.
Navbatdagi asosiy vazifa axborot texnologiyalari va kompyuterlashtirish
bo’yicha erishilgan natijalarni umumlashtirish yo’li bilan yaxlit pedagogik-uslubiy
nazariyani asoslashdan iborat. Bu borada barcha fanlar bo’yicha o’tiladigan dars
jarayonida axborot texnologiya va kompyuter
xizmatidan foydalanish, shu orqali
talaba - yoshlarga fanning sermazmun qirralarini ochib berish hamda ular ongida
kimyo sohasiga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni to’laligicha qabul qilishi, mustaqil
erkin fikr yuritishiga kelajakda olgan bilimlarini hayotga
tatbiq qila oladigan
mutaxassislar tayyorlashga imkon yaratish fan o’qituvchilarning zimmasiga ulkan
vazifalarni yuklaydi.
Odatda axborort texnologiyalari atamasi ostida kompyuter texnologiyalari
tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter
tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash,
qayta ishlash, uzatish kabi amallar
ustida ishlar olib boriladi.
Fan va texnika jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda kimyo sohasi ham,
xususan yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasi ham tez sur’atlar bilan
rivojlanib bormoqda.
“Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi” fanini o’qitishda axborot
texnologiyalarining qo’llanilishi juda muhim ahamiyatga ega.
Polimer mahsulotlari
olishda polimerlanish usullarining sanoat miqyosida keng qo’llanilishi, ulardan turli
xil inson ehtiyojini qondirish uchun ko’plab mahsulotlar ishlab chiqarilishini inobatga
olgan holda talabalarga nazariy bilimlarni yetkazish va ularda shu fanga doir nazariy
va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlar, ilmiy maqolalar
tahliliga ko`ra
hozirgi kungacha, aynan “Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi”
fanidan o`zbek tilida mukammal elektron qo`llanmalarni yaratilishi yuzasidan
tadqiqot ishlari olib borilmagan.
337
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Taʼlim-
tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar
toʼgʼrisida”gi PQ-4884-sonli qaroriga koʼra “Maktabgacha, umumiy oʼrta,
professional va oliy taʼlim oʼquv dasturlari va fanlarning uzluksizligini va uzviyligini
taʼminlash” vazifasi ijrosini taʼminlash boʼyicha tayyorlangan oʼquv dasturlari
ijrosini ta’minlash maqsadida «Polimerlanish reaksiyalari”’ mavzusini yangi
axborot pedagogik texnologiyasi asosida o’qitish uchun elektron qo’llanma
yaratildi.
Elektron qo’llanma yaratishda
AutoPlay Menu Builder , iSpring QuizMaker
dasturlar va C# , CI
++
dastur tillaridan foydalanildi. Dasturni ishga tushirish
uchun kompyuter ishchi stolidan “Polimerlanish reaksiyalari” papkasi topiladi va
belgi ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi, dastur ishga
tushadi. Mavzuga doir ma’lumotlar dastur ichiga joylangan.
Ushbu qollanmada radikal va ion
polimerlanish reaksiyalari , ularning
kinetikasi , reaksiyalarning borish mexanizmlariga oid nazariy ma’lumotlar, polimer
hosil bo’lish jarayonlarning video roliklari, mavzuga oid amaliy hamda laboratoriya
ishlari, ularni virtual bajarishga oid ma’lumotlar qamrab olingan. Shuningdek,
talabalar mavzuni o’zlashtirish mobaynida o’z-o’zini nazorat qilish imkoniga ega
bo’ladilar. Ya’ni elektron qo’llanmada nazorat
uchun mavzuga oid testlar
dasturlashtirilgan. Masalan, talabalar “Ion polimerlanish “ bo’limini o’rganib
bo’lgach kation va anion polimerlanish jarayonlari bilan bog’liq test va masalalarni
yechish orqali o’z bilimini nazorat qilishlari mumkin.
O`rganuvchilar ushbu elektron qo`llanmadan foydalanib, mavzuga oid nazariy
bilim va tajribalar bo`yicha metodikalarni kompyuter yordamida ko`rishadi. Natijada
o`rganuvchilar mavzuga doir ma`lumotlarni yaxshi o`zlashtirishadi va o`z-o`ziga
ishonchi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: